Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2025 12.12.2022 yildagi 2749-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.02.2025
Hujjat 26.02.2025 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi 574-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilib, ularni islohotlar jarayoniga faol jalb etish, yoshlarning gʻoyalari va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu yoʻnalishda belgilangan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishda mamlakatimiz parlamentining ham alohida oʻrni bor. Shu maʼnoda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) tashkil etilganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Yoshlar parlamenti yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va koʻnikmalarini yuksaltirish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, qonunlarni yoshlar orasida targʻib qilish orqali ularning jamiyat hayotiga daxldorligini kuchaytirish, yosh avlodning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan muhim institut sifatida shakllandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) koʻrib chiqishida boʻlgan qonun loyihalari yuzasidan Yoshlar parlamenti aʼzolari tomonidan jami 142 ta taklif tayyorlangan boʻlib, ulardan 38 tasi qonun loyihalarini takomillashtirish jarayonida inobatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida ham Yoshlar parlamenti aʼzolari faol ishtirok etib, ular tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga mingdan ziyod takliflar taqdim etilgan. “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar muhokamasida” mavzusida 50 dan ziyod turkum tadbirlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan 247 ta oʻquv-seminari va konferensiya oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Yoshlar parlamenti tomonidan xorijiy mamlakatlar yoshlari bilan hamkorlik qilish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, ular Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Misr davlatlarida boʻlib oʻtgan tadbirlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida faol ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2021-yil 19 — 21-noyabr kunlari Moskva shahrida oʻtkazilgan “Yoshlar qarori” keys chempionatida ishtirok etgan Yoshlar parlamenti jamoasi 200 ta jamoa orasida uchinchi oʻrinni egallaganligi yurtimizda oʻsib kelayotgan avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlarning xalqaro miqyosdagi yana bir eʼtirofi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunga qadar Yoshlar parlamentining bir nechta faol va tashabbuskor aʼzolari qator masʼuliyatli lavozimlarga munosib koʻrilgan. Xususan, ularning 4 nafari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati etib saylangan, 11 nafari mahalladagi yoshlar yetakchisi, 3 nafari hokim yordamchisi, 1 nafari “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining 9 nafar aʼzosi “Zulfiya” nomidagi hamda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotlariga, shuningdek “Kelajak bunyodkori” va “Shuhrat” medallariga loyiq koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda Yoshlar parlamentining oldiga qoʻyilayotgan vazifalar uning tarkibiy tuzilmasi, vazifalarini bugungi kun talablari asosida takomillashtirishni hamda vakolatlari va imkoniyatlarini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Yoshlar parlamenti aʼzolarining siyosiy partiyalar bilan hamkorligini kuchaytirish maqsadida har bir siyosiy partiya Yoshlar parlamenti aʼzoligi uchun nomzodni Qonunchilik palatasiga saylangan deputatning saylov okrugidan koʻrsatishini belgilash zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlari va Yoshlar parlamenti aʼzolarining uzviy faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Yoshlar parlamenti aʼzolarining sonini Qonunchilik palatasi deputatlari soniga moslashtirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining Qonunchilik palatasi deputatlari bilan amaliy hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida Yoshlar parlamentiga har ikki yilda oʻtkaziladigan saylovlarni Qonunchilik palatasining vakolat muddatidan kelib chiqib, har ikki yarim yilda oʻtkazilishini belgilash zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Yoshlar parlamenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga koʻmaklashish maqsadida Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha Komissiyasining Yoshlar parlamentini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtirish borasidagi rolini kuchaytirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (M. Valiyev) Yoshlar parlamenti va uning aʼzolari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarni (konferensiya, seminar, ochiq muloqot, uchrashuv, davra suhbatlari) tashkil qilish va oʻtkazishga uslubiy hamda amaliy koʻmaklashish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni (K. Ernazarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti va uning aʼzolari samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida hamda qonun loyihalari muhokamasi boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasini Yoshlar parlamenti aʼzolariga topshiriladigan xizmat guvohnomalari va koʻkrak nishonlari bilan taʼminlash hamda ularning hisobini yuritish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 11-martdagi 167-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 217-modda; 2022-yil, № 4, 358-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 12-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2749-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2022-yil 12-dekabrda qabul qilingan 2749-IV-sonli Qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti toʻgʻrisidagi nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maslahat organi boʻlib, u oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoshlar parlamenti oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoshlar parlamenti bir yuz ellik nafar aʼzodan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoshlar parlamenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining vakolati muddati tugagunga qadar, biroq ikki yarim yildan koʻp boʻlmagan muddatga oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlar parlamenti oʻz logotipi, aʼzolarining koʻkrak nishoni hamda belgilangan shakldagi guvohnomasiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoshlar parlamentining rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat tilidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti; qisqartirilgan nomi — Yoshlar parlamenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rus tilidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Molodejniy parlament pri Zakonodatelnoy palate Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Molodejniy parlament;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ingliz tilidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq nomi — Youth Parliament under the Legislative Chamber of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Youth Parliament.