Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qarorning kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida kichik biznes subyektlari uchun kafolatlarning 1-ilovaga muvofiq keng tizimi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Kichik biznes subyektlarini tashkil etish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyati tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlarni chiqarish, Hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotnomalar va hujjatlarni talab qilish taqiqlansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat boshqaruvi organlari, kredit-moliya muassasalari, sug‘urta tashkilotlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarga 2-ilovaga muvofiq kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’uliyat yuklanishi belgilab qo‘yilsin.
Davlat hokimiyati mahalliy organlarining, shuningdek ilovada ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va tuzilmalarning rahbarlari ularning faoliyati ular kichik biznes, xususiy tadbirkorlikning rivojlantirilishiga qanchalik samarali ko‘maklashayotganliklariga qarab baholanishi to‘g‘risida ogohlantirilsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
4. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining respublika kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari buyurtmalarini shakllantirish hamda xorijiy kredit liniyalariga tanlov asosida kiritish uchun respublika mintaqalarida chet el kichik texnologiyalari va ixcham asbob-uskunalarining, ularni yetkazib bergan va namoyish etgan holda, ko‘rgazma-taqdimotlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika mintaqalarida 1998-yilning sentyabri — 1999-yilning fevralida ko‘rgazma-taqdimotlarni o‘tkazishning aniq muddatlarini ikki oy muddatda belgilasin, ko‘rgazmalarni o‘tkazishning tashkiliy-texnik shart-sharoitlarini, ularda tadbirkorlik subyektlarini qatnashishga keng jalb etishni, ommaviy axborot vositalarida tegishli reklamalar berilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilab qo‘yilsinki, kichik texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalardan foydalangan holda xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni xorijiy kredit liniyalarining vakolatli ijrochi banklarining kredit berish shartlaridan kelib chiqqan holda “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka” banki bir oy muddatda, boshqa tijorat banklari ularda xorijiy kredit liniyalari ochilishiga qarab kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ularning namunaviy loyihalar uchun tegishli kreditlar olishi bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish tartibini ishlab chiqsinlar hamda ularni O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zolariga yetkazsinlar.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Loyihalarni tanlab olish tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kreditlar berish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xorijiy kreditlardan o‘z vaqtida va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tijorat banklariga yuklanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
7. Belgilab qo‘yilsinki, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan xorijiy kredit liniyasi bo‘yicha garovni sug‘urtalash yuzasidan sug‘urta mukofotining 50 foizi sug‘urta kompaniyalariga Fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan to‘lanishi kerak.
Budjetdan tashqari jamg‘armalar har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq mablag‘larning harakati to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xorijiy kredit liniyalarining vakolatli ijrochi banklariga kichik biznes subyektida garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan taqdirda:
kelgusi hosil uchun fyuchers kontraktlarini yoki kredit hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarilgan mahsulotni;
kredit hisobiga sotib olinadigan, keyinchalik kimoshdi savdosida sotiladigan yoki o‘zining garov egasi huquqini sotish chog‘ida lizingga beriladigan xorijiy ixcham asbob-uskunalarni garov sifatida qabul qilish tavsiya etilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
ularning “Madad” sug‘urta agentligining ustav jamg‘armasiga har biri 25,0 million so‘mdan va “Biznes-fond” ustav jamg‘armasiga 75,0 million so‘mdan ulush qo‘shishlari to‘g‘risidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta korxonalarga xorijiy kredit liniyalariga kiritish uchun investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va tanlab olish bo‘yicha bepul xizmatlar ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi tashabbuslari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 1998-yilning ikkinchi yarmidan boshlab har chorakda kichik tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va tugatishning ahvolini, shuningdek hududlar va tarmoqlar bo‘yicha ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi statistik axborotni belgilangan tartibda ishlab chiqsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kreditlar berishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 7-fevraldagi 67-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
T/r | Kafolatlar mazmuni | Qonun hujjatlari |
2. | O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. | “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (39-modda). |
3. | Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarga muvofiq, nazorat organlari tomonidan mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini barcha tekshirishlar faqat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Tekshirishlarni Respublika kengashi bilan kelishmasdan amalga oshiradigan markazda va joylardagi nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son Farmoni (3-band) |
4. | Belgilab qo‘yilsinki, asosan xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik qo‘shma korxonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korxonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish yo‘li bilan raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan xorijiy kredit mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda pul bilan ta’minlanadi. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni (2-band) |
5. | Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon-fermer xo‘jaliklarini ham qo‘shgan holda, investitsiya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yig‘imlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim; xorijiy kredit yo‘nalishlari bo‘yicha olingan kreditlarni to‘lash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoni (7-band). |
6. | 2005-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralarini faqat sud orqali qo‘llanish tartibi joriy etilsin: faoliyatni tugatish; faoliyatni to‘xtatib qo‘yish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf-xatar yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni ko‘pi bilan o‘n ish kunigacha to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno; banklardagi hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash. Soliq va yig‘imlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya qo‘shish, shuningdek tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lish va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda to‘lash hollari bundan mustasno; huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o‘tkazish; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni o‘n ish kunidan ko‘proq muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno). | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (1-band va Farmonga ilova). |
7. | Quyidagilar belgilansin: tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi; nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini o‘z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruvlar o‘tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham bo‘ladilar; faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yuzasidan tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror yoki tekshiruvlarni o‘tkazish to‘g‘risid� nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qarori mavjud bo‘lgandagina qonunda ko‘zda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektining tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan o‘zaro munosabatlarinigina muqobil tarzda tekshirishga yo‘l qo‘yiladi. Muqobil tekshirishlarni o‘tkazish chog‘ida tadbirkorlik subyektlariga borish va ulardan tekshirishga taalluqli bo‘lmagan moliya-buxgalteriya yoki boshqa hujjatlarni talab qilish man etilsin. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (2-band) |
8. | Quyidagilar belgilansin: davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni (3-band). |
9. | Tadbirkorlik subyektlaridan: davlat soliq xizmati organlari va davlat statistika organlari belgilangan moliyaviy va statistik hisobotlarga qo‘shimcha ravishda har qanday ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishga (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlarni o‘tkazish vaqtida qilingan talablar bundan mustasno); boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan qonunlarda nazarda tutilmagan har qanday axborotni, shu jumladan hisobot, ma’lumotlar, ma’lumotnoma va hujjatlarni talab qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydigan tart?b o‘rnatilsin. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari qarorning ushbu bandini buzganlik uchun shaxsan javobgar bo‘lishlari to‘g‘risida qattiq ogohlantirilsin. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida” 2005-yil 15-iyundagi PQ-100-son qarori (7-band). |
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Organning nomi | Kichik biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari | |
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi | Kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash. Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish: investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit resurslaridan foydalanishda ularning kafolatlariga va imtiyozlariga rioya qilish. Monitoringni tashkil etish va investitsiya loyihalarini va takliflarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini ishlab chiqish. Investitsiya loyihalarini va takliflarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish, kreditlashning muammoli masalalarini hal qilish, bunda sansalorlik, buyruqbozlik va salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan qattiq nazorat o‘rnatishni ta’minlash. Mablag‘ bilan ta’minlash uchun qabul qilingan investitsiya loyihalarini hisobga olish tizimini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini, ajratilgan kredit resurslarining samaradorligini va ulardan maqsadli foydalanilishini muntazam ravishda tahlil qilish. | |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari | Kichik biznes subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Kichik biznes subyektlari uchun mahalliy soliqlar hamda y�g‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilash. Kichik biznesni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish. Kichik biznes korxonalari uchun turar-joy bo‘lmagan binolarni ijaraga berish va ularni sotuvga qo‘yish. | |
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi | O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘mak berish. Xorijiy sheriklar bilan amaliy muzokaralar va aloqalarni kengaytirishda, eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishlarni texnik jihatdan qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri jalb qilishda tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish. Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari hamda tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish. Tadbirkorlarga keng xizmat turlarini ko‘rsatish, jumladan axborot ta’minoti va konsultativ yordam berish, O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchilari, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda investitsiya imkoniyatlari to‘g‘risida axborotlar, shuningdek salohiyatli sheriklari va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilgan biznes-kataloglar nashr etilishini tashkil qilish. Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, biznes yuritishning umum qabul qilingan xalqaro huquq va normalari tajribasini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash. Tadbirkorlarni ifodalash va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, shu jumladan ularning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarida, shuningdek sudda himoya qilish. Tadbirkorlik faoliyati uchun ta’lim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda, tadbirkorlar o‘qishini tashkil etish hamda malakasini oshirishda ularni qo‘llab-quvvatlash . | |
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka banki”, “Mikrokreditbank”, kredit beruvchi va kredit liniyalariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari | Kichik biznes subyektlarini kreditlash uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb etish. O‘z mablag‘lari va jalb qilingan kredit resurslari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish. Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish. Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Keng ko‘lamda bank xizmatlari ko‘rsatish (faktoring, lizing, kredit, kafolatlar berish va boshqalar). | |
