01.05.2023 yildagi O‘RQ-837-son
ONLINE TRANSLATE
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 134-modda, № 5, 200-modda, № 8, 383-modda; 2018-yil, № 10, 674-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda; 2021-yil, № 2, 139, 140-moddalar) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, uning quyidagi yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
4-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qat’i nazar, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytdan e’tiboran to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi.
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 92-moddasi uchinchi qismining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) a’zolari sonini belgilovchi qoidalari 2024-yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi boshlanganidan amalga kiritiladi.
8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritilishi mumkin.
davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarining bajarilishini, shu jumladan mamlakatda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari va funksiyalari qayta ko‘rib chiqilishini inobatga olgan holda bajarilishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oylik muddatda ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka, ayniqsa, yoshlarga yetkazish va tushuntirish bo‘yicha kompleks choralarni ikki oylik muddatda ishlab chiqsin hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlasin;
qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini har chorakda ko‘rib borsin.