14.12.2000 yildagi 163-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL, XO‘JALIK PROTSESSUAL VA FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSLARIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5—6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5—6, 153-modda, № 7—8, 217-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 13-moddasining to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tegishli sud hay’atlarida apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlariga apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hay’atlarida besh nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 25-moddasi quyidagi mazmundagi qismlar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 27-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari birinchi instansiya sudining hukmi (ajrimi) ustidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 28-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi bo‘yicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib, ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘rib, ajrim chiqaradi. Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ular apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilganidan keyin ko‘rib, qaror (ajrim) chiqaradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 29-moddasining birinchi qismidagi “kassatsiya” degan so‘z “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 46-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayblanuvchi: o‘zining nimada ayblanayotganini bilish; o‘ziga qo‘yilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari bo‘yicha ko‘rsatuv va tushuntirish berish; o‘z ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; himoyachiga ega bo‘lish va u bilan xoli uchrashish; o‘z huquqlarini himoya qilishni shaxsan o‘zi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; tergovchi yoki surishtiruvchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish va undan kerakli ma’lumotlarni yozib olish; tergovchi yoki prokuror tomonidan jinoyat ishining tugatilganligiga norozilik bildirish va sud muhokamasi o‘tkazishni talab qilish; birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga ega. Sudlanuvchi oxirgi so‘z bilan chiqish huquqiga egadir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 53-moddasining birinchi qismidagi “kassatsiya” degan so‘z “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 55-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jabrlanuvchi: ko‘rsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; o‘z ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; tergovchi yoki surishtiruvchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish; birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan o‘zi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda o‘z mulohazalarini bildirish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 57-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqaroviy da’vogar: fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha tushuntirishlar berish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish haqida iltimos qilish; dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ish materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlar yozib olish; birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 59-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy da’voning mazmunini bilish; da’voga e’tiroz bildirish; tushuntirish berish; o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; dastlabki tergov tamom bo‘lganidan so‘ng ish materiallari bilan tanishish va undan zarur ma’lumotlarni yozib olish; birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy da’voga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish bo‘yicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor bo‘lish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish huquqiga egadir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 76-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ishni ko‘rishda ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor qilinganidan keyin o‘sha ishni ko‘rishda ishtirok eta olmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 389-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudloviga yuqori sudlarning va harbiy sudlarning sudloviga tegishli bo‘lgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudloviga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining to‘rtinchi qismi, 150, 153, 155, 157, 158-moddalari, 159-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 160, 161-moddalari, 210-moddasining uchinchi qismi, 230, 231, 242, 244-moddalari, 273-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga o‘ta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat to‘g‘risidagi ishni, agar u mazmunan murakkab bo‘lmasa, jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek okrug yoki hududiy harbiy sudga ko‘rish uchun topshirishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 409-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Prokuror jinoyat ishlarini ko‘rishda yoki hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudida ishtirok etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 473-moddasi to‘rtinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan ular istagi bo‘yicha apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) 478-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hukmi, ajrimi va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida tekshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yuqori sud tomonidan ko‘rish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) apellatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 4972-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kassatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 498-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) nazorat tartibida — qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ular o‘rinbosarlarining protestlariga binoan, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan esa, qonunda protest bildirish huquqi berilgan prokuror yoki uning o‘rinbosari protestiga binoan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 