O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PROKURATURA ORGANLARINING MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTINI YaXShILASh hAMDA ShTATLARI SONINI KO‘PAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Prokuratura organlari uchun qonunchilikni va huquqiy targ‘ibotni yanada mustahkamlashni, shuningdek “Prokuratura to‘g‘risi”da O‘zbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlaydigan zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika prokuraturasining tergov-prokuratura xodimlari shtatini 150, shu jumladan markaziy apparat bo‘yicha 45 nafarga hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni 30 nafarga ko‘paytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq 20 ta yengil avtomashina, ehtiyot qismlar, kompyuterlar, bosmaxona uchun asbob-uskunalar, kriminalistika texnikasi, mebellar, formali kiyimlar xarid qilish, shuningdek yangidan ajratilgan shtatlarni ta’minlash uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
3. Vazirliklar, idoralar, birlashmalar rahbarlari, hokimlar prokuratura organlari joylashgan barcha binolar bir oy muddatda Respublika prokuraturasi balansiga bepul o‘tkazsinlar.
4. “O‘zistiqbolstat” va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-yildan boshlab qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuratura-tergov xodimlari malakasini oshirish markazi (yotoqxonasi bilan) qurilishi uchun belgilangan tartibda zarur mablag‘lap ajratsinlar.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-sentabr,
468-son