26.01.2023 yildagi PQ-23-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatni yoʻlga qoʻyish, paxta xom ashyosini yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchi korxonalar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning taʼsischilarini yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan boʻladigan munosabatlariga taʼsir oʻtkazish qatʼiyan man etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda mahsulot yetishtiruvchilarga ekinlarni joylashtirish, yer va suv resurslaridan foydalanishda qonunchilikda nazarda tutilmagan cheklovlar kiritgan mutasaddilarga belgilangan tartibda javobgarlik choralari qoʻllaniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik klasterlariga uch tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qoʻshimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (Sh. Aminov) va Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev) mazkur holatlar yuzasidan nazoratni kuchaytirsin va oʻz vaqtida tezkor choralar koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2023-yil hosilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-82-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/82/0479-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi Nyu-York birjasi paxta tolasining oʻrtacha oylik fyuchers kotirovkalari tahlilini oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi oʻn besh kun muddatda Nyu-York birjasi oʻrtacha oylik fyuchers kotirovkalari tahlilini Qishloq xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish reglamentini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta xom ashyosining xarid narxi oʻzaro manfaatli kelishuv asosida shakllantirilishiga eʼtibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) gʻoʻza ekinini navlar boʻyicha joylashtirish va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan holda urugʻlik xoʻjaliklarini tanlash paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan ularga ajratilgan yer uchastkalari va fermer xoʻjaliklarining paxta maydoni doirasida mustaqil ravishda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-82-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/82/0479-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-82-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/82/0479-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida paxta-toʻqimachilik klasterlarini jalb etgan holda gʻoʻzaning eng hosildor navlarini chetdan olib kirib, belgilangan tartibda qatʼiy karantin himoyasi ostida izolyatsiyalangan muhitda seleksiya maqsadlari uchun sinovdan oʻtkazishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yildan boshlab, xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi Davlat budjetidan qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olish hamda paxta xom ashyosi yetishtirishda nasoslarga sarflangan meʼyor darajasidagi elektr energiyasi xarajatlarini qoplab berish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida quyidagi tizim joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish va mavjudlarining faoliyatini kengaytirish tanlov asosida faqatgina yangi oʻzlashtiriladigan maydonlarda hamda sud tartibida yer maydoni kamaytirilgan va/yoki faoliyati tugatilgan paxta-toʻqimachilik klasterlari maydonlarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta-toʻqimachilik klasterlari paxtachilik va toʻqimachilik sohalaridan boshqa yoʻnalishdagi loyihalarni ixtiyoriy ravishda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Tabiat resurslari vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining xulosalariga asosan 10 barobar koʻp miqdorda tut va boshqa daraxtlar ekish sharti bilan konturlarni yiriklashtirishga ruxsat berish vakolati berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligining davlat-xususiy sheriklik asosida paxta-toʻqimachilik klasterlarini jalb etgan holda, ularning mablagʻlari hisobidan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xorijdan olib kelish va vazirlik huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari orqali qishloq xoʻjaligi korxonalariga xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga paxta va gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta xom ashyosi hamda donni sotishdan tushgan pul mablagʻlaridan toʻlanadigan majburiy ajratma 0,6 foiz miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvarga qadar import qilinadigan mineral oʻgʻitlarga (TIF TN kodlari 3105 59 000 0, 3105 40 000 0, 3104 30 000 0, 3105 30 000 0 va 2835 29 900 0) bojxona bojining “nol” stavkasi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2023 — 2025-yillarda paxta yetishtirishda zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ilgʻor xorijiy tajribalarni fermer xoʻjaliklariga joriy etish uchun Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda uning hududiy agroxizmatlar markazlariga 20 million AQSH dollari miqdorida xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bir oy muddatda amalda joriy qilingan Paxta tolasini majburiy avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini Qishloq xoʻjaligi vazirligi balansiga oʻtkazib bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Paxta va gʻalla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining mazkur qaror kuchga kirish sanasi holatiga barcha soliqlari boʻyicha hisoblangan va toʻlanmagan penyalari, istisno tariqasida hisobdan chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash hamda uni hisobga olish muddatini paxta xom ashyosi boʻyicha amalga oshiriladigan hisob-kitob muddatiga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan birgalikda ikki oy muddatda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda mavjud quvvatlar va amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining barcha qayta ishlash bosqichlarida oʻzaro bogʻliqligini tahlil qilgan holda, paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan tuzilgan toʻrt tomonlama bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanilishini auditdan oʻtkazish va biznes-konsalting tashkilotlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash va uch tomonlama bitim majburiyatlari bajarilishining monitoringini olib borish huquqi berilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda har hosil yili yakuni bilan tomonlarning kelishuvida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati boʻyicha monitoring olib borsin hamda natijasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan paxta xom ashyosi yetishtirishga mineral oʻgʻitlar va boshqa moddiy resurslarni oʻz vaqtida jamgʻarish uchun paxta-toʻqimachilik klasterlari va elita urugʻchilik xoʻjaliklari buyurtmasiga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda tomchilatib sugʻorishga beriladigan kreditlar muddatini 5 yil etib belgilash hamda mazkur maqsadlar uchun avval berilgan kreditlarni ham ushbu muddatga qayta rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-23-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2023-y., 07/23/23/0059-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 12.05.2026-y., 06/26/82/0479-son)