03.11.1994 yildagi 533-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Hujjat 23.01.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son, “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-sentabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning qarorlariga appelatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek, sudlarning hujjatlardan nusxalar berganligi uchun:

a)

mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan:

— da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda

b)

davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotgan tomonidan undiriladi)

eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

Izoh. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “d” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar.

v)

nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

eng kam ish haqining 120 foizi miqdorida;

nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holda

boj 1-bandning “a” kichik bandiga muvofiq da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi;

g)

bedarak yo‘qolganligi va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

eng kam ish haqining 2 foi�i miqdorida;

d)

uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish to‘g‘risidagi va mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan

eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

e)

alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan

eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;

j)

sudlarning qarorlariga appelatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan

— da’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa — ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida

jinoiy ish bo‘yicha fuqarolik da’volaridan

da’vo bahosining 10 foizi miqdorida;

z)

sudlarning qarorlari, hukmlar, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun

hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida;

i)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining 2 baravari.


2.


Iqtisodiy sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan va iqtisodiy sudning qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalaridan:

a)

mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan

da’vo bahosining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulk�y tusdagi da’vo arizalaridan

da’vo bahosining 1 foizi miqdorida

b)

mulkka oid bo‘lmagan tusdagi da’vo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xo‘jaliklarining, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridan

eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v)

bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;

g)

xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridan

eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

d)

iqtisodiy sudlarning qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalardan

birinchi instansiyada ko‘rib chiqish uchun ariza berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo‘yicha esa talashilayotgan summadan hisoblar;

e)

iqtisodiy sud qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan iqtisodiy sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun

hujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida;

j)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining 2 baravari.

Izoh. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar.


4.


Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun:

a)

uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida;

b)

kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish, renta olish, umrbod ta’minlash sharti bilan boshqalarga berish va hadya qilish shartnomalarini, ushbu bandning “b1” va “b2” kichik bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, tug‘ishgan aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uchun

1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida;

boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga tasdiqlaganlik uchun

1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi) kim oshdi savdosi orqali sotilganda shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun

1 kv. m. maydon uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

b1)

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda

shartnoma summasining 5 foizi miqdorida

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 600 mln. so‘mdankam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni sotib olinganda

shartnoma summasining 10 foizi miqdorida

b2)

ushbu bandning “b1” kichik bandiga muvofiq davlat boji to‘lab sotib olingan mol-mulkni xarid qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida oldi-
sotdi, almashtirish va hadya qilish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi.

Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi) va dala hovlilar uchun stavka turar joy maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi. Garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlar uchun stavka umumiy maydondan kelib chiqib hisoblab chiqiladi.

v)

garov, kafillik shartnomalarini va mikromoliyalashtirishni hamda ipoteka kreditini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno

shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 50 foizidan ko‘p emas;

g)

banklar bilan qarz oluvchilarning kredit bo‘yicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish to‘g‘risidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida;

d)

baholanadigan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno

shartnoma summasining 1,0 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining kamida 20 foizi miqdorida;

e)

mulkni bo‘lish shartnomalarini, kafillik shartnomalarini (ushbu bandning “v” kichik bandida ko‘rsatilgan hollardan tashqari) va baholanmaydigan boshqa bitishuvlarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno:

jismoniy shaxslar uchun

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;

tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda

eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;

j)

nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini tugatganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;

z)

vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;

i)

merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun:

birinchi navbatdagi vorislarga

meros summasining 0,1 foizi miqdorida;

ikkinchi navbatdagi vorislarga

meros summasining 0,5 foizi miqdorida;

qolgan vorislarga

meros summasining 2 foizi miqdorida;

Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida o‘tayotgan meros qilinayotgan mol-mulk summasi merosxo‘rlik tayinlangan kunda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tegishli kadastr va ko‘chmas mulk xizmati tomonidan belgilangan baholash ma’lumotlari hisobga olingan holda belgilanadi.

k)

yuridik shaxslar o‘rtasida, jismoniy shaxslar o‘rtasida, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj quyidagi sxema bo‘yicha undiriladi, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno

Transport turi

Foydalanish muddatiga qarab:

3 yilgacha bo‘lganda

3 yildan ortiq bo‘lganda

7 yildan ortiq bo‘lganda

1.

Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi:

a)

yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobus, traktor, o‘zi yurar mashina uchun

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 7 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida

b)

chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida

2.

Bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiq uchun davlat boji stavkalari

eng k�m oylik ish haqining 5 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 3 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida

Izoh. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi.

Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda: er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar, tug‘ishgan aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasida avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya qilish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun boj belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi; yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi va uning miqdori bitishuv qatnashchilarining xohishiga ko‘ra va notariusning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan belgilanadi.

k1)

yuridik shaxslar o‘rtasida, jismoniy shaxslar o‘rtasida, yuridik va jismoniy axslar o‘rtasida vatanimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilyerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengi� avtotransport vositalaridan, shuningdek yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari, xorijiy yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari hamda jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelingan, ularni import qilish (olib kelish) sanasidan bir yildan kam muddat o‘tgan yangi yengil avtotransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarni, oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya etish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garov (kredit tashkilotlari bilan garov shartnomasidan tashqari), lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undiriladi

Izoh. Almashtirish shartnomasini, shuningdek bir nechta yengil avtotransport vositalari bilan bog‘liq garov shartnomasini rasmiylashtirishda boj shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi.

Ushbu kichik bandda belgilangan stavka ishlab chiqaruvchining rasmiy dilyerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yil mobaynida bitimlar sonidan qat’i nazar, yengil avtotransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga (kredit tashkilotlari bilan garov shartnomasidan tashqari) qo‘yish va lizing shartnomalarini tasdiqlashda qo‘llaniladi.

Mazkur kichik bandning qoidalari er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar, aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasida avtotransport vositalarini oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish, renta, ijaraga berish, tekin foydalanish, garovga (kredit tashkilotlari bilan garov shartnomasidan tashqari) qo‘yish va lizing shartnomalarini, shuningdek ota-onalar, er-xotin va ularning ota-onalari, bolalar va ularning er-xotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga foydalanish va (yoki) tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun qo‘llanilmaydi

l)

quyidagilarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno:

ota-onalar, er-xotin va ularning ota-onalari, bolalar va ularning er-xotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno

eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslarning foydalanishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun�, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno

eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida;

avtomototransport vositalarini boshqa shaxslar tasarruf etishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “k1” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno

eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

m)

boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;

n)

meros mulkni muhofaza qilish choralarini ko‘rganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;

o)

hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining to‘g‘riligini tasdiqlaganlik uchun

har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

p)

ijro xatlari yozib berganlik uchun

undiriladigan summaning 1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda;

Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi bo‘yicha ijro xatlari yozib berishda, lizing shartnomasida belgilangan to‘lanmagan to‘lovlar summasidan lizing shartnomasi muddati tugashigacha qolgan davrga lizing beruvchi daromadini chegirgan holda davlat boji undiriladi.

r)

hujjatlarning nusxalari va ulardan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini tasdiqlaganlik uchun:

jismoniy shaxslar uchun

har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida;

yuridik shaxslar uchun

har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchun

har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;

s)

hujjatlardagi yozuvlarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun:

jismoniy shaxslar uchun

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

yuridik shaxslar uchun

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;

t)

notarial idoralarda mavjud bo‘lgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;

u)

banklarda hisob raqamlari ochishda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

f)

yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial ishlar bajarilganligi uchun, mazkur bandning “a” — “u” kichik bandlarida nazarda tutilganlar bundan mustasno

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida.

Izoh. Notarial idoralar binosidan tashqarida bajariladigan notarial ishlar uchun davlat boji 2 baravar miqdorida undiriladi (ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning ishonchnomalarini notarial tasdiqlashdan tashqari), shuningdek ushbu ishlarni bajarish uchun joyga borish bilan bog‘liq amalda sarflangan xarajatlar to‘lanadi.


5.


Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirganlik uchun:

a)

nikohni qayd etganlik uchun

eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;

b)

nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun:

voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro roziligi bo‘yicha

er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida;

agar er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan

eng kam ish haqining 150 dan 300 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);

er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan

eng kam ish haqining 300 dan 400 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);

v)

16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi uchun

eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida;

g)

tug‘ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to‘g‘risida, o‘lganlik haqida yozuvlarning o‘zgartirilganligi, ularga qo‘shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun

eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;

d)

fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun

eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida.


6.


Pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni, xorijga chiqish va xorijdan kelish huquqini beruvchi hujjatlarni berganlik uchun:

a)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi

b)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

v)

O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolariga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

g)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga chet elga chiqish uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 40 foizi

d)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, shu jumladan 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 60 foizi

e)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

j)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 80 foizi

z)

chet elga chiqish va kirish huquqi uchun ilgari berilgan hujjatlarga ba’zi o‘zgartirishlar kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari)

eng kam oylik ish haqining 10 foizi

i)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 10 foizi

k)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 20 foizi

l)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yo‘qotib qo‘yilgan yashash uchun ruxsatnoma o‘rniga yashash uchun ruxsatnoma berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

m)

yo‘qotib qo‘yilgan pasportlar, shu jumladan biometrik pasportlar hamda ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarning o‘rniga yangilarini berganlik uchun

ushbu bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan miqdorlarda.


7.


Boshqa ishlarni amalga oshirganlik uchun

a)

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish �ki fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;

b)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik va chiqarganlik uchun, shuningdek turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish uchun

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

v)

chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazganlik va chiqarganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

g)

ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida.


8.


Adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun:

xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari

eng kam oylik ish haqining 12,5 baravari

respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari

eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari

faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari

eng kam oylik ish haqining ikki baravari.

9.

Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarida:

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun

hozir bo‘lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining o‘ttiz ikki baravari, Internet butunjahon tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda esa — hozir bo‘lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida;

sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni, bozorlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik jamiyatlari (shu jumladan xolding) shaklida tashkil etilayotgan xo‘jalik boshqaruvi organlarini ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun

hozir bo‘lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari, Internet butunjahon tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda esa — hozir bo‘lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida;

yuridik shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini, yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni hamda yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun

hozir bo‘lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining bir baravari, Internet butunjahon tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda esa — hozir bo‘lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida;

11.

Kredit byurolari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun

eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Keyingi tahrirga qarang.