479-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeksning 4972, 498 va 516-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga, shuningdek sud qarorlarini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilishga haqlidir. Bu holda ular o‘z vajlarini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar taqdim etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat protesti tushganligi to‘g‘risida sud tushgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli bo‘lsa, ana shu protsess ishtirokchilariga ma’lum qiladi va ayni vaqtda mazkur hujjatlarning nusxasini mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaxsga jo‘natadi. Ko‘rsatilgan shaxslar ish bilan, shu jumladan qo‘shimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga hamda sudga o‘z e’tirozlarini bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati bergan shaxs, shuningdek berilgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli bo‘lsa, ana shu protsess ishtirokchilari sud tomonidan ishning ko‘rilish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari ishni apellatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaxslar ishni kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish chog‘ida ham ishtirok etishga haqlidir, jazoni ijro etish muassasasidagi mahkum bundan mustasno. Jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumning kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi, shuningdek uni sud majlisiga olib kelish zarurligi masalasini sud hal qiladi. Ish ko‘riladigan joy va vaqt haqida o‘z vaqtida ogohlantirilgan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganliklari ishni ko‘rishga monelik qilmaydi. Lekin sud mahkumni, oqlangan shaxsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirish berish uchun chaqirishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 480-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat ishining apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilishida prokuror qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning ko‘rilishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi hay’atlarida — tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatlarida — tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 481-moddasining birinchi qismidagi “Kassatsiya” degan so‘z “Apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 482-moddasining birinchi qismidagi “kassatsiya” degan so‘z “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) 483-moddasining birinchi qismidagi “Kassatsiya” degan so‘z “Apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 484-moddasining matnidagi “Kassatsiya” degan so‘z “Apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan, “ishni kassatsiya” degan so‘zlar “ishni apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) 490-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“490-modda. Jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘ruvchi sudning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) sudning hukmi yoki ajrimini (qarorini) o‘zgarishsiz qoldiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) hukmni yoki ajrimni (qarorni) o‘zgartiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hukmni yoki ajrimni (qarorni) bekor qiladi va ishni qo‘shimcha tergovga yoki yangitdan sudda ko‘rish uchun jo‘natadi yoxud ishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibida ko‘rib, apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini bekor qiladi, shuningdek agar keyin sud ajrimlari, qarorlari chiqarilgan bo‘lsa, ularni ham bekor qiladi va ishni yangitdan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqishga o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish va protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lsa, to‘liq yoki qisman sud tergovi o‘tkazish va hukmga o‘zgartishlar kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish va protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati bo‘lsa, qisman sud tergovi o‘tkazish va hukmga o‘zgartishlar kiritishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori instansiya sudi asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishga, unga tarbiya koloniyasi yoki jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini ko‘paytirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori instansiya sudi hukmning ayrim mahkumlarga qo‘yilgan ayblov qismini yoki fuqaroviy da’vo qismini bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) 491-moddasining matnidagi “kassatsiya” degan so‘z “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) 493-moddasining matnidagi “kassatsiya” degan so‘z “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) 494-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“494-modda. Jazoni kuchaytirishga va og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llanishga yo‘l qo‘yilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rgan vaqtida jazoni kuchaytirishga, shuningdek og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llash zarurligi munosabati bilan yoxud jazoning yengilligi uchun jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina ana shu asoslar bo‘yicha apellatsiya yoki kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi va ish yangitdan sudda ko‘rish uchun yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi yuqori sud tomonidan faqat prokurorning apellatsiya yoki kassatsiya protesti, jabrlanuvchining yoki uning vakilining shikoyati yoxud oqlangan shaxsning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati, shuningdek nazorat tartibida berilgan protest bo‘yicha bekor qilinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) 495-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi “kassatsiya” degan so‘z “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) 496-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rayotgan sudning ajrimida (qarorida) quyidagilar aks ettirilgan bo‘lishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ajrim (qaror) chiqarilgan vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ajrim (qaror) chiqargan sudning nomi va tarkibi, ishni ko‘rishda qatnashgan prokuror va boshqa shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) apellatsiya, kassatsiya shikoyati, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida protest bergan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shikoyat yoki protest berilgan hukmning, ajrimning (qarorning) qaror qismi mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shikoyatning, protestning, ularga nisbatan bildirilgan e’tirozlarning mazmuni, ishda ishtirok etayotgan shaxslar tushuntirishlarining qisqacha bayoni va prokurorning fikri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shikoyat, protest bo‘yicha sudning qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ularda keltirilgan vajlar qanday sabablarga ko‘ra asossiz yoki ahamiyatsiz deb topilganligi ajrimda (qarorda) ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm, ajrim (qaror) bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan hollarda apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi qonunning qaysi moddalaridagi talablar buzilganligini hamda bekor qilinayotgan yoki o‘zgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan qo‘shimcha tergovga yoki yangitdan sudda ko‘rish uchun yuborilayotganda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar ko‘rsatilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov o‘tkazishda va sud muhokamasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur bo‘lganda xususiy ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim sudning to‘liq tarkibi tomonidan, sud rayosatining qarori raislik qiluvchi tomonidan, Plenum qarori esa O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Plenum kotibi tomonidan imzolanadi. Chiqarilgan ajrim (qaror) raislik qiluvchi yoki sud tarkibidagi sudyalardan biri tomonidan sud majlisi zalida darhol o‘qib eshittiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) 497-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“497-modda. Ajrimni (qarorni) ijro etish uchun yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim (qaror) chiqarilganidan keyin u uzog‘i bilan besh sutka ichida jinoyat ishi bilan birga qo‘shib hukm yoki apellatsiya yoxud kassatsiya ajrimi chiqargan sudga yoki boshqa sudga, ish qo‘shimcha tergovga jo‘natilgan taqdirda esa, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qamoqdan ozod etilishi lozim bo‘lgan mahkumni, agar u sud majlisida qatnashayotgan bo‘lsa, ozod etishga doir ajrim (qaror) zalning o‘zidayoq ijro etiladi. Boshqa hollarda ajrim (qaror) chiqarilgan vaqtdan e’tiboran uzog‘i bilan yigirma to‘rt soat ichida uning nusxasi sud tomonidan jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga yuboriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) Kodeks quyidagi mazmundagi 551-bob bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“551-bob. APELLATSIYA TARTIBIDA ISh YURITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4971-modda. Apellatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning o‘zida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4972-modda. Hukm ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning o‘rinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4973-modda. Hukmlar ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hukmlari ustidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlari va protestlari ayni shu sudlarning o‘zi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyatlari va protestlari hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita apellatsiya instansiya sudiga topshirilgan bo‘lsa, sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun ularni hukm chiqargan sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4974-modda. Hukm ustidan apellatsiya shikoyatlari va protestlari berish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellatsiya shikoyatlari va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatdan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4975-modda. Apellatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan hollarda apellatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash so‘ralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishlari mumkin. Zarur hollarda bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashning rad etilganligi ustidan yuqori sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin, u muddatni tiklashga va ishni xususiy shikoyat yoki protest bo‘yicha ko‘rib chiqishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4976-modda. Hukm ustidan apellatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati berilishi yoki apellatsiya protesti bildirilishi hukmni ijro etishni to‘xtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bilan birga o‘n kundan kechiktirmay apellatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4977-modda. Apellatsiya shikoyati va protestining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati va protestida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shikoyat, protest yo‘llanayotgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turish manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, shu shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shikoyat, protest bergan shaxsning vajlari, uning fikriga ko‘ra hukm yoki boshqa qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) arizachi o‘z talablarini asoslayotgan va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi lozim bo‘lgan dalillar, shu jumladan ilgari birinchi instansiya sudida tekshirilmagan dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shikoyat, protest berilgan sana hamda shikoyat, protest beruvchi shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4978-modda. Apellatsiya shikoyati yoki protestini qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs o‘z shikoyati yoki protestini qaytarib olishga haqlidir. Protestni qaytarib olish huquqiga yuqori turuvchi prokuror ham ega. Mahkum o‘z himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4979-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat berish va protest bildirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ushbu Kodeksning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoxud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, uni o‘zgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berish va protestlar bildirish mumkin emas. Bularga qarshi