10.06.2023 yildagi 237-son
Hujjat 12.06.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
a) 3-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
1-bandning ikkinchi xatboshisi “rasmiy veb-saytlari” so‘zlaridan keyin “va mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlarining axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalarida Yagona portal” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin;
17-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
26-band “Yagona portalda” so‘zlaridan keyin “hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
31-band “Davlat organlari Yagona portalda” so‘zlaridan keyin “hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
34-band “Davlat organlariga Yagona portalda” so‘zlaridan keyin “hamda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tizimlari operatorlarining mobil ilovalarida Yagona portal orqali” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
a) 1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshidagi “tashkilotlarda hamda hududlarda raqamli transformatsiya” so‘zlari “tashkilotlarda raqamli transformatsiya va hududlarda raqamli iqtisodiyot” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Mas’ul organlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Ochiqlik va elektron ishtirok indeksi” bo‘yicha axborot texnologiyalariga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar rasmiy statistik va tahliliy ma’lumotlarni to‘playdi, NIS.UZ-axborot tizimiga kiritish, kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va baholaydi.

Har yarim yillik yakunidan keyingi 45 kun davomida,

yanvar-fevral,

iyul-avgust

2-bosqich

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Elektron xizmatlar indeksi” bo‘yicha NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va baholaydi.

Har yarim yillikda yanvar-iyun,

iyul-dekabr

3-bosqich

Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Faoliyatni raqamlashtirganlik indeksi” bo‘yicha NIS.UZ-axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi, axborot tizimlarini amaliyotga tatbiq qilish hujjatlarida bildirilgan vazifalar joriy qilinganlik darajasini tekshiradi.

Har yarim yillikda

45 kun davomida, may-iyun, noyabr-dekabr

4-bosqich

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

“Axborot va kiberxavfsizlik indeksi” bo‘yicha talab etilgan tadbirlarni bajaradi.

Har yarim yillikda

5-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Reyting natijalarini va boshqa tahliliy materiallarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Hisobot davri yakunidan keyingi oyning

30-sanasiga qadar

26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
34-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: