O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT ShAHAR, NAVOIY KO‘ChASIDAGI KO‘P QAVATLI BINO QURILIShINi NIHOYASIGA YETKAZISh VA UNDAN FOYDALANISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasidagi Jamoa bo‘lib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosi qurilishini nihoyasiga yetkazish hamda chet el investitsiyalarini jalb qilish ishlarini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
1. “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasining Jamoa bo‘lib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosi qurilishini (birinchi navbatini) 1994-yilda nihoyasiga yetkazish, kelgusida ushbu binodan tijorat tuzilmalari, chet el firmalari va kompaniyalarining ofislari sifatida foydalanish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Mazkur obyektni qayta ixtisoslashtirishni loyihalash “O‘zshaharsozlikLITI”ga yuklatilsin.
2. Toshkent shahar hokimligi qurilishi tugallanmagan obyektni (Jamoa bo‘lib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosini) 1993-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holati bo‘yicha “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi ixtiyoriga o‘tkazsin.
3. “O‘zsanoatqurilishbank” Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-iyundagi 300-son qarori bilan Toshkent shahar hokimligiga ushbu obyekt qurilishi uchun ajratilgan 1 mlrd so‘m miqdoridagi 36 imtiyozli kreditlarni “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi nomiga qayta rasmiylashtirsin.
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi 1994-1995-yillar uchun istiqbol parametrlarida jamoa bo‘lib foydalaniladigan hisoblash markazining sobiq binosini ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun qurib bitkazishga zarur kapital mablag‘lar ajratishni ko‘zda tutsin.
5. Davlat mulki qo‘mitasi “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi bilan birgalikda mazkur bino ishga tushirilgandan keyin undan foydalanish shartlarini bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va taklif kiritsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-yanvardagi 50-son qaropi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 22-sentabr,
471-son