25.06.2024 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni taftish tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ma’muriy ishlarning taftish tartibida qayta ko‘rilishi sud hujjatlarining qonuniyligi va asosliligini, sudlar tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini va protsessual qonun talablariga rioya etilishini ta’minlovchi huquqiy institutning muhim qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tushuntirilsinki, sud qarorlari ustidan taftish tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 249-moddasida keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, ayrim shaxslar, ishda ishtirok etuvchi shaxs hisoblanmasa ham boshqa shaxslar manfaatida sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqli (masalan, o‘z a’zolari manfaatida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning qonuniy vakili (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiy, homiy va hokazo.) tomonidan keltirilgan taftish tartibidagi shikoyatga uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim (MSIYUtK 59-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan advokat, sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilishga, basharti bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lgandagina haqli (MSIYUtK 62-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning shuningdek, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan taftish shikoyatiga huquq o‘tganligi faktini yoki bunday huquq o‘tishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxsning qayta tashkil etilganligi, huquqning meros tartibida o‘tishi, nikoh, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar, vasiyatnoma va hokazo.) ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tushuntirilsinki, MSIYUtK 250-moddasining mazmuniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi (bundan buyon matnda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar deb yuritiladi) tomonidan tumanlararo ma’muriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalari sudlarining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar)ni taftish tartibida ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar taftish instansiyasi (sudyasi)ning sud hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjatlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki Bosh prokurorining protesti O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. MSIYUtKning 251-moddasiga ko‘ra, tumanlararo ma’muriy sudlarning, hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori, ajrimi ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) viloyat yoki unga tenglashtirilgan sudning nomiga yo‘llanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini qabul qilgan sud shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda taftish instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tushuntirilsinki, sud hujjatini qabul qilgan sud taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarishga yoki uni qabul qilishni rad qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va unga tenglashtirilgan sud tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ish bo‘yicha sud hujjati ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati nomiga yo‘llanadi va bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining taftish tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati ustidan protest keltirish to‘g‘risidagi ariza tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Bosh prokuraturasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunga muvofiq, taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin (MSIYUtK 252-moddasining birinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli sudlar hal qiluv qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach, ish apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hollarda esa, ushbu instansiya sudining qarori qabul qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kirishini inobatga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan o‘zgartirilganligi yoki bekor qilinganligidan qat’iy nazar taftish tartibida shikoyat (protest) berishning bir yillik muddati hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) ajrimi, qarori u chiqarilgan kundan e’tiboran bir oylik muddat o‘tgach qonuniy kuchga kiradi, chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat o‘tgach qonuniy kuchga kiradigan ijro ishini yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi ajrim, bundan mustasno (MSIYUtKning 286-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar o‘tgan taqdirda, shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan sud hujjati qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin (MSIYUtK 252-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida qaror qabul qilinguniga qadar o‘tgan taqdirda, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rish natijalari bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida berilishi mumkin (MSIYUtK 252-moddasining uchinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYUtK 252-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan muddatlarda berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) qonunda belgilangan muddatda berilgan hisoblanadi va bunday hollarda shikoyat (protest) berish muddatini tiklash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar taftish tartibidagi shikoyat (protest) pochta yoki Oliy sud axborot tizimi orqali protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar jo‘natilgan bo‘lsa, shikoyat (protest) berish muddati o‘tmagan hisoblanadi. Bunday holda taftish shikoyati (protesti) berish sanasi aloqa xati qabul qilinganligini tasdiqlovchi konvertdagi shtamp, buyurtma xat qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya yoxud boshqa belgi bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunda belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilgan shikoyatga (protestga) o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada shikoyat (protest) berayotgan shaxs tomonidan muddatni