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yoshlar parlamentining maqsadi, asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoshlar parlamentining maqsadi yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targʻib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirishda ishtirok etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoshlar parlamentining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar ishtirokida dolzarb masalalarni muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi masalalari, shuningdek qonunchilik texnikasi, qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari boʻyicha amaliy muhokamalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yoshlar parlamenti oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni aniqlaydi va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi yoki uning tegishli qoʻmitasi taklifiga asosan Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni oʻylantirayotgan masalalar yuzasidan ularning ishtirokida muhokamalarni oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslari va hamkorlikda turli tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadida turli tadbirlarni tashkil etadi va tashabbuslarni ilgari suradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish maqsadida keng targʻibot tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining faoliyati va qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (bundan buyon matnda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya deb yuritiladi) roziligi asosida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlardagi Yoshlar parlamentlari bilan hamkorlik aloqalarni oʻrnatish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda Qonunchilik palatasiga, shuningdek Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi roziligi asosida boshqa mutasaddi tashkilotlarga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yoshlar parlamentining huquqlari va Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoshlar parlamenti oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati organlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, taʼlim va ilmiy muassasalardan, boshqa tashkilotlardan Yoshlar parlamentining vakolatlariga kiritilgan masalalarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar, materiallar va maʼlumotlarni Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi bilan kelishgan holda soʻrash hamda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi yoki uning Kengashi majlisida Qonunchilik palatasining Spikeri yoki uning oʻrinbosarlari roziligi bilan, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, komissiyalari, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislarida tegishincha qoʻmita, komissiya, fraksiya raisining roziligi bilan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining kutubxonasidan, taʼlim va ilmiy muassasalarning, markazlarning elektron maʼlumotlar bazalaridan, axborot-kutubxona resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlash, tadbirlar oʻtkazish hamda Yoshlar parlamentining vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun olimlar, mutaxassislar orasidan ishchi guruhlar tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoshlar parlamenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga koʻmaklashish maqsadida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzodning mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi masalasini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzoligiga siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatini mazkur Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari tugatish masalasini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolati muddatidan ilgari tugatilganda boʻshab qolgan aʼzolik oʻrnini toʻldirish boʻyicha oʻn ish kuni ichida tegishli siyosiy partiyaga yangi nomzodni tavsiya etish boʻyicha maʼlum qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti logotipi, aʼzolarining koʻkrak nishoni hamda belgilangan shakldagi guvohnomasini tasdiqlaydi va beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yoshlar parlamenti tarkibini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoshlar parlamenti tarkibini shakllantirish jarayoni amaldagi Yoshlar parlamentining vakolat muddati tugashidan kamida ikki oy oldin Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan Yoshlar parlamenti tarkibini shakllantirish jarayoniga Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi kabi yoshlar siyosatiga masʼul boʻlgan davlat va nodavlat tashkilotlar jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yoshlar parlamenti aʼzoligi uchun nomzodlar siyosiy partiyalarning respublika tashkilotlari tomonidan turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan tashabbuskor, yuksak maʼnaviyatli, davlat va jamiyat qurilishi sohasida yetarli bilimga ega boʻlishi oʻz ortidan tengdoshlarini ergashtira oladigan, liderlik qobiliyatiga ega boʻlgan oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda har bir siyosiy partiya Yoshlar parlamenti aʼzoligi uchun nomzodni Qonunchilik palatasiga saylangan deputatining saylov okrugidan koʻrsatadi va Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun tavsiya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzod sifatida tavsiya etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining deputati, Senat aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzodning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mos kelishi masalasini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nomzodlar mazkur nizom talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda Yoshlar masalalari komissiyasi tomonidan Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzod sifatida roʻyxatga olinishi rad etiladi va bu haqda siyosiy partiyaga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi nomzodlar siyosiy partiya tomonidan oʻn ish kuni ichida qayta tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoshlar parlamenti aʼzolari Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolati muddatidan ilgari tugatilganda bu haqda Yoshlar masalalari boʻyicha Komissiya oʻn ish kuni ichida tegishli siyosiy partiyaga yozma ravishda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya tomonidan Yoshlar parlamentining boʻshab qolgan aʼzolik oʻrniga nomzod tavsiya etish va uni Yoshlar masalalari boʻyicha Komissiya tomonidan tasdiqlash mazkur nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yoshlar parlamenti faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yoshlar parlamenti faoliyatining tashkiliy shakli uning qoida tariqasida, yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladigan majlislaridir. Yoshlar parlamenti majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlislarini tashkil qilish va oʻtkazish tartibi Yoshlar parlamentining Reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yoshlar parlamenti kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek Yoshlar parlamentining ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti qarorlari Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoshlar parlamenti oʻz tarkibidan Yoshlar parlamentining Raisi va uning oʻrinbosarlarini umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Yoshlar parlamentining vakolati muddatiga saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir shaxs surunkasiga ikki marotaba Yoshlar parlamenti Raisi etib saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yoshlar parlamenti Raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

Yoshlar parlamenti qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Yoshlar parlamenti aʼzolari va qoʻmitalarga vazifalarni taqsimlaydi;

Yoshlar parlamenti tomonidan ishlab chiqilgan va maʼqullangan yoshlarga oid takliflarni Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining xalqaro aloqalari boʻyicha taraflar bilan oʻzaro kelishgan holda hamkorlikka kirishadi;

Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish yuzasidan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti va Yoshlar parlamenti Kengashining qarorlarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

oʻz vakolatlari doirasida boshqa masalalarni hal etadi.

Yoshlar parlamentining Raisi oʻz vazifasini bajarish davrida Yoshlar parlamentidagi siyosiy partiya guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarligiga nomzodlar koʻrsatish va saylash tartibi Yoshlar parlamentining Reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentida tuzilgan siyosiy partiyaning guruhi oʻz vakili Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega.

Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarini saylash uchun siyosiy partiya guruhlari, qoida tariqasida, oʻz guruhining rahbari nomzodini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosari Yoshlar parlamenti qoʻmitalaridan birining tarkibiga saylanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari Yoshlar parlamenti Raisining topshirigʻiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yoshlar parlamenti Raisi yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifalarini Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlaridan biri bajarib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yoshlar parlamentining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Yoshlar parlamenti Kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Kengashining tarkibiga Yoshlar parlamenti Raisi, uning oʻrinbosarlari, Yoshlar parlamenti qoʻmitalarining raislari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yoshlar parlamentining Kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;

Yoshlar parlamenti qoʻmitalarining ishini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar masalasiga oid takliflar loyihasini Yoshlar parlamenti koʻrib chiqishi yoki uni koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan qoʻmitaning xulosasiga koʻra qaror qabul qiladi;

qoʻmita raisining bildirishnomasiga asosan Yoshlar parlamentining faoliyatida muntazam ravishda ishtirok etmagan aʼzoning faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish, shu jumladan uni chaqirib olish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha tegishli siyosiy partiyaga taqdimnoma kiritadi;

Yoshlar parlamenti aʼzosining ishini tashkil etishga koʻmaklashadi;

Yoshlar parlamenti faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi.

