Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Buyrugʻi
SHNQ 2.09.08-21 “Issiqxonalar va bugʻxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 30-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 284]
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.09.08-21 “Issiqxonalar va bugʻxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining 1997-yil 6-noyabrdagi 102-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan QMQ 2.09.08-97 “Issiqxonalar va bugʻxonalar” qurilish meʼyorlari va qoidalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazirning birinchi oʻrinbosari S. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-avgust,
01/2-47-son
Kelishildi:
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
2024-yil 31-iyul
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 30-iyul
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 14-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 17-iyul
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 23-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining 2024-yil 9-avgustdagi 01/2-47-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
SHNQ 2.09.08-21 “Issiqxonalar va bugʻxonalar” shaharsozlik normalari va qoidalari
Ushbu shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) issiqxonalar va bugʻxonalarni loyihalashtirishga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda texnik jihatdan tartibda solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qoʻllanilgan:
SHNQ 2.01.01-22 “Loyihalash uchun iqlimiy va fizikaviy-geologik maʼlumotlar”;
SHNQ 2.01.02-04 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi”;
SHNQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish”;
SHNQ 2.01.07-19 “Yuklar va taʼsirlar”;
SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash”;
SHNQ 2.02.01-19 “Binolar va inshootlarning asoslari”;
SHNQ 2.03.01-24 “Beton va temir-beton konstruksiyalar”;
SHNQ 2.03.05-23 “Poʻlat konstruksiyalari. Loyihalash talablari”;
SHNQ 2.03.08-23 “Yogʻoch konstruksiyalar”;
QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish”;
SHNQ 2.04.01-23 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”;
SHNQ 2.04.02-19 “Suv taʼminoti, tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash”;
SHNQ 2.04.09-07 “Bino va inshootlarning yongʻinga qarshi avtomatikasi”;
SHNQ 2.07.02-22 “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”;
QMQ 2.08.04-04 “Maʼmuriy binolar”;
SHNQ 2.09.01-19 “Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bosh rejalari”;
SHNQ 2.09.02-19 “Sanoat binolari”;
SHNQ 2.09.04-09 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy binolari”;
SHNQ 3.01.02-23 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi”;
GOST 12.1.003-2014 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” (rasmiy manba: “Sistema standartov bezopasnosti truda. Shum. Obshiye trebovaniya bezopasnosti”);
GOST 12.1.005-88 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Ish maydoni havosiga qoʻyiladigan umumiy sanitariya-gigiyena talablari” (rasmiy manba: “Sistema standartov bezopasnosti truda. Obshiye sanitarno-gigiyenicheskiye trebovaniya k vozduxu rabochey zoni”);
GOST 12.3.002-2014 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari” (rasmiy manba: “Sistema standartov bezopasnosti truda. Protsessi proizvodstvennie. Obshiye trebovaniya bezopasnosti”);
GOST 12.3.006-75 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Suv taʼminoti inshootlari va tarmoqlaridan foydalanish. Umumiy xavfsizlik talablari” (rasmiy manba: “Sistema standartov bezopasnosti truda. Ekspluatatsiya vodoprovodnix i kanalizatsionnix soorujeniy i setey. Obshiye trebovaniya bezopasnosti”);
GOST 111-2014 “Rangsiz varaqli shisha. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Steklo listovoye bessvetnoye. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 10354-82 “Polietilen plyonkasi. Texnik shartlar” (rasmiy manba: “Plenka polietilenovaya. Texnicheskiye usloviya”);
GOST 27751-2014 “Qurilish konstruksiyalari va poydevorlarining ishonchliligi. Asosiy qoidalar” (rasmiy manba: “Nadejnost stroitelnix konstruksiy i osnovaniy. Osnovnie polojeniya”);
GOST 28984-2011 “Qurilishda oʻlchamlarni modulli muvofiqlashtirish. Asosiy qoidalar” (rasmiy manba: “Modulnaya koordinatsiya razmerov v stroitelstve. Osnovnie polojeniya”);
SanQvaN 0211-06 “Oʻzbekiston aholisining xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti markazlashtirilgan tizimi suvining gigiyenik mezonlari va ular sifatining nazorati”;
SanQvaN 5791-91 “Issiqxonalar va issiqxona kombinatlarini qurish va ulardan foydalanishning sanitariya qoidalari va meʼyorlari”.
