25.03.2024 yildagi 11-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, ma’muriy ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini tekshirishni ta’minlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 200, 224-moddalariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi, javobgar, uchinchi shaxslarning shikoyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslarning shikoyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning shikoyati, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab bergan shikoyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan davlat organlari va boshqa shaxslarning shikoyati (MSIYUtK 47-moddasining birinchi qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokurorning protesti bo‘yicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat qilish huquqiga, shuningdek, taraflar, uchinchi shaxslar hamda ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxsning huquqiy vorislari ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan, advokat, agar bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lsagina, sud hujjati ustidan apellyatsiya, kassatsiya tartibida shikoyatni imzolashga haqli (MSIYUtK 62-moddasining ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlarga tushuntirilsinki, sudning ajrimi ustidan MSIYUtKda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek, ajrim ishning kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa ajrimlar ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi, lekin bu ajrimlarga qarshi e’tirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda ustidan shikoyat berish nazarda tutilmagan ajrimda MSIYUtKda shikoyat qilish nazarda tutilgan protsessual masalalar hal etilgan bo‘lsa, ajrimning shu qismi bo‘yicha shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomiga yo‘llanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan sudga beriladi (MSIYUtK 202-moddasining birinchi qismi, 226-moddasining birinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini qabul qilgan sud apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) u kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni e’tiborga olish kerakki, sud hujjatini qabul qilgan sudga apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga aloqador qo‘shimcha hujjatlar yoki boshqa shaxslardan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati kelib tushgan taqdirda, ular kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay shikoyat (protest) ko‘rib chiqilayotgan tegishli sud instansiyasiga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjatini qabul qilgan sudni chetlab o‘tgan holda yuborilgan bo‘lsa, u sudya tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ajrimida shikoyat (protest) sud hujjatini qabul qilgan sud orqali berilishi lozimligi haqida ko‘rsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar shikoyatni qabul qilishda sudyada shikoyatni imzolagan shaxsda ta’sis hujjatlariga muvofiq, uni imzolash huquqi mavjudligi borasida shubha tug‘ilsa, sudya apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va ajrimda shikoyatni imzolash vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday dalil taqdim etilmaganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni MSIYUtK 213-moddasining birinchi qismi, 237-moddasining birinchi qismiga asosan, ko‘rmasdan qoldiradi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni imzolashda faksimiledan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tishining boshlanishi, tegishlicha, sud hujjati qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtK 162-moddasining beshinchi va oltinchi qismlari mazmuniga ko‘ra, qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ham asosiy hal qiluv qarori qabul qilingan yoki qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) pochta yoki Oliy sud axborot tizimlari orqali protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar jo‘natilgan bo‘lsa, muddat o‘tmagan hisoblanadi. Bunday holda apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish sanasi aloqa xati qabul qilinganligini tasdiqlovchi konvertdagi shtamp, buyurtma xat qabul qilinganligi haqidagi kvitansiya yoxud boshqa belgi bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga beriladi. Qayd etilgan protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma bevosita apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida (protestida) ham ko‘rsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma bilan bir vaqtda boshqa iltimosnomalar (misol uchun sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirish, sud hujjatlarining ijrosini to‘xtatib turish, dastlabki himoya choralarini ko‘rish haqida) kelib tushgan hollarda dastlab shikoyat berish muddatini tiklash masalasi hal etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tushuntirilsinki, protsessual harakatlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi obyektiv holatlar muddat o‘tkazilishini uzrli deb topishga asos bo‘lishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, cheklovchi tadbirlar (karantin), suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlarga tushuntirilsinki, o‘tkazib yuborilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra apellyatsiya, kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati uzrli deb topilgan sabablarga asosan tiklanganda, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddatni, o‘tkazib yuborilishi sabablaridan qat’iy nazar, tiklash to‘g‘risidagi masalani qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) tegishincha MSIYUtK 204, 206, 228, 230-moddalarining talablariga rioya etgan holda apellyatsiya, kassatsiya muhokamasi tugaguniga qadar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilishi va umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlar shuni e’tiborga olishi kerakki, MSIYUtK 210-moddasining birinchi qismi, 234-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi. Agar shikoyatni (protestni) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud bo‘lsa, ajrimda ushbu asoslarning har biri ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim bilan, shuningdek, shikoyatni (protestni) bergan shaxsga ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rilayotganda sud hujjatiga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan shikoyat (protest) kelib tushganda, u dastlab qabul qilingan shikoyat (protest) bilan birga ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlarga tushuntirilsinki, sud qarorining ijrosi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan MSIYUtK 212-moddasining uchinchi qismi, MSIYUtK 236-moddasining birinchi qismida belgilangan muddatga va faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalariga asosan to‘xtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida sudya apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda yoxud alohida ajrimda ko‘rsatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng, hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatib turish haqida iltimosnoma kelib tushganda, ushbu masala sudlov hay’ati tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati ijrosini to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risida ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida yoxud alohida ajrimda ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shuni nazarda tutish lozimki, qonunga ko‘ra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish asoslari va huquqiy oqibatlari bir-biridan farq qiladi. Xususan, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) MSIYUtK 213, 237-moddalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilganda, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf qilingandan so‘ng shikoyat (protest) yangidan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtK 214-moddasining birinchi qismi, 238-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritish tugatilganda, ayni bir shaxsning ayni shu asoslar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga takroran murojaat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Birinchi instansiya sudi tomonidan talablarning bir qismi ko‘rmasdan qoldirilgan yoki ish yuritish tugatilgan hollarda, sud ish hal qiluv qaroriga nisbatan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatiga (protestiga) asosan ko‘rish tamomlanguniga qadar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga bunday ajrimlar ustidan shikoyat keltirish huquqini tushuntirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. MSIYUtK 216, 240-moddalariga muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bergan shaxs sud hujjati chiqarilguniga qadar shikoyatdan voz kechishga, protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror protestni chaqirib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechish (protestni chaqirib olish) munosabati bilan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish masalasi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan sud majlisida hal qilinadi. Bunday holatda sud shikoyatdan voz kechgan (protestni chaqirib olgan) shaxsning vakolatini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatidan voz kechish qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lgan yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan hollarda, sud uni qabul qilmaydi va ishni mazmunan ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatdan voz kechish qabul qilingan, protest qaytarib olingan hollarda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish to‘g‘risida ajrim chiqaradi, ish bo‘yicha boshqa shikoyat (protest) mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatiga nisbatan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat (protest) berilganligi bu shaxslarning shikoyatdan voz kechishini (protestni qaytarib olishini) qabul qilmaslikka asos bo‘lmaydi. Bunday holda voz kechilgan shikoyat (qaytarib olingan protest) qismi bo‘yicha ish yuritish tugatilib, boshqa shaxsning shikoyati (prokurorning protesti) umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi MSIYUtK 217, 241-moddalariga muvofiq birinchi instansiya sudi sud hujjatining qonuniyligi va asosliligini to‘liq hajmda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini to‘liq hajmda tekshirish deganda, shikoyat (protest) vajlaridan qat’iy nazar, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida, birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari aniqlaganligini, moddiy va protsessual huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshirish tushuniladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. MSIYUtK 220, 244-moddalariga muvofiq, ishni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rishda quyidagilar aniqlanishi lozim:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi instansiya sudi ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘liq tekshirgan-tekshirmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar isbotlangan-isbotlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning hal qiluv qarorida, ajrimida, qarorida bayon etilgan xulosalar ish holatlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha bildirilgan talablar bo‘yicha sud hujjati qabul qilingan-qilinmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalari buzilgan-buzilmaganligi, ular to‘g‘ri qo‘llanilgan-qo‘llanilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. MSIYUtK 220-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlari, 244-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tadi va bu haqda asoslantirilgan ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqidagi ajrim bilan shikoyat (protest) berilgan sud hujjati bekor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflarga o‘z protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) vajlaridan qat’iy nazar, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish, ish bo‘yicha ish yuritishni tugatish yoki arizani ko‘rmasdan qoldirishga asoslar bor yoki yo‘qligini ham aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi har qanday dalillarni, ular birinchi instansiya sudi muhokamasida bo‘lganligidan yoki yangidan taqdim etilgan yoxud talab qilib olinganidan qat’iy nazar, tekshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ekspertiza o‘tkazish, dalillarni ta’minlash va talab qilib olish, guvohlarni so‘roq qilish haqidagi va boshqa iltimosnomalarini ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni to‘g‘ri hal qilish maqsadida o‘z tashabbusi bilan dalillarni talab qilib olishi yoki tegishli sud ekspertizasini tayinlashi mumkin (MSIYUtK 68, 79-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining e’tibori ishni ko‘rish muddatlariga qat’iy amal qilish lozimligiga qaratilsin (MSIYUtK 218 va 242-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ishni ko‘rish muddati alohida hollarda (masalan, sud protsessi ishtirokchilarining ko‘pligi, qo‘shimcha dalillarni talab qilib olish va ularni tekshirish, ishga mutaxassislarni chaqirishi, sud topshiriqlarini yuborish zarurligi va hokazo) ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ajrim chiqarilgan holda ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilganidan keyin arizachi talablaridan voz kechsa yoki taraflar o‘zaro kelishuvga erishsa, arizachining arz qilingan talablaridan voz kechishi, taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birgalikda, ariza (shikoyat)dan to‘liq yoki qisman voz kechish haqidagi ariza, tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan kelishuv bitimi MSIYUtK 136, 1261, 1262-moddalarining talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi arizachining ariza (shikoyat)dan voz kechishini qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin arizachiga (taraflarga) ish yuritishni tugatishning MSIYUtK 109-moddasida nazarda tutilgan huquqiy oqibatlarini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi arizachining talabdan voz kechishini qabul qilsa, kelishuv bitimini tasdiqlasa, hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligi masalasini muhokama qilishga kirishmasdan, uni bekor qiladi va ish bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi ish holatlarini har tomonlama va to‘liq aniqlab, qonuniy va asosli sud hujjati chiqargan degan xulosaga kelsa, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarorida shikoyatni (protestni) qanoatlantirmasdan qoldirish asoslari ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalarini buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi faqat ishni noto‘g‘ri hal etilishiga olib kelgan bo‘lsagina, hal qiluv qarori, ajrim, qarorni bekor qilishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi tomonidan ishning to‘g‘ri hal qilinishiga ta’sir qilmagan huquq normalari buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanganda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi bu haqida o‘z qarorida ko‘rsatib o‘tishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shuni nazarda tutish lozimki, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hal qiluv qarori bekor qilinganda, ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday holda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi MSIYUtK 219, 243-moddalarida nazarda tutilgan vakolat doirasida qaror qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tushuntirilsinki, sudning hal qiluv qarorini o‘zgartirish deganda, hal qiluv qarorining xulosa qismiga o‘zgartirishlar kiritish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi qaror deganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sudning asosiy xulosasini jiddiy o‘zgartiradigan qaror qabul qilinishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar ish sudga taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan holda ko‘rib chiqilganligini aniqlasa, hal qiluv qarorini bekor qilib, MSIYUtK 273-moddasida ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha ish materiallarini taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuboradi. Bunday holda ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish asoslari MSIYUtK 220 va 244-moddalarida belgilanganligiga e’tibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shuni inobatga olish lozimki, birinchi instansiya sudi tomonidan o‘z kuchini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarining qo‘llanilganligi ham moddiy huquq normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi deb baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sud hujjatining qonuniyligiga ishni mazmunan ko‘rish natijalari bo‘yicha baho beriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmasligi yoki noto‘g‘ri hal etilishi, o‘z-o‘zidan sud hujjatlarini bekor qilishga yoxud o‘zgartirishga asos bo‘lmaydi. Bunday holda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini MSIYUtK 115-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha taqsimlash haqida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining e’tibori, shikoyat (protest)da keltirilgan har bir vajni, uning asosli yoki asossiz ekanligi haqidagi xulosani qarorda ko‘rsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarori ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq sud, uning xulosa qismini sud muhokamasi tamomlangan majlisning o‘zidayoq e’lon qilishi kerak.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining qarorida MSIYUtK 221-moddasining ikkinchi qismi, 245-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida ishni shikoyat (protest) bo‘yicha ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar bo‘lishi va sud xarajatlarining taqsimlanishi ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ariza birinchi instansiya sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng chiqarilgan ajrim bekor qilinganda (masalan, arizani ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish va hokazo), apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rishda davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida aniqlangan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha, ularning sud protsessida ishtirokidan qat’iy nazar, xususiy ajrim chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud ushbu shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u bu haqda jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasini hal etish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy ajrim sud majlisida e’lon qilinadi va bu haqda bayonnomada ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ish bo‘yicha chiqarilgan xususiy ajrimning qonuniyligi va asosliligini tekshirishga hamda ushbu ajrimning chiqarilishida xatolik bo‘lganligini aniqlagan taqdirda, uni bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sudlarga tushuntirilsinki, shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga ish boshqa shikoyat (protest) bo‘yicha ko‘rilgandan so‘ng kelib tushgan holda mazkur apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ni ish yuritishga qabul qilish rad etilib, sud hujjatlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish huquqi tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini tahlil qilib borish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan ma’muriy sudlarga ma’muriy ishlarni apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyotini har yarim yilda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan ma’muriy ishlarni apellyatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi 15-sonli va “Ma’muriy ishlarni kassatsiya tartibida ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 2021-yil 27-noyabrdagi 34-sonli qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 25-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son