02.07.2024 yildagi O‘RQ-934-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 22-iyunda maʼqullangan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini takomillashtirish, deputatlar va senatorlarning oʻz konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishi uchun qoʻshimcha kafolatlar yaratish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, ularning saylovchilar va ularni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiyalar bilan aloqalarini saqlab turishi uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga deputatlar va senatorlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini, ularning parlament va uning organlari faoliyatida toʻliq ishtirok etishini taʼminlash uchun ularning oʻzi saylangan vakillik organlari bilan oʻzaro munosabatlarining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zarur. Shuningdek siyosiy partiyalar faoliyatini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish va mamlakatimizda xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalar faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun bilan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini, ularning boʻlinmalarini tashkil etishga va ularning faoliyati amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining yillik hajmini koʻpaytirishni, shuningdek Qonunchilik palatasiga oxirgi saylov natijalariga asosan davlat mablagʻlarini olish huquqiga ega boʻlgan siyosiy partiyalar oʻrtasida ushbu mablagʻlarning taqsimlanish tartibini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga Qonunchilik palatasi deputatlarining, Senat aʼzolarining va mahalliy vakillik organlari deputatlarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish asoslarini, shuningdek oʻz vazifalarini va odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ularga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga solish choralarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga ushbu Qonun qoidalarining amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun siyosiy partiyalar faoliyatini mustahkamlashga, deputatlar va senatorlarning oʻz vazifalarini bajarish chogʻidagi masʼuliyatini oshirishga, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etishiga, shuningdek ularning daxlsizlik huquqini toʻlaqonli taʼminlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 588-modda, № 10, 674-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 203-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda) 6-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning siyosiy partiyalarini, ularning boʻlinmalarini tashkil etishga va ularning faoliyati amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi 617-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 86-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, № 2, 139-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda) 7-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “1-yanvaridagi holatga koʻra belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki foizini” degan soʻzlar “1-sentabridagi holatga koʻra belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yarim foizini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan davlat mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik palatasiga oxirgi saylovning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan aniqlangan natijalariga asosan bu mablagʻlarni olish huquqiga ega boʻlgan siyosiy partiyalar oʻrtasida quyidagi tartibda taqsimlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratiladigan mablagʻlarning qirq foizi siyosiy partiyalar oʻrtasida teng miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratiladigan mablagʻlarning oltmish foizi siyosiy partiyalar oʻrtasida ularning Qonunchilik palatasida olgan deputatlik oʻrinlari miqdoriga mutanosib ravishda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda Qonunchilik palatasi deputatlarining soni oʻzgargan taqdirda, davlat mablagʻlarini qayta taqsimlash amalga oshirilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 588-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2023-yil, № 12, 1003-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“deputat, Senatda doimiy asosda ishlovchi senator haq toʻlanadigan tegishli turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish olganidan keyin haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat (ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari) bilan shugʻullangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli palata, siyosiy partiya fraksiyasi, oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya faoliyatida bir kalendar yil ichida oʻttiz yoki undan ortiq ish kuni uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatning doimiy yashash guvohnomasini yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya roʻyxati asosida saylangan deputat oʻzini deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya aʼzoligidan chiqqan taqdirda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻninchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda deputatning, senatorning vakolatlari tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 8-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlislarida, shuningdek oʻzi tarkibiga kirgan siyosiy partiya fraksiyalarining, palataning qaysi qoʻmitasi, komissiyasi tarkibiga, kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan boʻlsa, shu qoʻmita, komissiyaning majlislarida qatnashishi, ovoz berishda Qonunchilik palatasining, Senatning reglamentlarida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi, Senat, siyosiy partiya fraksiyasi, qoʻmita, komissiya, kelishuv komissiyasi majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, deputat, senator bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasi Spikeriga, Senat Raisiga, siyosiy partiya fraksiyasi rahbariga, qoʻmita, komissiya raisiga, kelishuv komissiyasining tegishli palatadan saylangan hamraisiga oldindan xabar qilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 11-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Deputatning, senatorning odob-axloq qoidalari tegishincha Qonunchilik palatasi va Senat qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda deputatning, senatorning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala tegishli palata yoki uning odob-axloq komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“111-modda. Deputatning, senatorning odob-axloq qoidalari deputat, senator tomonidan buzilganligi uchun qoʻllaniladigan choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning odob-axloq qoidalari deputat, senator tomonidan buzilganligi uchun deputatga, senatorga nisbatan quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning, senatorning odob-axloq qoidalarini buzishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilgan holda deputatga, senatorga ogohlantirish berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatdan, senatordan tegishincha Qonunchilik palatasi, Senat, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya majlislarida uzr soʻrashni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning, senatorning odob-axloq qoidalari buzilishiga deputat, senator tomonidan yoʻl qoʻyilganligi faktini palata majlisida oʻqib eshittirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorning ish haqidan ushlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning, senatorning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat, Senatda doimiy asosda ishlovchi senator tegishli palata, oʻzi tarkibiga kirgan siyosiy partiya fraksiyasi, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya majlislarida uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda, har bir ishtirok etilmagan holat uchun deputatning, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorning bir kunlik ish haqi ularning roziligisiz ushlab qolinadi. Bunda deputatning, senatorning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, xizmat safarida, mehnat taʼtilida yoki ijtimoiy taʼtilda boʻlganligi, shuningdek Qonunchilik palatasi Spikeriga, Senat Raisiga, siyosiy partiya fraksiyasi rahbariga, qoʻmita, komissiya raisiga oldindan xabar berilgan, mazkur majlislarda ishtirok etmaslikning boshqa sabablari tegishli palata, oʻzi tarkibiga kirgan siyosiy partiya fraksiyasi, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan qoʻmita, komissiya majlislarida ishtirok etmasligi uchun uzrli sabablar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning, senatorning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, odob-axloq komissiyasi yoki tegishli palata, uning Kengashi qaroriga asosan deputatning, senatorning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi hamda unga nisbatan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllaniladi. Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir chorasi tegishli palata Kengashining qarorlariga asosan qoʻllaniladi, ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir chorasi esa tegishli palataning qarorlariga asosan qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida”gi 708-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 12-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 1-moddasining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“deputatning, senatorning qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz vazifalarini muntazam ravishda, uzrli sabablarsiz bajarmaganligi, shu jumladan tegishli xalq deputatlari Kengashlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi), ular organlarining topshiriqlarini bajarmaganligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi 706-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 574-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-moddaning uchinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tegishli xalq deputatlari Kengashining, mazkur Kengash tomonidan tuzilgan, oʻzi tarkibiga saylangan komissiyaning majlislarida bir kalendar yil ichida oʻttiz yoki undan ortiq ish kuni uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatning doimiy yashash guvohnomasini yoki chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni olgan taqdirda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Deputatning odob-axloq qoidalari tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki uning odob-axloq komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“91-modda. Deputatning odob-axloq qoidalari deputat tomonidan buzilganligi uchun qoʻllaniladigan choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning odob-axloq qoidalari deputat tomonidan buzilganligi uchun deputatga nisbatan quyidagi taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning odob-axloq qoidalarini buzishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻrsatib oʻtilgan holda deputatga ogohlantirish berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatdan tegishli xalq deputatlari Kengashi, shuningdek oʻzi tarkibiga saylangan komissiya majlislarida uzr soʻrashni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning odob-axloq qoidalari buzilishiga deputat tomonidan yoʻl qoʻyilganligi faktini tegishli xalq deputatlari Kengashi majlisida oʻqib eshittirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning odob-axloq qoidalari buzilgan taqdirda, odob-axloq komissiyasi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi qaroriga asosan deputatning xulq-atvori toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi va unga nisbatan ushbu modda birinchi qismining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllaniladi. Ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsir chorasi tegishli xalq deputatlari Kengashining qaroriga asosan qoʻllaniladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan OʻRQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 269-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-934-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son)