Yoshlar parlamentining Kengashi oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Kengashiga Yoshlar parlamenti Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.

29. Yoshlar parlamenti tomonidan uning aʼzolari orasidan Yoshlar parlamentining vakolatlari muddatiga qoʻmita raisi, uning oʻrinbosarlari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisi qoʻmitalarining tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yoshlar parlamentida quyidagi qoʻmitalar tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari qoʻmitasi;

Yoshlar bandligi va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi;

Yoshlar tadbirkorligi va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi;

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;

Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik masalalari qoʻmitasi;

Ommaviy axborot vositalari va innovatsiya masalalari qoʻmitasi;

Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi;

Yoshlar turizmi masalalari qoʻmitasi.

Yoshlar parlamenti qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek qoʻmita aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Yoshlar parlamenti qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti qoʻmitalarining faoliyati tartibi Yoshlar parlamentining Reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yoshlar parlamentidagi siyosiy partiyalar guruhlari siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan aʼzolar tomonidan siyosiy partiyalarning manfaatlarini Yoshlar parlamentida ifodalash maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzosining siyosiy partiya guruhiga kirishi toʻgʻrisidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Yoshlar parlamentiga saylangan aʼzo faqat shu siyosiy partiya guruhining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yoshlar parlamentining kotibi Yoshlar parlamenti aʼzolari orasidan Yoshlar parlamenti raisi tavsiyasiga koʻra Yoshlar parlamentining birinchi majlisida saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Qonunchilik palatasi uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yoshlar parlamentining kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolarining majlisi bayonnomalarini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayonnomalarni imzolash uchun Yoshlar parlamenti raisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni roʻyxatga oladi, Yoshlar parlamenti hujjatlari saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlis bayonnomalari ijrosini monitoring qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti tomonidan yuborilgan takliflarni umumlashtirib, tahlil qiladi va Yoshlar parlamenti raisiga axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yoshlar parlamenti aʼzosining maqomi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yoshlar parlamentining aʼzosi oʻz faoliyatida saylovoldi dasturining bajarilishi boʻyicha siyosiy partiya va Yoshlar parlamentiga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzosi oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yoshlar parlamentining aʼzosiga Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan guvohnoma va koʻkrak nishoni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining aʼzosi guvohnoma va koʻkrak nishonidan oʻz vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda (Yoshlar parlamenti aʼzosi vafot etgan hollar bundan mustasno) guvohnoma va koʻkrak nishoni oʻn kundan kechiktirmay Yoshlar masalalari boʻyicha Komissiyaga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yoshlar parlamenti aʼzosining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti qoʻmitalariga saylash va saylanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti tomonidan saylanadigan shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikr bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisidagi munozaralarda ishtirok etish, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqish va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti tarkibidagi oʻzi aʼzo boʻlgan Qoʻmitaning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini Yoshlar parlamentining majlisida bayon etish yoki bu haqda Yoshlar parlamenti Raisiga yozma ravishda maʼlum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi yoki uning tegishli qoʻmitasi taklifiga asosan Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil tadbirlarida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining aʼzosi tegishli majlislarida koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari boshqa shaxsga topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yoshlar parlamenti aʼzosining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga, ushbu Nizom talablariga toʻliq rioya qilish, shuningdek, Yoshlar parlamentining qarorlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining majlislarida hamda qoʻmita tarkibiga saylangan boʻlsa, shu qoʻmitaning majlislarida qatnashish, ovoz berishda Yoshlar parlamenti Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining majlislarida hamda qoʻmita majlisida ishtirok etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, bu haqda qoʻmita raisiga oldindan xabar qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining yoshlar oʻrtasida va jamiyatda taʼsir kuchi hamda obroʻsini oshirishga oʻz hissasini qoʻshish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti faoliyatini targʻib qilish va qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi koʻnikmalarini shakllantirishni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining barcha tadbir, dastur va loyihalarida faol qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining oldiga qoʻyilgan vazifalarni mustaqil hal etishda Yoshlar parlamenti Raisi bilan kelishish va bu faoliyat haqida xabardor qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzosining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u qonunga koʻra Yoshlar parlamenti vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u vafot etgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti tarqatib yuborilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti faoliyati tugatilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy partiya tomonidan chaqirib olingan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari Yoshlar parlamentining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Yoshlar parlamenti aʼzosi degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qonunchilik palatasi Spikeri, Spikerning oʻrinbosarlari, tegishli siyosiy partiya raisi tomonidan Yoshlar parlamenti aʼzolariga tavsifnomalar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yoshlar parlamenti Yoshlar masalalari boʻyicha Komissiyaning qarori bilan tarqatib yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Yoshlar parlamentini qayta tashkil etish va tugatish Qonunchilik palatasi Kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2022-yil 12-dekabrda qabul qilingan 2749-IV-sonli Qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REGLAMENTI