o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon qilinishi hamda shikoyat (protest) bilan birga taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Taftish tartibida shikoyat (protest)ni o‘z vaqtida berishga to‘sqinlik qilgan obyektiv holatlar (masalan, shikoyat bergan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin va hokazo) uzrli sabablar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning uzoq davomli og‘ir kasallikka chalinganligi, uning oilaviy ahvoli (masalan, oila a’zosining o‘limi yoki og‘ir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda taftish shikoyatini berishni istisno etgan yoxud jiddiy ravishda qiyinlashtirgan bo‘lsa, uzrli sabablar deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy yordam yoki davlat boji to‘lash uchun pul mablag‘larining mavjud emasligi taftish shikoyati berish muddati o‘tganligining uzrli sabablari sifatida hisoblanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tushuntirilsinki, taftish tartibidagi shikoyat (protestni) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash masalasi viloyat va unga tenglashtirilgan sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi va bu haqda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish yoki uni qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protestni) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash masalasi alohida ajrim yoxud shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati tiklanishi rad etilganligi sababli (MSIYUtK 256-moddasi birinchi qismining 6-bandi) uni qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimda o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash qaysi asoslarga ko‘ra rad etilganligi, ajrimning xulosa qismida esa, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilganligi ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berish muddati uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra tiklanganda, shikoyat (protest) berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxslar tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatni, o‘tkazib yuborilishi sabablaridan qat’iy nazar, tiklash to‘g‘risidagi masalani qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqish talab etilmaydi. Bu shaxslar tomonidan shikoyat (protest) protsessual qonun talablariga rioya etgan holda sud muhokamasi tugaguniga qadar taftish instansiyasi sudiga berilishi mumkin va umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlarga tushuntirilsinki, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) viloyat va unga tenglashtirilgan sudning ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) ish hujjatlari bilan birga sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi (MSIYUtK 258-moddasining birinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimda shikoyatni qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari bilan birga shikoyat berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqida ham ko‘rsatilishi lozim. Bunda qonunda nazarda tutilmaganligi bois, pochta xarajatlari qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtKda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya etgan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda uni ko‘rib chiqish vaqti va joyi ko‘rsatiladi (MSIYUtKning 259-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan bo‘lsa, bu haqda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va sud muhokamasiga ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilishi lozim. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va videokonferensaloqa o‘tkazilishida ko‘maklashadigan sudga yuboriladi (MSIYUtKning 144-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudyalarining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYUtKning 256, 257-moddalarida keltirilgan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish asoslarining ro‘yxatlari tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, agar taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud bo‘lsa, sud ajrimida ushbu asoslarning har biri ko‘rsatib o‘tilishi va ular bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli ekanligi tushuntirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilgan ayni bir xil kamchilik bilan takroran shikoyat (protest) keltirilganda, ayni bir asoslar bilan shikoyatni (protestni) qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqarilmasdan, shikoyat (protest) bergan shaxsga ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish haqida yozma tushuntirish berish hamda shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda sudlar shikoyat (protest) bergan shaxs tomonidan MSIYUtK 253-moddasining har bir talabiga rioya qilinganligini tekshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunning ushbu moddasi mazmunidan ko‘rinishicha, taftish tartibidagi shikoyat (protest) bitta ish doirasida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilishi mumkin. Aynan qaysi sud hujjati ustidan shikoyat (protest) berilganligi noaniq yoki shikoyat (protest) bir nechta ish bo‘yicha qabul qilingan turli sud hujjatlari ustidan berilgan bo‘lsa, shikoyat (protest) MSIYUtK 257-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. MSIYUtK 253-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, ishga jalb qilinmagan shaxsning taftish tartibidagi shikoyatida qonuniy kuchga kirgan sud hujjati bilan uning qanday huquqlari, erkinliklari yoki qonuniy manfaatlari buzilganligi ko‘rsatilishi kerak. Ushbu talabga rioya qilmaslik MSIYUtK 257-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan shikoyatni qaytarish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmaganligi aniqlanganda, uning taftish tartibidagi shikoyatini MSIYUtK 256-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan ish yuritishga qabul qilish rad etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi MSIYUtKning 249 — 255-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga, zarur bo‘lgan taqdirda esa ishni talab qilib olgan holda o‘rganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni MSIYUtKning 