Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2006 16.04.1994 yildagi 212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAVDOGA VA TIJORATGA KO‘MAKLAShUVChI “SAVDOGAR” AKSIONERLIK-TIJORAT BANKINING FAOLIYAT KO‘RSATIShI UChUN ShART-ShAROITLAR YaRATIB BERIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvar 5-sonli qarori tahririda)
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 23-iyundagi“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 122-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik-tijorat bankini tashkil etish haqida” 1994-yil 18-martdagi Farmoniga muvofiq, shuningdek, bankning normal faoliyat ko‘rsatishini va unga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(qaror muqaddimasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvar 5-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zsavdobank” tijorat banki va “O‘zbirlashuvbank” kooperativ banki Kengashlarining ularning negizida savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” aksionerlik-tijorat banki (“O‘zsavdogarbank”)ni tuzish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekbirlashuv”, “O‘zkooptayyorlovsavdo” birlashmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni boshqaruvlarining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha takliflari haqida” 1993-yil 20-yanvardagi 44-son qarorining “O‘zbirlashuvbank” kooperativ bankini ochishga ruxsat berishga oid 6-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(qaror 1-bandi birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvar 5-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zsavdogarbank”ning ta’sischilari bir oy muddatda ta’sis badallarini to‘lasinlar va bankning ustav fondini shakllantirsinlar.
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2004-yil 26-fevraldagi 89-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., -son1-2, 2-modda; O‘R QHT, 2004-y., 8-son, 98-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “O‘zsavdogarbank”ning ustav fondi bank aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar hisobiga shakllanishini nazarda tutgan holda, bank Kengashi ikki oy muddatda aksiyalar chiqarilishini va ular ta’sischilar o‘rtasida joylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsavdogarbank”ni tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsanoatqurilishbank” va “O‘zdehqonchiliksanoatbank” bilan birgalikda malakali mutaxassislar bilan butlashda yordam ko‘rsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda “O‘zsavdogarbank” filiallarini telefon aloqasi bilan ta’minlagan holda tegishli xizmat xonalari ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekbirlashuv boshqaruvi o‘n kun muddatda Klara Setkin ko‘chasi, 78-uydagi Toshkent viloyati matbuot balansida bo‘lgan binoni “O‘zsavdogarbank” balansiga o‘tkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zulgurjibirjasavdo”, “Toshshaharyo‘lovchitrans”, “O‘zbeksavdo” uyushmalari, O‘zbekbirlashuv, “O‘zqishoqxo‘jalikta’minottuzatish” qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa vazirligi “O‘zsavdogarbank”ning talabnomasiga ko‘ra zarur miqdorda inventar, kompyuter texnikasi, transport va aloqa vositalari ajratilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank (F.M. Mullajonov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212-son