I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) majlislarini oʻtkazish, Yoshlar parlamenti organlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi va Yoshlar parlamentining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq ichki tartib-qoidalariga doir boshqa masalalarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoshlar parlamenti 150 nafar aʼzodan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoshlar parlamenti ishi Yoshlar parlamentining yalpi majlislariga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qoʻmitalari majlislariga toʻplanadigan aʼzolar faoliyatiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoshlar parlamenti faoliyati masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlar parlamentining aʼzosi bir paytning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, Senat aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOʻLIM. YOSHLAR PARLAMENTINING BIRINCHI MAJLISI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoshlar parlamentining birinchi majlisi Yoshlar parlamentiga saylovdan soʻng bir oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (bundan buyon matnda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya deb yuritiladi) tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining birinchi majlisini Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining Raisi ochadi va Yoshlar parlamentining Raisi saylangunga qadar unda raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yoshlar parlamenti birinchi majlisni, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan oʻtkazadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya Raisining Yoshlar parlamentiga saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Yoshlar parlamenti Raisini saylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlarini saylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Yoshlar parlamentining qoʻmitalarini (bundan buyon matnda qoʻmitalar deb yuritiladi) tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qoʻmita raislari, uning oʻrinbosarlari hamda aʼzolarini saylash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining birinchi majlisida Yoshlar parlamenti faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar ham koʻrib chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III-BOʻLIM. YOSHLAR PARLAMENTINING VAKOLATLI SHAXSLARINI SAYLASH VA ORGANLARINI SHAKLLANTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yoshlar parlamenti Raisi lavozimiga nomzod Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yoshlar parlamenti Raisi oʻrinbosarlarining soni, qoida tariqasida, Yoshlar parlamentida tuzilgan siyosiy partiyalar guruhlarining sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentida tuzilgan siyosiy partiyaning guruhi oʻz vakili Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarini saylash uchun siyosiy partiya guruhlari, qoida tariqasida, oʻz guruhi rahbarining nomzodini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar aʼzolarning savollariga javob berishi uchun 30 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Yoshlar parlamenti majlisida nomzodni muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish ajratilgan vaqt tugagach yoki aʼzolarning taklifiga binoan Yoshlar parlamentining qarori bilan toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlar yashirin ovoz berish roʻyxatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining Raisi va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Yoshlar parlamentining vakolati muddatiga saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylash paytidagi yashirin ovoz berish usulini Yoshlar parlamenti belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanganligini eʼlon qilgandan keyin hech kim ovoz berishni boʻlib qoʻyishi mumkin emas. Ovoz berish boshlangandan to uning natijalari eʼlon qilingunga qadar hech kimga soʻz berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ovoz berishni oʻtkazish vaqtida ovoz berish tartib-taomili buzilgan yoki uni oʻtkazish chogʻida toʻsiqlar yuzaga kelgan boʻlsa, muhokama qilinmasdan darhol takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nomzodlar, agar u yashirin ovoz berish natijasida aʼzolar umumiy sonining yarmidan koʻp ovozini olgan boʻlsa, Yoshlar parlamentining Raisi va uning oʻrinbosarlari etib saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar aʼzolar ovozlarining zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga takroriy saylov oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga takroriy saylov ushbu Reglamentning 9 — 13-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari saylanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, uni Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisi saylangandan keyin Yoshlar parlamentining bundan keyingi majlisini Yoshlar parlamentining Raisi olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yoshlar parlamenti Raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining va Yoshlar parlamenti Kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmitalar va Yoshlar parlamenti komissiyalarining (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolari va qoʻmitalarga vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti tomonidan ishlab chiqilgan va maʼqullangan yoshlarga oid takliflarni Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining xalqaro aloqalari boʻyicha taraflar bilan oʻzaro kelishgan holda hamkorlikka kirishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti va Kengash qarorlarini imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida boshqa masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yoshlar parlamenti Raisi yashirin ovoz berish orqali aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan Yoshlar parlamenti qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala aʼzolar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat aʼzolar guruhining taklifiga binoan Yoshlar parlamenti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda Yoshlar parlamenti majlisida Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoshlar parlamenti Raisining boʻsh lavozimiga nomzod koʻrsatish va uni saylash ushbu Reglamentning 8 — 13-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari Yoshlar parlamenti Raisining topshirigʻiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi va Yoshlar parlamenti Raisi yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifasini bajarib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan Yoshlar parlamenti qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisi oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala aʼzolar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat aʼzolar guruhining taklifiga binoan Yoshlar parlamenti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala Yoshlar parlamenti Raisi tomonidan ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Raisi oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoshlar parlamenti Raisi qoʻmitalarning tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yoshlar parlamenti faoliyatini samarali tashkil etish, qoʻmitalar ishini muvofiqlashtirib borish, qaror loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish maqsadida Kengash tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning tarkibiga Yoshlar parlamenti Raisi, uning oʻrinbosarlari, qoʻmitalarning raislari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashga Yoshlar parlamenti Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kengash Yoshlar parlamenti majlislari oraligʻida zaruratga qarab toʻplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlislarini Yoshlar parlamenti Raisi, u yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda esa uning oʻrinbosarlaridan biri chaqiradi va olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kengash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar masalasiga oid takliflar loyihasini Yoshlar parlamenti koʻrib chiqishi yoki uni koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan qoʻmitaning xulosasiga koʻra qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmita raisining bildirishnomasiga asosan Yoshlar parlamentining faoliyatida muntazam ravishda ishtirok etmagan aʼzoning faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish, shu jumladan uni chaqirib olish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha tegishli siyosiy partiyaga taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzosining ishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti Kengashiga Yoshlar parlamenti Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengash qarorlarining loyihalari va uning majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan boshqa hujjatlar Kengashga, qoida tariqasida, uning majlisi boshlanishidan kamida uch kun oldin kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibiga kiruvchi shaxslarga, shuningdek uning majlislarida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga majlisda koʻrib chiqish moʻljallanayotgan masalalar haqida oldindan xabar qilinadi va zarur materiallar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bayonnomasi tuziladi va majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar va u qabul qilgan qarorlar haqida aʼzolarga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qoʻmitalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Yoshlar parlamenti muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, Yoshlar parlamenti tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Yoshlar parlamentining vakolatlari muddatiga Yoshlar parlamenti aʼzolari orasidan rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yoshlar parlamentida quyidagi qoʻmitalar tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar bandligi va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar tadbirkorligi va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalladagi yoshlar yetakchilari bilan hamkorlik masalalari qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari va innovatsiya masalalari qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar turizmi masalalari qoʻmitasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimiga nomzodlar Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari Yoshlar parlamenti majlisida aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek qoʻmita aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Yoshlar parlamenti qarorlar qabul qiladi. Qoʻmitalarning barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoʻmita raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmita ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va qoʻmitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, qoʻmita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmita aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga qoʻmita faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlarining ishida qatnashish, shuningdek qoʻmitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun qoʻmita aʼzolarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillarini qoʻmita ishida qatnashishga taklif etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti, Kengash majlislarida qoʻmita nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmita qarorlarining bajarilishiga doir ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentiga, Kengashga va Yoshlar parlamenti Raisiga ularning topshiriqlari bajarilishi yuzasidan axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻmitaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari koʻrib chiqilganligi haqida qoʻmita aʼzolariga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qoʻmita raisining oʻrinbosari qoʻmita raisining topshirigʻiga koʻra uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda qoʻmita raisi vazifasini bajarib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qoʻmitalar ishni oʻz rejalariga, shuningdek Yoshlar parlamenti, uning Raisi va Kengash topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalar Yoshlar parlamenti oldida masʼul va unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qoʻmitalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tashabbusi bilan yoki Yoshlar parlamentining topshirigʻiga binoan oʻzining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Yoshlar parlamentining qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror loyihalarining dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini va ularni Yoshlar parlamentida koʻrib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qaror loyihasini Yoshlar parlamentining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda ularni rad etish toʻgʻrisida Kengashga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining topshirigʻiga yoki Kengashning tavsiyasiga binoan muayyan qaror loyihasi yoki Yoshlar parlamenti vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan masʼul boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilgan qaror loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan tashabbuskorlarning fikrlarini eshitadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilgan Yoshlar parlamenti qarorlari loyihalari matniga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qoʻmitalarning majlislari Yoshlar parlamenti majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita majlisini uning raisi oʻz tashabbusi bilan yoki qoʻmita aʼzolari umumiy sonidan kamida yarmining tashabbusi bilan chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita majlisi haqida uning raisi, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin qoʻmita aʼzolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa qatnashchilarini oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalarning majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita majlisini qoʻmita raisi olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yoshlar parlamenti aʼzosi oʻzi aʼzo boʻlgan qoʻmita majlislarida hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmagan taqdirda aʼzo qoʻmita raisini oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qoʻmitalar koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qoʻmita aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qoʻmita qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOʻLIM. YOSHLAR PARLAMENTI VA UNING ORGANLARI MAJLISLARINI OʻTKAZISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yoshlar parlamenti faoliyatining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab, lekin yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladigan majlislaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlislari, agar ularning ishida Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining navbatdan tashqari majlisi Yoshlar parlamenti Raisi taklifiga binoan yoki Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash Yoshlar parlamenti majlislari oraligʻida toʻplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalarning majlislari Yoshlar parlamenti majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitalarning majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlislari vaqtida qoʻmitalarning majlislari oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Yoshlar parlamenti majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar ularni koʻrib chiqish navbati, Yoshlar parlamentining har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan qoʻmitalari, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqadiganlar), shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisi kun tartibining loyihasi Kengash tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzolari Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi Yoshlar parlamenti qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Yoshlar parlamenti majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yoshlar parlamenti majlislarida ish davlat tilida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Yoshlar parlamenti majlisida qilinadigan maʼruzalar va