256-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra rad etish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) MSIYUtK 257-moddasi birinchi qismining 1 — 6 bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra qaytarish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud bo‘lmasa, taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish yoki o‘tkazishni rad etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay yakka tartibda hal qilinadi (MSIYUtK 261-moddasining to‘rtinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng barcha masalalar sudlov hay’ati tarkibi tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori, taftish tartibidagi protestni sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmasligiga qaratilsin (MSIYUtK 261-moddasi uchinchi qismining 3-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi protestni qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari mavjud bo‘lmasa, uni ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi lozim. Xususan, shikoyatda keltirilgan har bir vaj atroflicha o‘rganilib, ajrimda ularga huquqiy baho berilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning o‘rinbosari sudyaning taftish tartibidagi shikoyatni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimiga qo‘shilmaslikka hamda taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsning arizasiga asosan uni bekor qilish, shikoyatni ish yuritishga qabul qilish va shikoyatni ko‘rib chiqish uchun ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida ajrim chiqarishga haqli (MSIYUtK 262-moddasining uchinchi qismi). Bunday ajrim chiqarilganda, Oliy sud sudyasi ushbu ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay MSIYUtKning 263-moddasi tartibida ishni sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash haqida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilishga asoslar mavjud bo‘lmagan hollarda bu haqda taftish tartibidagi shikoyat bergan shaxsga yozma xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. MSIYUtK 265-moddasining birinchi qismiga muvofiq, ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxslar iltimosnomasiga ko‘ra sud hujjatlari ijrosini ish bo‘yicha taftish instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida sud (sudya) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda yoxud alohida ajrimda ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud (sudya) ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra taftish shikoyatini (protestni) ish yuritishga qabul qilish bilan bir vaqtda taftish instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar ish bo‘yicha MSIYUtKning 93-moddasida nazarda tutilgan dastlabki himoya choralarini qo‘llashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish va taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish uchun turlicha asoslar nazarda tutilgan bo‘lib, ularning huquqiy oqibatlari ham bir-biridan jiddiy farq qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) MSIYUtKning 2661-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilganda, uni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilinganidan so‘ng, shikoyat (protest) yangidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtK 2662-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ish yuritish tugatilganda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha taftish shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko‘rmasdan qoldirish yoki shikoyat bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ish taftish instansiyasi sudida MSIYUtKda belgilangan qoidalar bo‘yicha, 28-bobda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtKning 266-moddasiga ko‘ra, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ishni taftish tartibida ko‘rishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shaxslar ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda, ulardan birining sud majlisiga kelmaganligi, ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lganda ham, agar ulardan biri kelmaganligi sababini uzrli deb topsa, ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilingan shaxslarning taftish instansiyasi sudining majlisiga kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. MSIYUtKning 43-moddasiga asosan protsessual huquqiy vorislik sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini inobatga olgan holda, taraflarning biri yoki uchinchi shaxs nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi va hokazo) taftish instansiyasi sudi ushbu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtiradi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida taftish instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va protsessdan chiqib ketgan ishtirokchining barcha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga o‘tishini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. MSIYUtKning 2665-moddasiga muvofiq, taftish tartibida shikoyat bergan shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati chiqarilguniga qadar shikoyatdan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror, protestni chaqirib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechilganligi (protest chaqirib olinganligi) munosabati bilan shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritishni tugatish masalasi sud majlisida hal qilinadi va bunda shaxsning shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish) vakolati tekshirilishi zarur. MSIYUtKning 62-moddasi mazmuniga ko‘ra, ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, agar ishonchnomada bunday huquq maxsus ko‘rsatilmagan bo‘lsa, taftish tartibidagi shikoyatdan voz kechishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechish qabul qilinganda (protest chaqirib olinganda) sud ushbu shikoyat (protest) bo‘yicha taftish tartibida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi. Sud hujjatiga nisbatan shikoyat (protest) qilish huquqiga ega bo‘lgan boshqa shaxs tomonidan ish bo‘yicha shikoyat (protest) berilgan bo‘lsa, u umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha taftish instansiyasida