2-bob. Atamalar va taʼriflar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning taʼriflari qoʻllanilgan:
issiqxona — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun moʻljallangan shaffof qoplamali himoyalangan, isitiladigan inshoot;
bugʻxona — yerning tabiiy issiqligidan foydalangan holatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun moʻljallangan inshoot;
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
tuproq — yerning unumdor qatlami.
3-bob. Umumiy qoidalar
3. Issiqxonalar va bugʻxonalarni loyihalashtirish texnik topshiriqqa asosan amalga oshiriladi.
4. Issiqxona va bugʻxonalarni loyihalashtirishda ularning konstruksiyalarini mustahkamligini, bikrligini va turgʻunligini taʼminlaydigan konstruktiv yechimlarni qabul qilish lozim.
5. Issiqxona va bugʻxonalarning konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash SHNQ 2.01.07-19, SHNQ 2.02.01-19, SHNQ 2.03.01-24, SHNQ 2.03.08-24, SHNQ 2.03.05-23 larga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
6. Issiqxona va bugʻxonalarning konstruksiyalari toʻgʻridan-toʻgʻri va tarqoq nurning maksimal kirib borishini, haroratni keskin oʻzgarmasligini, minimal issiqlik yoʻqotilishi, harorat va namlik rejimini tartibga solish uchun tabiiy havo almashuvini taʼminlashi kerak.
7. Issiqxona va bugʻxonalarni portlash hamda yongʻin xavfi darajasi SHNQ 2.01.19-22 ga muvofiq qabul qilinishi lozim.
8. Issiqxona va bugʻxonalarni konstruksiyalarining yongʻin xavfi SHNQ 2.01.02-04 ga asosan belgilanishi kerak.
9. Issiqxona va bugʻxonalarga tegishli bino va inshootlarning evakuatsiya yoʻllari SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq loyihalanishi kerak.
10. Sabzavot hamda koʻchat va sabzavot issiqxonalari tarkibiga kiruvchi qishki issiqxonalar orasidagi masofalar kamida 6 m, mavsumiy issiqxonalar orasidagi masofalar kamida 1,5 m, limonariyalar orasidagi masofa kamida 4,0 m boʻlishi lozim.
11. Yomgʻir va qor suvlarini issiqxonalardan chiqarib yuborish uchun ularni nishabli qilib loyihalashtirish kerak.
12. Issiqxona va bugʻxonalar hamda turarjoy binolari oʻrtasidagi sanitariya himoya zonalari SanQvaN 0211-06 ga asosan belgilanishi kerak.
13. Issiqxona va bugʻxonalarning poydevorlarining mustahkamligi GOST 27751-2014 ga muvofiq belgilanishi lozim.
14. Issiqxona va bugʻxonalar uchun yer maydonlari SHNQ 2.09.01-19 va SanQvaN 5791-91 ga muvofiq boʻlishi kerak.
15. Issiqxona va bugʻxonalarni tabiiy-iqlimiy sharoitlari boʻyicha loyihalash SHNQ 2.01.01-22 ga asosan amalga oshirilishi kerak.
16. SHNQ 2.09.01-19 ga muvofiq togʻ oldi hududlarda loyihalashtiriladigan issiqxonalar va bugʻxonalar yer yuzasidan kamida 1,5 m yerosti suvlaridan yuqori boʻlishi kerak.
17. Issiqxonalar va bugʻxonalarni noanʼanaviy energiya manbalari texnik topshiriqqa muvofiq bajariladi.
18. Issiqxona va bugʻxonalarning hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlari texnik topshiriqqa asosan amalga oshirilishi kerak.
19. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari (elektr tarmogʻida xavfli kuchlanish darajasi, yuqori namlik va uning past harakatlanishi, oʻsimliklarni sunʼiy nurlanish paytida yorugʻlikning yorqinligi hamda ultrabinafsha nurlanish darajasi, oʻsimliklarni karbonat angidrid bilan oʻgʻitlash jarayonida havo muhitining gazlanishi) GOST 12.1.003-2014, GOST 12.1.005-88, SanQvaN 5791-91 ga asosan amalga oshirilishi lozim.