Budjetdan tashqari jamg‘armalar | Kichik biznes subyektlariga kreditlar berish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish. Kichik korxonalarning ustav kapitalida qatnashish. Maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik yordam ko‘rsatish. Infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish. Olinadigan kreditlar va qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish. | |
“Madad”, “Kafolat”, “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyalari va boshqalar | Kichik biznes subyektlari tavakkalchiliklarini, shu jumladan, tuzilgan kontraktlarga oid tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish. Kreditlar olish, shu jumladan, xorijiy tijorat banklari kreditlarini olish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta kafolatlari berish. | |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi | Qo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport mahsulotlari�i sotish bozorlarini, jahon bozori konyunkturasi, mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash uchun xorijiy sheriklar izlab topishda ko‘maklashish. | |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi | Kichik tadbirkorlik subyektlariga ularning soliqlarni to‘g‘ri hisoblashida va buxgalteriya hisobini yuritishida yordam ko‘rsatish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son Farmonining kichik biznes subyektlarini tekshirishlarni muvofiqlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni asossiz ravishda ko‘p martalab tekshirishlar tufayli korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatidan uzoq vaqt chalg‘itilishiga yo‘l qo‘ymaslikka oid qismida qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish. | |
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | Kichik tadbirkorlik subyektlarini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish. | |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi | Yangi tashkil etilgan kichik biznes korxonalarini davlat registriga kiritish va ularga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tegishli raqamini berish. Kichik biznes subyektlari bo‘yicha davlat statistika hisobotini yuritish. Tashkiliy-huquqiy shakllari va hududlar hamda tarmoqlar bo‘yicha kichik biznes korxonalarini tashkil etish, tugatish dinamikasini ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda tahlil qilish. | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki | Tijorat banklarida kichik biznes subyektlarining hisob-kitob schyotlarini ochishning, naq pul tushumi sifatida kichik biznes korxonalariga tushadigan naqd valyutalarni inkassatsiya qilishning umumiy tartibini belgilash. Kichik biznes korxonalarini kreditlashning umumiy qoidalarini belgilash. | |
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi | Adliya vazirligida, uning joylardagi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining kichik tadbirkorlik masalalariga oid me’yoriy hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish. Kichik biznes sohasidagi qo‘shma korxonalarni va aksiyadorlik jamiyatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Qonunchilikning, shu jumladan, kichik biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash. | |
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini nohalol raqobatchilardan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama faoliyati, bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan hujjatlaridan va ularning mansabdor shaxslari xatti-harakatlaridan o‘z vakolatlari doirasida himoya qiladi. |
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan xorijiy banklar kredit liniyalari doirasida loyihalarni tanlab olish va mablag‘ bilan ta’minlashni boshlash mexanizmini belgilab beradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
— kundalik ehtiyojdagi xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni nazarda tutadigan investitsiya loyihalari ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kreditlar kichik biznes subyektlari: kichik firmalarga, kichik korxonalarga beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
4. Xorijiy kredit liniyalari hisobiga investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash tadbirkorlik subyekti tanloviga ko‘ra namunaviy yoki yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit olish uchun zarur bo‘lgan texnik-iqtisodiy va yuridik hujjatlarning to‘liq paketini ishlab chiqish va tanlab olish bo‘yicha xizmatlarning to‘liq kompleksini taqdim etish:
— namunaviy loyihalar bo‘yicha — “O‘zinvestloyiha” respublika injiniring kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va tijorat banklari tomonidan;
— yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha — “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
6. Loyihani ekspertiza qilish, tanlov o‘tkazish va loyihani tegishli kredit liniyasiga kiritish ushbu kredit liniyasi berilgan vakolatli bank tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha kichik texnologiyalar va ixcham asbob-uskunalardan foydalangan holda namunaviy investitsiya loyihalarini ishlab chiqishni xorijiy kredit liniyalarining ijrochi vakolatli banklarining kreditlash shartlaridan kelib chiqqan holda “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda amalga oshiradi.
loyihani qarzga olingan mablag‘lar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash va qarzni uzishning asosiy shartlari.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vakolatli bank ikki hafta muddatda namunaviy loyihalarni ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash maqsadida dastlabki ekspertizadan o‘tkazadi. Dastlabki ekspertiza natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda namunaviy loyihalar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Namunaviy loyiha tasdiqlangandan keyin vakolatli bank namunaviy loyihalar to‘g‘risidagi axborotlarni va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar berilishi yuzasidan tanlov (tender) o‘tkazish shartlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi yoki kichik biznes subyektlariga yetkazadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchi (kichik tadbirkorlik subyekti) loyiha maqsadini ko‘rsatgan holda o‘z buyurtmanomasini yoki o‘zi tanlagan namunaviy loyihani xorijiy kredit liniyasi berilgan vakolatli bank bo‘linmasiga beradi. Buyurtmanomaga bank belgilagan talablarga muvofiq kreditni ta’minlash bo‘yicha hujjatlar paketi ilova qilinadi.