shikoyat bo‘yicha ish yuritishni tugatish ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibida shikoyat bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tushuntirilsinki, ishni taftish tartibida ko‘rishda sud yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Sud shikoyatda bayon etilgan vajlar bilan cheklanmasdan, sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini to‘liq hajmda tekshirishi lozim. Shuningdek, sud hal qiluv qarori, qaror ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga ta’sir etmaganligini ham tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, moddiy huquq normalarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi deganda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qo‘llanilmaganligi, qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qo‘llanilganligi, qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati noto‘g‘ri talqin qilinganligi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Agar bildirilgan talab bo‘yicha hal qiluv qarori, qaror qabul qilinmagan yoki ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, taftish instansiyasi sudi apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qarorini bekor qiladi va MSIYUtK 2667-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan ishni yangidan ko‘rish uchun tegishli instansiya sudiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, qonunga muvofiq, sud qarori bekor qilinganda, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmagan ajrimlari bekor qilingan hollar mustasno (masalan, arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va hokazo).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar e’tibori bildirilgan talab bo‘yicha qaror qabul qilinmaganligiga ariza (shikoyat)da, shuningdek ariza (shikoyat)ning predmetini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizada (qo‘shimcha ariza va shikoyatlarda) ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha hal qiluv qarori va (yoki) qarorning qabul qilinmaganligi tushunilishiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudlarga tushuntirilsinki, ijro etilgan sud hujjati o‘zgartirilib yoki bekor qilinib, keltirilgan talabni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinganda yoxud ish yuritish tugatilganda yoki ariza (shikoyat) ko‘rmasdan qoldirilganda, bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha arizachining foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o‘zgartirilib, bildirilgan talabni to‘liq yoxud qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinganda, ish yuritish tugatilganda yoki ariza (shikoyat) ko‘rmasdan qoldirilganda esa, sud bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha undirishni to‘liq yoki qisman bekor qilish haqida sud hujjatini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24.Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha taftish instansiyasi sudi qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi qarori ishni ko‘rish tugashi bilanoq darhol qabul qilinadi. Ayrim hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq uning xulosa qismini sud taftish tartibidagi shikoyat (protest) muhokamasi tamomlangan majlisning o‘zida e’lon qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Taftish instansiyasi sudining e’tibori taftish shikoyatida (protestida) keltirilgan har bir vajni uning asosli yoki asossizligi haqidagi xulosani qarorda ko‘rsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar, shu jumladan, sud xarajatlari taqsimlanishi ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi chiqarilgan qarorni e’lon qilganidan so‘ng, sud protsessi ishtirokchilariga qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyatini, uning ustidan shikoyat qilish tartibini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish muddatini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishni taftish tartibida ko‘rgan sudning qarorida bayon etilgan ko‘rsatmalar mazkur ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir. Ushbu ko‘rsatmalarni bajarmaslik, agar bu ish holatlarining to‘liq aniqlanmaganligiga olib kelgan bo‘lsa, ishni yangidan ko‘rishda qabul qilingan qarorni bekor qilishga asos bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan ko‘rishda qanday qaror qabul qilinishi kerakligi to‘g‘risidagi masalalarni oldindan hal etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud MSIYUtK 2667-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishda sudlarga bajarib bo‘lmaydigan ko‘rsatmalarni berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sudning ajrimi, qarori ustidan MSIYUtKda nazarda tutilgan hollarda taftish tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taftish instansiyasi sudi ajrim, qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha MSIYUtK 26611-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlardan birini qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Taftish instansiyasi sudi MSIYUtK 163, 164-moddalarida nazarda tutilgan hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorni tushuntirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror matnida yo‘l qo‘yilgan xatolarni va arifmetik xatolarni tuzatishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud majlisi o‘tkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda ko‘riladi. Biroq, mazkur shaxslarning kelmasligi bu masalalarni hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Taftish instansiyasi sudi, davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli. Agar sud ularning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, bu haqda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy ajrim chiqarilganligi yoki prokurorga xabarnoma yuborilishi haqida sud majlisida e’lon qilinadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Protsessual qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishi amaliyotini shakllantirish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ma’muriy ishlarni taftish tartibida ko‘rish sud amaliyotini umumlashtirib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son