20. Issiqxona va bugʻxonalarning hududlari 1,6 m balandlikda toʻr sifat devor bilan oʻralishiga yoʻl qoʻyiladi.
21. Issiqxonalar va bugʻxonalar hamda ularga tegishli binolarni loyihalashtirish nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda SHNQ 2.07.02-22 ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
4-bob. Hajmiy-rejaviy va konstruktiv yechimlar
22. Issiqxonalarning hajmiy-rejaviy yechimlari texnik topshiriqqa va GOST 28984-2011 hamda SHNQ 2.01.02-04 ga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
23. Texnik topshiriqqa asosan issiqxonalar bir va koʻp oraliqli qilib loyihalashtirilishi lozim.
24. Issiqxona va bugʻxonalarning tom yopmalari bir nishabli yoki ikki nishabli qilib loyihalashtirilishi kerak.
25. Issiqxona va bugʻxonalarning maʼmuriy va maishiy binolarini SHNQ 2.09.04-09 ga muvofiq loyihalashtirish kerak.
26. Issiqxonalarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyasi, toʻsuvchi va yopma materiallari texnik topshiriqqa asosan qabul qilinishi lozim.
27. Issiqxonalarning tayanchlari (karkas tirgaklari) uchun poydevorlar yuqori satxi issiqxona pol sirtining satxisidan kamida 0,3 m baland boʻlishi kerak.
28. Issiqxona tom qoplamalarining toʻgʻri chiziqli nishablarini qiyaligi kamida 40 %, egri chiziqli, kamon shaklli – kamida 20 % olinishi kerak.
29. Issiqxonalar va bugʻxonalarning qurilish konstruksiyalarini korroziyaga qarshi himoya qilish KMQ 2.03.11-96 ga muvofiq belgilangan boʻlishi kerak
30. Issiqxona va bugʻxonalarning qurilish konstruksiyalariga tushadigan yuklar va taʼsirlarning hisobi QMQ 2.01.07-96 ga muvofiq bajarilishi kerak.
31. Issiqxonalar poʻlat konstruksiyalarining egilishlari SHNQ 2.03.05-23 koʻrsatmalariga muvofiq aniqlanishi kerak.
32. Issiqxonalarning yogʻoch konstruksiyalari SHNQ 2.03.08-23 talablariga muvofiq loyihalashtirilishi kerak.
33. Shamol yukining taʼsiri uchun issiqxonalarning plyonkali toʻsiqlarini hisoblash GOST 10354-82 ga muvofiq amalga oshirilidi.
34. Issiqxonalar uchun shisha toʻsiqlari GOST 111-2014 ga muvofiq belgilanishi lozim.
35. Zarbalarga chidamli va boshqa maxsus shishalardan foydalanish texnik topshiriqqa koʻra qabul qilinishi kerak.
5-bob. Suv taʼminoti, ichki vodoprovod va kanalizatsiya
36. Issiqxona va bugʻxonalarni tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti SHNQ 2.04.02-19 talablariga muvofiq taʼminlanishi kerak.
37. Maydoni 6 ga dan ortiq boʻlgan issiqxonalar drenaj suvlarini yigʻish uchun saqlash jihozlari bilan taʼminlanishi kerak.
38. Issiqxonalar va bugʻxonalar uchun suv taʼminoti tizimlarini loyihalashda KMQ 2.04.01-98 va KMQ 2.04.02-19 koʻrsatmalariga rioya qilish kerak.
39. Issiqxona va bugʻxonalarning yongʻinga qarshi suv taʼminoti SHNQ 2.04.09-07 ni hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
40. Issiqxona va bugʻxonalarning ichki suv quvuri suv taʼminotining tashqisiga ulangan boʻlishi kerak.
41. Issiqxonalar ichida suvdan foydalanish oʻsimlik mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasiga muvofiq taʼminlanishi lozim.
42. Sunʼiy substraktlarda sabzavot yetishtirish uchun moʻljallangan issiqxonalarda suv taʼminoti tizimi texnik topshiriqqa asosan amalga oshirish kerak.
43. Zaxira sugʻorish uchun joʻmraklar soni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
44. Issiqxona va bugʻxonalarning ichki va tashqi suv taʼminoti va kanalizatsiyasi QMQ 2.04.01-98 va QMQ 2.04.03-19 ga muvofiq loyihalanishi kerak.
45. Issiqxona va bugʻxonalarning magistral quvurlarini boʻlinish joylarida va issiqxonalar kirish joylarida oʻchirish armatura oʻrnatilishi kerak.
46. Blokli qishki issiqxonalar qoplama lotoklar yogʻingarchilik suvlarini chiqarib tashlash uchun ichki oqova bilan ulangan boʻlishi kerak.
47. Issiqxonalarning tomlarida va ichki oqova tarmoqlaridagi lotoklarni gidravlikka hisoblashda yomgʻir suvlarning hisobiy sarflari chegaraviy intensivlik usuli bilan aniqlanishi kerak.
48. Qurilish maydonchasining gidrogeologik sharoitiga qarab qishki yer usti issiqxonalarida va bahorgi issiqxonalarning urugʻchilik boʻlimlarida yopiq drenaj bilan taʼminlash kerak.
6-bob. Isitish va shamollatish
49. Issiqxonalar va bugʻxonalarni isitish va shamollatish SHNQ 2.04.05-18 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
50. Texnik topshiriq asosida ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
51. Issiqxonalar va bugʻxonalarni isitish va shamollatish boshqa tizimlar bilan birgalikda ularga zarur mikroiqlim parametrlarini (havo harorati, tuproq yoki substrat, nisbiy namlik va ichki havoning harakatlanish tezligini) taʼminlashi kerak.
52. Tashqi havoning hisobiy parametrlari SHNQ 2.01.01-19 ga muvofiq olinishi kerak.
53. Issiqxonalar va bugʻxonalarni isitish va shamollatish tuproqdan kunduzi va quyosh radiatsiyasidan toʻplangan issiqlikni hisobga olmagan holda loyihalashtirilishi kerak.
54. Issiqxonani isitish tizimlarini loyihalashda isitgichning harorati 150 °S dan ortiq oshmasligi kerak.
55. Issiqxonalarning isitilishi quyidagi usullarda amalga oshirilishi kerak:
issiq suv yordamida — qozonxonalardan yuqori bosimli issiq suv sirkulyatsion trubalar orqali yuborish;
issiq ventilyatorlar yordamida — issiq boʻlgan (havo harorati yuqori darajada sovuq boʻlmagan) hududlarda ishlatiladi.
56. Issiqxonalarda isitish asboblari texnik topshiriqqa asosan loyihalanishi kerak.
57. Issiqxonalarni suv bilan isitish uchun isitish asboblari sifatida (isitgichning haroratiga qarab) plastik, korroziyaga qarshi himoyalangan silliq poʻlat quvurlar ishlatilishi kerak.
58. Issiqxona ventilyatsiyasini hisoblash issiq mavsumda quyosh radiatsiyasidan hosil boʻlgan issiqlikning belgilangan miqdoridan ortiqchasini olib tashlashni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
59. Shamollatish orqali issiqxona ichida yigʻilib qolgan ortiqcha namlikni tezda chiqarib yuboriladi.
60. Issiqxonalarni shamollatish issiqxonani yuqori qismda ochiladigan kapalaksimon fortochkalar va yon tomonlaridagi qoʻshimcha fortochkalar, avtomatlashtirilgan ventilyatorlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
61. Issiqxona uchun ventilyatorlar texnik topshiriqqa asosan belgilanadi.
62. Issiqxonalar va bugʻxonalarni issiqlik bilan taʼminlashni loyihalashtirishda tabiiy gazga muqobil boʻlgan yoqilgʻi turi yoki energiya tejamkor isitish texnologiyalaridan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish) foydalanish kerak.
7-bob. Elektr texnik qurilmalar
63. Issiqxona va bugʻxonalarning oʻtish joylarini yoritish SHNQ 2.01.05-19 ga asosan amalga oshirilishi kerak.
64. Issiqxonalar loyihalariga kiritiladigan elektr jihozlari SHNQ 2.04.09-07 talablariga mos kelishi kerak.
65. Portlovchi va portlash-yongʻin xavfi uchun “A” toifasiga mansub dozator kameralari SHNQ 2.01.02-04 talablarini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
8-bob. Aloqa va signalizatsiya
66. Issiqxonada shahar telefon aloqasi, simli eshittirish, ishlab chiqarish radiokarnay aloqasi, avtomatik yongʻin va qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan taʼminlanishi kerak.
67. Avtomatik yongʻin signalizatsiya tizimlari yoʻlaklar, vestibyullar, nasos xonalari va muhandislik uskunalari uchun xonalardan tashqari barcha xonalarda, maʼmuriy-maishiy, yordamchi, ishlab chiqarish binosida oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
68. Xavfsizlik signalizatsiyasi tizimi texnik topshiriqqa muvofiq taʼminlanishi kerak.
69. Zaharli kimyoviy moddalarni saqlash joyi va xonalari xavfsizlik signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.