e’tirozlar apellatsiya shikoyati yoxud apellatsiya protestiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ish bo‘yicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, basharti ajrim ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, shikoyat berishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49710-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi majlisini tayinlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining raisi apellatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ishni yuqori turuvchi sudda ko‘rib chiqiladigan kun va joyni belgilaydi, ushbu Kodeksning 4972-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar bundan xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar sud majlisiga sudning ixtiyoriga binoan taklif qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49711-modda. Apellatsiya instansiyasida ish yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasida ish yuritish birinchi instansiya sudidagi ish yuritish qoidalari bo‘yicha, shuningdek ushbu bobda bayon etilgan qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish ko‘riladigan joy va sana haqida vaqtida xabardor qilingan shaxslarning hozir bo‘lmasligi ishni ko‘rish va qaror chiqarishga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi qanday ish ko‘rilishini ma’lum qiladi va taraflarning kelgan-kelmaganligini aniqlaydi, so‘ngra sud tarkibi a’zolarining, prokurorning, sud kotibining, agar tarjimon majlisda ishtirok etayotgan bo‘lsa, tarjimonning hamda himoyachining familiyasi va ismini e’lon qiladi, rad qilish haqida arzlar bor-yo‘qligini tekshiradi. Raislik qiluvchi hozir bo‘lgan protsess ishtirokchilariga ularning apellatsiya instansiyasida ishni ko‘rish chog‘idagi huquqlarini tushuntiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi hozir bo‘lgan taraflardan iltimoslari bor-yo‘qligini so‘raydi va bildirilgan iltimoslar bo‘yicha apellatsiya instansiyasi ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni ko‘rish sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. U ishning mohiyati, shikoyat yoki protestning vajlari hamda ularga qarshi bildirilgan e’tirozlarning mohiyatini bayon qiladi. Sudga qo‘shimcha materiallar taqdim etilgan yoxud sudning o‘zi bunday materiallarni talab qilib olgan hollarda raislik qiluvchi yoki sudya ularni o‘qib eshittiradi va ishda ishtirok etayotgan shaxslarga tanishish uchun taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi apellatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan bo‘lsa o‘sha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, so‘ngra esa prokurorga so‘z beradi. Agar berilgan apellatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellatsiya protesti bo‘lsa, so‘z birinchi navbatda unga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud taraflarning so‘zlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib ko‘rishni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash to‘g‘risida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat bo‘lsa, boshqa shaxslarni chaqirish to‘g‘risida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni so‘roq qilish yo‘li bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi bo‘yicha hamda o‘zining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni o‘qib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudida so‘roq qilingan guvohlar, agar sud taraflarning iltimosi bo‘yicha yoki o‘zining tashabbusi bilan ularni chaqirishni zarur deb topgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudida so‘roq qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza o‘tkazish, ularga birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib ko‘rish rad etilgan ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish to‘g‘risida iltimos qilishga haqlidir. Arz qilingan iltimoslarni hal etish ushbu Kodeksning 438-moddasi qoidalari asosida amalga oshiriladi, bunda apellatsiya instansiyasi sudi iltimos birinchi instansiya sudida qanoatlantirilmagan degan asosda iltimosni qanoatlantirishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalillarni tekshirish tugagach, sudya taraflardan sud tergoviga qo‘shimcha qilish haqida iltimoslari bor-yo‘qligini surishtiradi, sud bu iltimoslarni hal etadi va sud muzokaralariga o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49712-modda. Sud muzokaralari. Sudlanuvchining oxirgi so‘zi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida o‘tkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muzokaralari tamom bo‘lganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u ishtirok etayotgan bo‘lsa, oxirgi so‘z beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49713-modda. Apellatsiya instansiya sudining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishni apellatsiya tartibida ko‘rib, o‘zining ajrimi bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya sudining hukmini o‘zgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va ishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) birinchi instansiya sudining hukmni bekor qilish va ushbu Kodeks 419-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha ishni qo‘shimcha tergov yuritish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya sudining hukmini yoki ajrimini bekor qilish va ishni yangitdan sudda ko‘rish uchun yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar birinchi instansiya sudi ish yuzasidan kamchiliklarga yoki sud tergovini bir tomonlama olib borishga yoxud jiddiy bo‘lmagan protsessual qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi ishni birinchi instansiya sudiga yangitdan sudda ko‘rishga yubormay, kamchiliklarni to‘ldirish, protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi hamda ko‘rib chiqish natijalarini inobatga olgan holda hukmga o‘zgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi qarorida qanday asoslarga ko‘ra birinchi instansiya sudining hukmi to‘g‘ri deb, shikoyat yoki protestning vajlari esa asossiz deb topilganligi, birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilishga yoki uni o‘zgartirishga nimalar asos bo‘lganligi ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi qaror qabul qilayotganda birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib ko‘rilgan va ishonchli deb topilgan dalillarga apellatsiya shikoyatlari, protestlarini ko‘rib chiqishda tekshirilgan yangi dalillarni qo‘shgan holda tayanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalari asosida e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49714-modda. Apellatsiya instansiyasi sud majlisining bayonnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi. Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49715-modda. Xususiy shikoyat va protestlarni hal qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyat yoki protest apellatsiya shikoyatlari yoki protestlari bilan bir vaqtda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyat yoki protestni hal qila turib, raislik qiluvchi sud muhokamasi barcha ishtirokchilarining fikrini so‘raydi, zarur hollarda jinoyat ishining berilgan shikoyat yoki protestga aloqador materiallarini o‘qib eshittiradi. Xar bir xususiy shikoyat yoki protest bo‘yicha sud o‘sha erning o‘zida yoki maslahatxonada ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish yuzasidan faqat xususiy shikoyat yoki protest tushgan bo‘lsa, hukm chiqargan sud apellatsiya shikoyati berish yoki protest bildirish uchun belgilangan muddat tugashi bilan ishni yuqori sudga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyat yoki protestni hal qilish sud tomonidan shikoyat yoki protest bergan shaxsni, shuningdek uning tomonidan kelishi so‘ralgan shaxslarni yoxud sudning o‘zi lozim deb topgan shaxslarni taklif etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy shikoyat yoki protest bo‘yicha chiqarilgan sud ajrimi qat’iy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49716-modda. Apellatsiya instansiyasi qarorlarining qonuniy kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi qarorlari e’lon qilinishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49717-modda. Apellatsiya instansiyasida shikoyat ishni qo‘shimcha ko‘rish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ba’zi mahkumlarga daxli bo‘lgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga ko‘ra apellatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi ko‘rib bo‘linganidan keyin kelib tushsa yoki o‘tkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessining boshqa ishtirokchisi bergan apellatsiya shikoyati yoxud protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganidan so‘ng kelib tushgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha ajrim chiqarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu ajrim avval chiqarilgan ajrimga zid bo‘lsa, ish bir yoki har ikkala ajrim ustidan protest berish masalasini hal qilish uchun nazorat tartibida protest bildirish vakolatiga ega bo‘lgan sud raisiga jo‘natiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni qo‘shimcha ko‘rish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyat va xususiy protestni hal qilishga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49718-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim sudyalarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ajrim barcha sudyalar tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilikni tashkil etgan sudya ajrimga imzo qo‘yib, o‘zining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30) 498-moddasining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“498-modda. Hukm va ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi ustidan, agar ish apellatsiya tartibida ko‘rilgan bo‘lmasa, kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir. Ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan hukm va ajrim (qaror) ustidan, agar ish apellatsiya tartibida ko‘rilgan bo‘lmasa, kassatsiya tartibida protest bildirishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) 499-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudlarning sudlov hay’atlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudning sudlov hay’atiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan esa shu sudning sudlov hay’atiga kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) 500-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“500-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini (qarorlarini) kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yiladigan muddat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat yoki protestda og‘irroq jinoyatga doir qonun moddalarini qo‘llash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan boshqa o‘zgarishlar nazarda tutilgan bo‘lsa, sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yo‘l qo‘yiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33) 501-moddasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) 502-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddat ichida ishni shikoyatlar, protestlar va ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35) 504-moddasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) 505-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Birinchi instansiya sudining raisi kassatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ish kassatsiya instansiyasi sudida ko‘riladigan kun va joyni belgilaydi, bu haqda ushbu Kodeksning 498-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar xabardor qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) 507-moddasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) 508-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ba’zi mahkumlarga daxli bo‘lgan kassatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga ko‘ra kassatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi ko‘rib bo‘linganidan keyin kelib tushsa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan kassatsiya shikoyati yoki protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganidan so‘ng kelib tushgan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha ajrim chiqarishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39) 510-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“510-modda. Hukm va ajrim (qaror) ustidan nazorat tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan hukm va ajrim (qaror) ustidan ushbu Kodeksning 498-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar nazorat tartibida shikoyat berishlari mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40) 511-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“511-modda. Hukm va ajrim (qaror) ustidan nazorat tartibida protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqarilgan hukmlar va ajrimlar (qarorlar) bilan birga ishlarni nazorat tartibida ko‘rib chiqishga ular faqat apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilganidan keyin qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ularning o‘rinbosarlari protest bildirgandagina yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar protest bildirishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — barcha instansiya sudlarining hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlaridan tashqari, har qanday sudning hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar — jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan; ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rgan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudlov hay’atlarining ajrimlari ustidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellatsiya va kassatsiya ajrimlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori — okrug va hududiy harbiy sudlarning hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining ajrimlari ustidan, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellatsiya va kassatsiya ajrimlari bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) 512-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ishlarni jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlaridan talab qilib olish huquqiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi raisining o‘rinbosari, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining o‘rinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ham egadir. Ishlarni okrug va hududiy harbiy sudlardan talab qilib olish huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining o‘rinbosarlari, okruglar harbiy prokurorlari va ularning o‘rinbosarlari ham egadir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42) 516-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hukmni yoki ajrimni (qarorni) qonunga xilof va asossiz deb topgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar protest bildiradilar va ishni shu protest bilan birga tegishli nazorat instansiyasi sudiga yuboradilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43) 517-moddasi matnining birinchi jumlasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44) 519-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatlari mazkur sudlarning jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlari ko‘rgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan tegishli apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari rayosatlarining qarorlari ustidan, shuningdek mazkur sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining rayosati mazkur sudning okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining qarorlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi birinchi instansiya tariqasida ko‘rgan ishlar bo‘yicha mazkur sud chiqargan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlarining apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hay’atlarining nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari ustidan nazorat tartibida bildirilgan protestlar bo‘yicha ishlarni ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda protestlar bo‘yicha ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudini, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudini chetlab o‘tib, nazorat tartibida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay’atlari tomonidan ko‘rilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45) 520-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishi ushbu Kodeksning 506-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan ko‘riladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatida ishni ko‘rish chog‘ida protestni qanoatlantirish tarafdorlari bilan qarshilar ovozi teng kelib qolsa, protest mahkum (oqlangan shaxs) foydasiga hal qilingan hisoblanadi, mahkumning (oqlangan shaxsning) ahvolini og‘irlashtirish haqidagi masala qo‘yilgan protest esa rad etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46) 521-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi chiqargan hukmni qonunga xilof va asossiz deb topib, bu hukmni hamda shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini, shuningdek nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlar va qarorlarni, agar ular tufayli hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan bo‘lsa, bekor qiladi yoki o‘zgartiradi. Bunda ushbu Kodeks 490-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qarorlardan biri qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestni ko‘rib chiqayotgan sud oldingi hukm yoki ajrim asossiz ravishda bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ishni ko‘rish chog‘ida qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan va bu ajrim yoki qarorni to‘g‘ri chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin edi deb e’tirof etgan taqdirda apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimlari, nazorat instansiyasi sudining ajrimlari va qarorlari ham bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud nazorat tartibida chiqarilgan ajrim yoki qarorni bekor qilar ekan, birinchi instansiya sudining hukmini va apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini o‘zgartirishlar bilan yoki o‘zgartirishsiz o‘z kuchida qoldirishga haqlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47) 528-moddasining matnidagi “kassatsiya” degan so‘zlar “apellatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48) 531-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ish apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ko‘rilganda hukm o‘zgartirilgan bo‘lsa, hukm nusxasiga apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoxud qarori nusxasi ilova qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49) 540-moddasidagi “tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50) 541-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “tuman (shahar) sudining”, “tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)