Kichik tadbirkorlikni axborot-maslahat bilan qo‘llab-quvvatlash hududiy markazlari qarz oluvchiga tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Kredit olishga buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish va tender g‘olibini aniqlash uchun vakolatli bank muassasasida Savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligida doimiy ishlovchi tanlov komissiyasi tuziladi, uning tarkibiga quyidagilarning hujjatlarni imzolash vakolatiga ega bo‘lgan vakillari kiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-avgustdagi 193-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 249-modda)
a) tadbirkor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi, undagi mavjud ishlab chiqarish bazasining aytilgan maqsadlarga va belgilangan ustuvorliklarga muvofiqligini tekshiradi;
b) kreditni berish, undan maqsadli foydalanishni nazorat qilish va uning o‘z vaqtida qaytarishni ta’minlashning texnik va tashkiliy tartibini ishlab chiqadi;
v) eksport xulosalari bilan birga, kreditlar olishga buyurtmanomalarni tanlov komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.
13. Tanlov komissiyasi tanlovni yakunlaydi va uning g‘olibini e’lon qiladi, unga loyihaning qisqacha tavsifnomasi, kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan ishlar qayd etilgan tegishli xulosani beradi.
14. Tanlov komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolangan va uning raisi tomonidan tasdiqlangan xulosa bankning kredit qo‘mitasi ko‘rib chiqishi va kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
15. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchi tomonidan vakolatli bankka hujjatlar to‘liq paketi bilan buyurtmanoma berilgan sanadan to tegishli kredit shartnomasini imzolashgacha bo‘lgan eng ko‘p muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
17. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchining mulkini, shu jumladan kreditni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan mulkini sug‘urtalash, mazkur Tartibning 11-bandida ko‘rsatilgan sug‘urta agentliklaridan birortasi tomonidan, ularning ustavlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Kichik tadbirkorlik subyekti yakka tartibdagi loyihani mablag‘ bilan ta’minlashni olish istagida u tegishli buyurtmanoma bilan “O‘zinvestloyiha” kompaniyasiga yoki banklarda tashkil etilgan, xorijiy kredit liniyalarga xizmat ko‘rsatuvchi injiniring kompaniyalariga texnik-iqtisodiy asoslanishni ishlab chiqish, biznes-reja va xorijiy bankning kredit liniyasiga kiritish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish to‘g‘risida murojaat qiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
19. Hujjatlarning to‘liq paketini tayyorlash tugagach “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi (tegishli injiniring kompaniyasi) quyidagilarni tuzadi:
a) kreditorlarning barcha talablarini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan ishlar, loyihaning qisqacha tavsifnomasi berilgan xulosa;
b) tegishli kredit liniyasini ijro etish vakolatiga ega bo‘lgan bankka tavsiyanoma, mazkur loyihani ushbu liniyaga kiritish uchun batafsil asoslar bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. “O‘zinvestloyiha” kompaniyasining, tijorat banklaridagi tegishli injiniring kompaniyalarining yakka tartibdagi loyihalarni tayyorlash bo‘yicha xizmatlari qiymati kichik biznes subyekti xohishiga ko‘ra unga berilayotgan kredit summasiga kiritilishi mumkin.
21. Yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishga buyurtmanoma berilgan sanadan to “O‘zinvestloyiha” kompaniyasida (tegishli injiniring kompaniyasida) hujjatlar to‘liq paketi tayyorlashgacha bo‘lgan eng ko‘p muddat ikki oydan oshmasligi kerak.
22. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchining yakka tartibdagi loyihani mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan buyurtmanomasini tijorat bankida ko‘rib chiqish namunaviy loyihalar uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-dekabrdagi 563-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 240-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “Madad” agentligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 26-iyuldagi 292-son qarorida:
a) 3-band “subyektlarini” so‘zlaridan keyin “(shu jumladan kichik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan olinadigan kreditlarni ta’minlash uchun qo‘yilgan garovlarni)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 4-ilovadagi matnda “Biznes-fond” so‘zlari “kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.