qoʻshimcha maʼruzalarning hamda soʻzlanadigan yakunlovchi soʻzning muddati raislik qiluvchi tomonidan maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqadiganlar) bilan kelishilgan holda, qoida tariqasida, maʼruzalar uchun 30 daqiqaga qadar, qoʻshimcha maʼruzalar uchun 20 daqiqaga qadar va yakunlovchi soʻz uchun 15 daqiqaga qadar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muzokaralarda soʻzga chiquvchilarga 10 daqiqaga qadar vaqt beriladi. Muzokaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, shuningdek majlisning olib borilishi tartibi yuzasidan, ovoz berish sabablari boʻyicha, nomzodlar yuzasidan soʻzga chiqish, savollar, takliflar, xabarlar va maʼlumotlar berish uchun 3 daqiqaga qadar vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi majlisda hozir boʻlgan Yoshlar parlamenti aʼzolarning koʻpchiligi roziligi bilan Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibidagi masala muhokamasining umumiy muddatini, savol-javoblarga ajratiladigan vaqtni belgilashi, soʻzlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlislarida Yoshlar parlamenti aʼzosi bitta masala yuzasidan muzokaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqqan shaxs muzokaralarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin yakunlovchi soʻzga chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻzga chiqqan Yoshlar parlamenti aʼzosi soʻzlash uchun ajratilgan muddatdan koʻproq vaqt mobaynida gapirayotgan boʻlsa yoki muhokama etilayotgan masala yuzasidan gapirmayotgan boʻlsa, Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi bir marta ogohlantirganidan keyin uni soʻzlash huquqidan mahrum etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yoshlar parlamentining majlislari, qoida tariqasida, ish kunlari: soat 10.00 dan 13.00 gacha va (tanaffusdan keyin) soat 15.00 dan 18.00 gacha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti qarori bilan Yoshlar parlamenti majlislarini boshlash va tugallashning hamda tanaffus qilishning boshqa vaqti belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOʻLIM. YOSHLAR PARLAMENTI QARORLARINI KOʻRIB CHIQISH VA QABUL QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Yoshlar parlamenti kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek Yoshlar parlamentining ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror loyihasi Yoshlar parlamentiga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Yoshlar parlamenti Raisi Yoshlar parlamenti qarorining loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita va muddat belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash masʼul qoʻmita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va maʼruzachini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti majlisida masʼul qoʻmita vakilining axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Yoshlar parlamenti qarori qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qaror loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Reglamentga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qaroriga asosan kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yoshlar parlamenti majlislarini oʻtkazishning, Yoshlar parlamenti faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni koʻrib chiqishning Reglamentda nazarda tutilmagan tartib-taomillari Yoshlar parlamenti majlisida Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan eʼtiboran amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2022-yil 12-dekabrda qabul qilingan 2749-IV-sonli Qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2020-yil 11-martdagi 167-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 5-band:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“joylarda deputatlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari va oʻrganishlar davomida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) tomonidan kiritilgan takliflar asosida yoshlar masalalariga oid qonun hujjatlarida aniqlangan boʻshliq, kamchilik va muammolarni tahlil qilib borish, shu asosda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlarga oid masalalar boʻyicha aniqlangan qonun buzilishlarini hamda ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar kiritish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi — oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzodlarni koʻrib chiqish va tasdiqlash, shuningdek ularning vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining faoliyatiga, shu jumladan Yoshlar parlamenti va uning aʼzolari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarning tashkil etilishiga va oʻtkazilishiga uslubiy hamda amaliy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilganda boʻshab qolgan aʼzolik oʻrniga siyosiy partiyalar tomonidan nomzod taqdim etilishiga va Komissiya tomonidan tasdiqlanishiga doir masalalarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining aʼzosiga guvohnoma va koʻkrak nishonini topshirishda ishtirok etish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga va uning qoʻmitalariga” degan soʻzlar “Qonunchilik palatasining qoʻmitalariga va Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 18-bandning birinchi xatboshisi “ommaviy axborot vositalari vakillari” degan soʻzlardan keyin “shuningdek Yoshlar parlamentining aʼzolari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.