Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
RESPUBLIKANING YANGI OLIY OʻQUV YuRTLARINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Oliy taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlashni yaxshilash, shuningdek respublikaning barcha mintaqalarini ular bilan yana ham toʻliqroq va bir tekisda taʼminlash maqsadida:
1. 1992-yilning 15-martidan quyidagi yangi oliy oʻquv yurtlari ochilsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida
Nukus davlat dorilfununi qishloq xoʻjalik sohasi fakultetlarining negizida Toshkent davlat dehqonchilik dorilfununining Nukus boʻlimi.
Andijon viloyatida
Andijon davlat pedagogika instituti negizida Andijon davlat dorilfununi.
Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununi Andijon boʻlimining negizida Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti.
Andijon paxtachilik instituti negizida Andijon qishloq xoʻjaligi instituti.
Buxoro viloyatida
F. Xoʻjayev nomli Buxoro davlat pedagogika instituti negizida Buxoro davlat dorilfununi.
Toshkent davlat texnika dorilfununining Buxoro boʻlimi. Shu maqsadda Buxoro qurilish texnikumi binolari va inshootlarining bir qismidan foydalanilsin.
Jizzax viloyatida
Toshkent meʼmorchilik-qurilish instituti Jizzax boʻlimi va Toshkent ximiya-texnologiya institutining Jizzax shahridagi umumtexnika fakulteti negizida Jizzax politexnika instituti.
Qashqadaryo viloyatida
H. Olimjon nomli Qarshi davlat pedagogika instituti negizida Qarshi davlat dorilfununi.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi boʻlimining negizida Qarshi dehqonchilik-iqtisodiyot instituti.
Toshkent davlat texnika dorilfununi umumtexnika fakultetining negizida mazkur dorilfununning Qarshi boʻlimi.
Navoiy viloyatida
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining boʻlimi negizida Navoiy davlat pedagogika instituti.
Buxoro yengil va oziq-ovqat sanoati texnoligiyasi instituti boʻlimining negizida Toshkent davlat texnika dorilfununining kon metallurgiya va energetika yoʻnalishidagi Navoiy boʻlimi.
Namangan viloyatida
Niyoziy nomli Namangan davlat pedagogika instituti negizida Namangan davlat dorilfununi.
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Namangan boʻlimining negizida Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Sirdaryo viloyatida
F. Fulom nomli Sirdaryo davlat pedagogika instituti negizida Guliston davlat dorilfununi.
Surxondaryo viloyatida
Oybek nomli Termiz davlat pedagogika instituti negizida Termiz davlat dorilfununi.
Toshkent avtomobil-yoʻl institutining umumtexnika fakulteti negizida mazkur institutning Termiz boʻlimi.
Toshkent elektrotexnika aloqa institutining fakulteti negizida mazkur institutning Termiz boʻlimi.
Fargʻona viloyatida
Fargʻona politexnika instituti umumtexnika fakultetining negizida mazkur institutning Qoʻqon boʻlimi.
Toshkent davlat texnika dorilfununining oʻquv-ilmiy markazi negizida mazkur dorilfununning asbobsozlik yoʻnalishidagi Fargʻona boʻlimi.
Xorazm viloyatida
V. I. Lenin nomli Urganch davlat pedagogika instituti negizida Urganch davlat dorilfununi.
Tugatiladigan Urganch pedagogika bilim yurtining moddiy-texnika negizidan foydalangan holda Toshkent davlat iqtisodiyot dorilfununining Urganch boʻlimi.
Tugatiladigan Urganch oʻrta tibbiy xodimlar malakasini oshirish tibbiyot bilim yurtining moddiy-texnika negizidan foydalangan holda 1 Toshkent davlat tibbiyot institutining Urganch boʻlimi.
Samarqand viloyatida
2. 1992-yilning 15-martidan A. Navoiy nomli Samarqand davlat dorilfununini S. Ayniy nomli tugatilayotgan Samarqand pedagogika instituti bilan birlashtirish toʻgʻrisida Samarqand viloyati hokimining taklifi qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi tegishli qarorni 10 kun muddat ichida tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 28-fevral,
PF-356-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 206-modda)