Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.06.2002
Hujjat 19.04.1994 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining “Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan, xorijiy va qo‘shma korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosida shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 18-apreldagi 1034-XII-son qaroriga muvofiq hamda faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

Faoliyat turlari

Organning nomi

1

2

Qurol-yarog‘ va unga o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, ularga butlovchi elementlar va priborlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotishVazirlar Mahkamasi
Portlovchi va zaharli moddalar hamda ular shug‘ullangan buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish va sotishVazirlar Mahkamasi
Jangovor zaharlovchi moddalar va ulardan himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va sotishVazirlar Mahkamasi
Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotishVazirlar Mahkamasi
Uran va boshqa parchalanuvchi materiallarni qazib olish, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, ko‘mish va sotishVazirlar Mahkamasi
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarishVazirlar Mahkamasi
Bo‘shab qoladigan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilish, foydalanish, ko‘mish) va qayta ishlashVazirlar Mahkamasi
Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilishVazirlar Mahkamasi
Ov va sport o‘q otish qurollarini va ular uchun o‘q-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollarni, (milliy turdagi pichoqlardan tashqari) ishlab chiqarish, tuzatish va sotishIchki ishlar vazirligi
Neft va gazni qazib olish, qayta ishlash va sotishVazirlar Mahkamasi
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olishVazirlar Mahkamasi
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni hamda chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlashVazirlar Mahkamasi
Radioaktiv moddalar va izotoplar foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda sotishVazirlar Mahkamasi
Atom energetikasi obyektlarini (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalar), magistral truboprovodlar, ko‘priklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatishVazirlar Mahkamasi
O‘ta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish hamda ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar, nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlashVazirlar Mahkamasi
Xazina va bank biletlari, tangalar, qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar), ordenlar va medallarni, pochta to‘lov belgilarini ishlab chiqarishMarkaziy bank
Tibbiy yordam ko‘rsatishSog‘liqni saqlash vazirligi
Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan ekinlarni ekish, o‘stirish va sotish Ichki ishlar vazirligi
Narkotik moddalarni ishlab chiqarish va sotishSog‘liqni saqlash vazirligi, IIV bilan kelishgan holda
Farmakologiya preparatlarini ishlab chiqarish Sog‘liqni saqlash vazirligi
Qimorxonalar tashkil etish, lotereya o‘yinlarini o‘tkazish va shu kabilarMoliya vazirligi
Yong‘inga qarshi avtomatika, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini loyihalash, tuzatish, montaj qilish, sozlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatishIchki ishlar vazirligi
Yo‘lovchilar va yuklarni temir yo‘l, havo, dengiz hamda avtomobil transportida tashishVazirlar Mahkamasi
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsiya kinovideofilmlar va dasturlarni ishlab chiqarishVazirlar Mahkamasi
Kinovideodasturlar nusxasini ko‘paytirish, dublyaj kilish, sotishVazirlar Mahkamasi
Kinovideomahsulotlar prokatiVazirlar Mahkamasi
Suratga olishlarni va kinovideo faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmatlari ko‘rsatishVazirlar Mahkamasi
Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishAdliya vazirligi
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish, qurish va ishlatishVazirlar Mahkamasi
Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatishVazirlar Mahkamasi
Metrologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va sotishVazirlar Mahkamasi
Topografiya-geod�ziya va kartografiya ishlarini bajarishVazirlar Mahkamasi
Qiymatli qog‘ozlar bozorida investitsiya muassasasi sifatidagi faoliyatMarkaziy bank
Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishVazirlar Mahkamasi
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari bilan tuzatish, qurilish-montaj ishlarini bajarishVazirlar Mahkamasi
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalashVazirlar Mahkamasi
Auditorlik faoliyatiMoliya vazirligi
Ishlab chiqarish, turar-joy, xo‘jalik va qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi binolarni loyihalashtirish va ularni qurish uchun muhandislik-texnik qidiruv ishlarini bajarishVazirlar Mahkamasi
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarining, diniy ta’lim muassasalarining faoliyatiVazirlar Mahkamasi
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash

Vazirlar Mahkamasi

Atir, upa-elik va pardoz buyumlari maishiy kimyo tovarlari tayyorlashSog‘liqni saqlash vazirligi
Turizm sohasidagi faoliyatVazirlar Mahkamasi
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-sonli qarori bilan Nizom II bo‘limining auditorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berishga doir qismi va aloqa sohasidagi faoliyatga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotdi.
 LexUZ sharhi
4. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha beriladi.
 LexUZ sharhi
Nizomning 5-bandi ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevral 89-sonli qarori bilan yuqori rentabelli transport va aloqa xizmati sohasidagi korxonalar (tashkilotlar)dan olinadigan davlat poshlinasi miqdorlari hamda ularni o‘tkazish tartibiga nisbatan o‘z kuchini yo‘qotdi.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi