Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AYRIM DAVLAT KADASTRLARINI YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA
“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Avtomobil yoʻllari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq;
Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq davlat kadastrlarining shakllantirilishi va yuritilishi toʻgʻrisida 2006 va 2007-yil iyulida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 30-iyun,
152-son
Avtomobil yoʻllari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Avtomobil yoʻllari davlat kadastri (AYDK) “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”, “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. AYDK — bu avtomobil yoʻllari obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
3. AYDK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda avtomobil yoʻllari obyektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi.
4. Mavjud boʻlgan va qurilayotgan avtomobil yoʻllari, maxsus inshootlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan avtomobil yoʻllarining boshqa obyektlari AYDK obyektlari hisoblanadi.
5. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi AYDKni yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. AYDK davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni avtomobil yoʻllari obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar AYDKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil yoʻllari obyektlarini toʻliq qamrab olish;
makon koordinatalarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qoʻllash;
barcha obyektlar boʻyicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
8. AYDKni yuritish avtomobil yoʻllari obyektlarini xatlash, hisobga olish, baholash bilan taʼminlanadi hamda davlat yer kadastri kadastr axborotlaridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
9. Avtomobil yoʻllari obyektlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
10. Avtomobil yoʻllari obyektlariga tegishli boʻlgan, davlat yer kadastridan AYDKga berilayotgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi boʻyicha yerning tarkibi toʻgʻrisidagi, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (shu jumladan yerdan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
11. Bino va inshootlar davlat kadastridan AYDKga berilayotgan avtomobil yoʻllari obyektlariga tegishli boʻlgan binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
12. AYDKni yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
13. Avtomobil yoʻllari obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti DKYATga belgilangan tartibda beriladi.
14. AYDKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
II. AYDKni yuritishni tashkil etish
15. AYDKni yuritish “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari:
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining vakolatli tashkiloti;
hududiy shoʻba yoʻl-qurilish tashkilotlarining kadastr boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
AYDKni yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi amalga oshiradi.
AYDKni yuritishni metodik taʼminlash “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. AYDKni yuritish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
17. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining vakolatli tashkiloti:
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil yoʻllari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud boʻlishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni yoʻl korxonalariga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi ustidan nazorat qiladi;
hududiy shoʻba yoʻl-qurilish tashkilotlarining kadastr bilan ishlaydigan xodimlarini avtomobil yoʻllari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga oʻqitishni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy shoʻba yoʻl-qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va uni avtomobil yoʻllari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil yoʻllarining yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishi ustidan nazorat qiladi;
kadastr axborotlari DKYATga tezkor berilishini amalga oshiradi;
har yili belgilangan tartibda DKYATga “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining avtomobil yoʻllari obyektlarining holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining hududiy shoʻba yoʻl-qurilish tashkilotlari:
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil yoʻllari obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy oʻzgarishlar, ularning atrof muhitga taʼsiri, ekologik-iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va tizimlashtiradi;
avtomobil yoʻllari obyektlari kadastr daftarlarini yuritadi, maʼlumotlar bazasini toʻldiradi va ularni tizimlashtirish va avtomobil yoʻllari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi vakolatli tashkilotining kadastr boʻlimiga beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil yoʻllarining yangi obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlarini toʻplaydi.
19. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan avtomobil yoʻllari obyektlarining egalari/foydalanuvchilar “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining vakolatli tashkilotiga kadastr obyektlarining jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
III. AYDKni yuritish tartibi
20. AYDKni yuritish avtomobil yoʻllari obyektlarining barcha turlarini roʻyxatdan oʻtkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, obyektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.
21. Avtomobil yoʻllari obyektlari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish, ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi.
22. Avtomobil yoʻllari obyektlarining barcha turlari birlamchi roʻyxatga olinishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi. Asosiy koʻrsatkichlarning tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyektga pasport tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olinishi hisobga qoʻyish paytida foydalanishga topshirilgan va mavjud boʻlgan avtomobil yoʻllarining har bir obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
Avtomobil yoʻllari obyektlari tavsiflarida yuz beradigan bundan keyingi oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
24. Avtomobil yoʻllari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qoʻyilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar boʻyicha tasniflanishini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi AYDKni yuritish boʻyicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Avtomobil yoʻllari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va avtomobil yoʻllari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
25. Avtomobil yoʻllari obyektlarini iqtisodiy baholash avtomobil yoʻllari har bir obyektining qiymatini belgilash, soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun oʻtkaziladi.
Avtomobil yoʻllari obyektlarini iqtisodiy baholash oʻziga xosliklar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Avtomobil yoʻllari obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotining ishonchliligi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining AYDKni yuritadigan vakolatli shaxslari javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil yoʻllari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Avtomobil yoʻllari davlat kadastrini yuritish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida va “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan avtomobil yoʻllari obyektlari egalari/foydalanuvchilar kadastr axborotlarini avtomobil yoʻllari obyektlari boʻyicha hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlarining kadastr boʻlinmalariga taqdim etadilar.
2. Hududiy shuʼba yoʻl-qurilish tashkilotlarining kadastr boʻlinmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan avtomobil yoʻllari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar, oʻz hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, avtomobil yoʻllari obyektlari boʻyicha axborotni AYDKni yuritish boʻyicha vakolatli tashkilotga taqdim etadilar.
3. AYDKni yuritish boʻyicha vakolatli tashkilot davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni oladi.
4. AYDKni yuritish boʻyicha vakolatli tashkilot avtomobil yoʻllari obyekti AYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi DKYATning maʼlumotlar bazasiga beradi.
5. AYDKni yuritish boʻyicha vakolatli tashkilot soʻrov boʻyicha DKYAT maʼlumotlar bazasidan avtomobil yoʻllari obyektlari boʻyicha axborot olishi mumkin.
6. AYDKni yuritish boʻyicha vakolatli tashkilot avtomobil yoʻllari obyektlari boʻyicha zarur axborotni hududiy shuʼba-yoʻl qurilish tashkilotlarining kadastr boʻlinmalariga yuboradi.
7. DKYAT maʼlumotlar bazasidan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha avtomobil yoʻllari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Temir yoʻllar davlat kadastri (TYDK) “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. TYDK — bu temir yoʻllar obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. TYDK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda temir yoʻllar obyektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi.
4. Mavjud boʻlgan va qurilayotgan temir yoʻllar, stansiyalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yoʻllarning boshqa obyektlari TYDK obyektlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi TYDKni yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. TYDK davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni temir yoʻl obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar TYDKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi butun hududining temir yoʻl obyektlarini toʻliq qamrab olish;
Keyingi tahrirga qarang.
makon koordinatalarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
barcha obyektlar boʻyicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
8. TYDKni yuritish temir yoʻl obyektlarini xatlash, hisobga olish, baholash bilan taʼminlanadi hamda davlat yer kadastri kadastr axborotlaridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Temir yoʻl obyektlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Temir yoʻl obyektlariga tegishli boʻlgan, davlat yer kadastridan TYDKga berilayotgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi boʻyicha yerning tarkibi toʻgʻrisidagi, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (shu jumladan yerdan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Bino va inshootlar davlat kadastridan TYDKga berilayotgan temir yoʻl obyektlariga tegishli boʻlgan binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
12. TYDKni yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Temir yoʻl obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti DKYATga belgilangan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. TYDKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. TYDKni yuritishni tashkil etish
15. TYDKni yuritish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi;
temir yoʻl korxonalarining kadastr boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
TYDKni yuritish boʻyicha ishlarga umumiy rahbarlik qilishni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining bosh menejeri – bosh muhandisi amalga oshiradi.
TYDKni yuritishni metodik taʼminlashni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. TYDKni yuritish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
17. Temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi:
temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud boʻlishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni temir yoʻl korxonalariga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi ustidan nazorat qiladi;
korxonalarning kadastr bilan ishlaydigan xodimlarini temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga oʻqitishni tashkil etadi;
korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini tizimlashtiradi va uni temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
temir yoʻllarning yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishi ustidan nazorat qiladi;
kadastr axborotlari DKYATga tezkor berilishini amalga oshiradi;
har yili belgilangan tartibda DKYATga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining temir yoʻl obyektlarining holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Temir yoʻl korxonalarining kadastr boʻlinmalari:
temir yoʻl obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy oʻzgarishlar, ularning atrof muhitga taʼsiri, ekologik-iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va tizimlashtiradi;
temir yoʻl obyektlari kadastr daftarlarini yuritadi, maʼlumotlar bazasini toʻldiradi va ularni tizimlashtirish va temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun TYDK boʻlimiga beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
temir yoʻllarning yangi obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlarini toʻplaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan temir yoʻl obyektlarining egalari/foydalanuvchilar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining kadastr xizmatiga kadastr obyektlarining jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
III. TYDKni yuritish tartibi
20. TYDKni yuritish temir yoʻl obyektlarining barcha turlarini roʻyxatdan oʻtkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, obyektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Temir yoʻl obyektlari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish, ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Temir yoʻl obyektlarining barcha turlari birlamchi roʻyxatga olinishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi. Asosiy koʻrsatkichlarning tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyektga pasport tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olinishi hisobga qoʻyish paytida foydalanishga topshirilgan va mavjud boʻlgan temir yoʻllarning har bir obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
Temir yoʻl obyektlari tavsiflarida yuz beradigan bundan keyingi oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Temir yoʻl obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qoʻyilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar boʻyicha tasniflanishini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Temir yoʻl obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotlarini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va temir yoʻllar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Temir yoʻl obyektlarini iqtisodiy baholash har bir obyektning qiymatini belgilash, soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun oʻtkaziladi.
Temir yoʻl obyektlarini iqtisodiy baholash oʻziga xosliklar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Temir yoʻl obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotining ishonchliligi uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining TYDKni yurituvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Temir yoʻllar davlat kadastrini yuritish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan temir yoʻl obyektlari egalari/foydalanuvchilari temir yoʻl obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini temir yoʻl korxonalarining kadastr boʻlinmalariga taqdim etadilar.
2. Temir yoʻl korxonalarining kadastr boʻlinmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan temir yoʻl obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar, oʻz hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, temir yoʻl obyektlari boʻyicha axborotni Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimiga taqdim etadilar.
3. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni oladi.
4. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi temir yoʻl obyekti TYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi DKYATning maʼlumotlar bazasiga beradi.
5. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan temir yoʻl obyektlari boʻyicha axborot olishi mumkin.
6. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yoʻllar davlat kadastri boʻlimi temir yoʻl obyektlari boʻyicha zarur axborotni temir yoʻl korxonalari kadastr boʻlinmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha temir yoʻl obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri (YEBQDK) “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va mazkur Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. YEBQDK — bu yetkazib berish quvurlari obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. YEBQDK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi hamda yetkazib berish quvurlari obyektlarini hisobga olish va ularning holatini baholash maqsadida yuritiladi.
4. Neft, gaz va gaz kondensatini yetkazib berishga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan yetkazib berish quvurlari va ularga xizmat koʻrsatish obyektlari: belgilangan armaturali va yer usti inshootlari bilan birgalikda yetkazib berish quvurlarining liniyali qismi, kompressor va nasos stansiyalari, elektrokimyoviy himoya vositalari, gaz taqsimlash stansiyalari va neft, gaz va gaz kondensati transporti korxonalari balansida boʻlgan, katta uzunlikdagi, yuqori bosimli, ularning yuqori xavfliligi munosabati bilan qoʻriqlash zonasiga ega boʻlgan boshqa koʻchmas mulk YEBQDK obyektlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi YEBQDKni yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. YEBQDK davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yetkazib berish quvurlari obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar YEBQDKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida lokal va magistral quvurlarning butun tizimini va ularga xizmat koʻrsatish obyektlarini qamrab olish;
makon koordinatalarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
barcha obyektlar boʻyicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
8. YEBQDKni yuritish yetkazib berish quvurlari obyektlarini xatlash, hisobga olish, baholash bilan taʼminlanadi hamda davlat yer kadastri kadastr axborotlaridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
9. Yetkazib berish quvurlari obyektlariga tegishli boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
10. Yetkazib berish quvurlari obyektlariga tegishli boʻlgan, davlat yer kadastridan YEBQDKga berilayotgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi boʻyicha yerning tarkibi toʻgʻrisidagi, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (shu jumladan yerdan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
11. Bino va inshootlar davlat kadastridan YEBQDKga berilayotgan yetkazib berish quvurlari obyektlariga tegishli boʻlgan binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
12. YEBQDKni yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Yetkazib berish quvurlari obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti DKYATga belgilangan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. YEBQDKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining tegishli korxonalari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. YEBQDKni yuritishni tashkil etish
15. YEBQDKni yuritish “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari:
“OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi YEBQDK xizmati;
neft-gaz-transport korxonalarining kadastr boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
YEBQDKni yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. YEBQDKni yuritish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
17. Hisobga olish va baholash kadastr axborotlarini shakllantirish yetkazib berish quvurlari boʻyicha maʼlumotlar banki tashkil etilgan holda “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining yetkazib berish quvurlari obyektlarini quruvchi, foydalanuvchi, rekonstruksiya qiluvchi va taʼmirlovchi boʻlinmalari bir oy mobaynida maʼlumotlar bazasiga yetkazib berish quvurlari obyektlarining miqdor va sifat oʻzgarishlari, holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi axborotni kiritishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
19. YEBQDK xizmati:
yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud boʻlishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni neft-gaz-transport korxonalariga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi ustidan nazorat qiladi;
xodimlarni yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga oʻqitishni tashkil etadi;
korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
yetkazib berish quvurlarining yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishi ustidan nazorat qiladi;
shakllantirilayotgan kadastr maʼlumotlari sifati ustidan nazorat olib boradi, uning ishonchliligi va oʻz vaqtida YEBQDK avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi uchun javobgar boʻladi.
kadastr axborotlarining xilma xilligi va sifatiga talabni muntazam oʻrganadi, kadastrni yuritish texnologiyasi takomillashtirilishini taʼminlaydi;
kadastr axborotlari DKYATga tezkor berilishini amalga oshiradi;
YEBQDK yuritishni metodik taʼminlash “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Neft-gaz-transport korxonalarining kadastr boʻlinmalari:
yetkazib berish quvurlari obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy oʻzgarishlar, ularning atrof muhitga taʼsiri, ekologik-iqtisodiy baholash toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi va tizimlashtiradi;
yetkazib berish quvurlari obyektlari kadastr daftarlarini yuritadi, maʼlumotlar bazasini toʻldiradi va ularni tizimlashtirish va yetkazib berish quvurlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun kadastr xizmatiga beradi;
yetkazib berish quvurlarining yangi obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlarini toʻplaydi.
21. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi:
umuman tarmoq boʻyicha YEBQDKni yuritish boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining tarkibiy boʻlinmalari ishini muvofiqlashtiradi;
har yili belgilangan tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga ularni DKYATga kiritish uchun yetkazib berish quvurlari obyektlarining holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan yetkazib berish quvurlari obyektlarining egalari/foydalanuvchilar “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining kadastr xizmatiga kadastr obyektlarining jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining joriy oʻzgarishlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibi
23. YEBQDKni yuritish magistral va lokal quvurlarning barcha turlarini va ularning xizmat koʻrsatish obyektlarini roʻyxatga olishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishdan, obyektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan iboratdir.
24. Yetkazib berish quvurlari obyektlari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish, ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi.
25. Yetkazib berish quvurlari obyektlarining barcha turlari birlamchi roʻyxatga olinishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi. Asosiy koʻrsatkichlarning tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyektga pasport tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olinishi hisobga qoʻyish paytida foydalanishga topshirilgan va mavjud boʻlgan (sanoat yuklamasi ostida) yetkazib berish quvurlarining har bir obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
Yetkazib berish quvurlari obyektlari tavsiflarida yuz beradigan bundan keyingi oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
27. Yetkazib berish quvurlari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qoʻyilishi ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar boʻyicha tasniflanishini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Yetkazib berish quvurlari obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va YEBQDK avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Yetkazib berish quvurlari obyektlarini iqtisodiy baholash har bir obyektning qiymatini belgilash, soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun oʻtkaziladi.
Yetkazib berish quvurlari obyektlarini iqtisodiy baholash oʻziga xosliklar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Yetkazib berish quvurlari obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun neft-gaz-transport korxonalarining mansabdor shaxslari va “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi YEBQDKni yuritish yuklangan YEBQDK xizmati javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tizimida va “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud boʻlgan yetkazib berish quvurlari obyektlari egalari/foydalanuvchilar kadastr axborotlarini neft-gaz-transport korxonalarining kadastr boʻlinmalariga taqdim etadilar .
2. Neft-gaz-transport korxonalarining kadastr boʻlinmalari ushbu obyektlarning egalari va foydalanuvchilardan yetkazib berish quvurlari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar, oʻz hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, ularni “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi YEBQDK xizmatiga taqdim etadilar.
3. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi YEBQDK xizmati davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotni oladi.
4. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi YEBQDK xizmati yetkazib berish quvurlari obyekti YEBQDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi DKYATning maʼlumotlar bazasiga beradi.
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi YEBQDK xizmati transport korxonalari obyektlari boʻyicha axborotni soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi DKYATning maʼlumotlar bazasidan olishi mumkin.
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasining “OʻzLITIneftgaz” ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi YEBQDK xizmati transport korxonalari obyektlari boʻyicha zarur axborotni neft-gaz-transport korxonalarining kadastr boʻlinmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha yetkazib berish quvurlari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi DKYAT maʼlumotlar bazasidan olishlari mumkin.
Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Aloqa obyektlari davlat kadastri (AODK) “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. DKYAT — bu aloqa obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli maʼlumotlar tizimidir.
Keyingi tahrirga qarang.
3. DKYAT AODKning tarkibiy qismi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududidagi aloqa obyektlarini hisobga olish va baholash maqsadida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar AODK obyektlari hisoblanadi:
xalqaro, shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega boʻlgan telefon-telegraf stansiyalari, shu jumladan turgʻun aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari;
aloqaning tarmoq uzellari;
shahar aloqa telefon uzellari, shu jumladan stansiyalari va liniya inshootlari;
tuman telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan stansiya asbob-uskunalari, hududiy va qishloq liniya inshootlari;
aloqa radiorele liniyalari stansiya va inshootlari;
yoʻldoshli aloqa stansiyalari;
qabul qilish — uzatish radiostansiyalari;
koʻchma obyektlarga ega boʻlgan quruqlikdagi radioaloqa stansiyalari (shaxsan radiochaqiruv, radial tizimlar, uyali telefonlar);
radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar;
simli eshittirish stansiyalari va tarmoqlari;
pochta va maxsus aloqa obyektlari.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi AODKni yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. AODK davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni aloqa obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr maʼlumotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Quyidagilar AODKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa obyektlarini qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qoʻllanish;
Keyingi tahrirga qarang.
barcha obyektlar boʻyicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. DKYATni yuritish aloqa obyektlarini xatlovdan oʻtkazish, hisobga olishni taʼminlaydi hamda davlat yer kadastri maʼlumotlaridan va bino va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
9. Aloqa obyektlariga tegishli yer uchastkalari, bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolatli organlar tomonidan, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat yer kadastridan AODKga beriladigan aloqa obyektlariga tegishli yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer kadastri axborotlari maqsadli foydalaniladigan yerlar tuzilmasi, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerlarning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
11. Bino va inshootlar davlat kadastridan AODKga beriladigan aloqa obyektlariga tegishli boʻlgan bino va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlari ularning maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
12. AODKni yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Aloqa obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari DKYATga belgilangan tartibda, geoaxborot tizimining tugallangan loyihasi tarzida beriladi.
Maʼlumotlar elektron-raqamli bazalarining texnik parametrlari (klassifikatorlar, shartli belgilar va boshqalar) “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. AODKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi apparati taʼminoti uchun smetada nazarda tutilgan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. AODKni yuritishni tashkil etish
15. AODKni yuritish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari hamda vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi:
funksiyasi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markaziga yuklanadigan AODK xizmati;
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimida faoliyat koʻrsatadigan mulkdorlar yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari.
AODKni yuritish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining AODK xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
AODKni yuritishni metodik taʼminlash Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. AODKni yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
17. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining AODK xizmati:
Keyingi tahrirga qarang.
kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslar) ishlarini muvofiqlashtiradi;
tushayotgan axborotlar sifatini nazorat qiladi, ularning ishonchliligi va Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimiga kiritilishi uchun javob beradi;
kadastr axborotlarining turlichaligi va sifatiga talabni muntazam ravishda oʻrganadi, kadastr yuritish texnologiyasining takomillashtirilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimini joriy etadi va uning faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
kadastr xizmatlarining aloqa obyektlarining mavjudligi, miqdori va sifati, bahosi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini oʻrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aloqa obyektlarining joylashish xaritasi tuzilishini taʼminlaydi;
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr axborotlaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi;
DKYATga zarur kadastr axborotlarining tezkorlik bilan taqdim etilishini amalga oshiradi;
har yili, belgilangan tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga DKYAT maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun aloqa obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mulkdorlar va aloqa kadastr obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari:
tasarrufidagi boʻlinmalar vakolatli shaxslarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
tasarrufidagi boʻlinmalar vakolatli shaxslarining hisobotlarini tizimlashtiradi va umumlashtiradi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida kadastr axborotlarini shakllantiradi;
har yili 1-martgacha Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi AODK xizmatiga taqdim etish uchun tasarrufidagi aloqa obyektlarining holati, bahosi, ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotlarni tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tasarrufdagi boʻlinmalarning vakolatli shaxslari boshlangʻich darajada:
yangi aloqa obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini yigʻadi;
aloqa obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadi;
aloqa obyektlarining kadastr rejalari (xaritalari, sxemalari)ni tuzadi va ularga tuzatishlar kiritadi;
aloqa obyektlarining miqdori va sifatidagi joriy oʻzgarishlar, ularning qiymat bahosi, atrof muhitga taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydi hamda ularni kadastr daftarlari, rejalari (xaritalari, sxemalari)ga kiritadi;
har yili 15-fevralgacha mulkdorlar va aloqa kadastr obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlariga aloqa obyektlarining holati va bahosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi aloqa obyektlari mulkdorlari/foydalanuvchilari Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi AODK xizmatiga kadastr obyektlarining jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdoriy tavsiflari va bahosi, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
III. AODKni yuritish tartibi
21. AODKni yuritish aloqa obyektlarining barcha turlari roʻyxatini, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishni, iqtisodiy baholashni, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilashni hamda ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. AODKni yuritishda shaharlararo aloqaning liniya inshootlari uchun yerlar faqat qurilish davrida ajratiladi. Aloqaning liniya inshootlaridan foydalanish jarayonida yerlardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi.
23. Aloqa obyektlari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish hamda ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi.
24. Aloqa obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritiladi. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ushbu koʻrsatkichlarning tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxatga kiritish natijalari boʻyicha har qaysi obyekt uchun pasport tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Miqdor va sifat tavsiflarini asosiy hisobga olish hisobga qoʻyish vaqtida foydalanishga topshirilgan va faoliyat koʻrsatayotgan (sanoat maqsadida ishlatilayotgan) har qaysi aloqa obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
Aloqa obyektlari tavsiflaridagi keyingi oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
26. Aloqa obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilari boʻyicha klassifikatsiya qilishni oʻz ichiga oladi, ushbu belgilar tarkibi aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va hajmlari ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari korxonaning kadastr daftariga yoziladi va Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Aloqa obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyekt qiymatini baholash uchun amalga oshiriladi.
Aloqa obyektlarini iqtisodiy baholash ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Har qaysi aloqa obyekti boʻyicha baholash kadastr koʻrsatkichlari tizimi quyidagi natural (aloqa obyektining har qaysi turi uchun xos boʻlgan) va qiymat koʻrsatkichlari yigʻindisini oʻz ichiga oladi:
quvvat;
smeta qiymati;
balans qiymati;
ishlovchilarning son tarkibi;
ekologik koʻrsatkichlar;
mazkur aloqa turining xizmatlar bilan taʼminlanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
shovqin, radiatsiya va elektromagnit taʼsiri;
Keyingi tahrirga qarang.
atmosfera havosi, yer, suvning ifloslanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
obyektning texnik holati;
asosiy asbob-uskunalar va ularning texnik hamda maʼnaviy eskirganligi.
28. AODKni yuritish zimmasiga yuklangan vakolatli mansabdor shaxslar kadastr axborotlarining ishonchliligi va ularning DKYATga oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob berishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimida hamda uning tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatadigan aloqa korxonalari obyektlari mulkdorlari/foydalanuvchilari aloqa korxonalari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini kadastr xizmatlariga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Kadastr xizmatlari ushbu obyektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan aloqa korxonalari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydi, oʻz hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, aloqa korxonalari obyektlari boʻyicha axborotlarni ITMTM AODK xizmatiga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. ITMTM AODK xizmati davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, bino va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotlarni oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. ITMTM AODK xizmati aloqa korxonalari obyekti AODKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasiga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. ITMTM AODK xizmati soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan aloqa korxonalari obyektlari boʻyicha axborotlarni olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. ITMTM AODK xizmati aloqa korxonalari obyektlari boʻyicha zarur axborotlarni kadastr xizmatlariga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan aloqa korxonalari obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini olishi mumkin.
Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Energetika obyektlari davlat kadastri (EODK) “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. EODK — bu energetika obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli maʼlumotlar tizimidir.
Keyingi tahrirga qarang.
3. EODK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi va energetika obyektlarini hisobga olish va baholash maqsadida yuritiladi.
4. Faoliyat koʻrsatayotgan va qurilayotgan gidravlik hamda issiqlik elektr stansiyalari, oʻz ichiga yordamchi stansiyalarni oladigan elektr tarmoqlari, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida jamlangan havo va kabel liniyalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, texnologik jarayonning yaxlitligi vositasida energiya tizimi bilan bogʻlangan boshqa energiya obyektlari EODK obyektlari hisoblanadi.
5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi EODKni yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. EODK davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni energetika obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr maʼlumotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
7. Quyidagilar EODKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi energetika obyektlarini toʻliq qamrab olish;
makon koordinatalarining yagona tizimini va yagona topografik asosni qoʻllanish;
Keyingi tahrirga qarang.
barcha obyektlar boʻyicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. EODKni yuritish energetika obyektlarini xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish, baholash bilan taʼminlanadi hamda davlat yer kadastri kadastr maʼlumotlaridan va binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
9. Energetika obyektlariga tegishli yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolatli organlar tomonidan, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10. Davlat yer kadastridan EODKga beriladigan, energetika obyektlariga tegishli yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer kadastri axborotlari maqsadli foydalaniladigan yerlar tuzilmasi, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerlarning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastridan EODKga beriladigan, energetika obyektlariga tegishli boʻlgan binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlari ularning maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
12. EODKni yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Energetika obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari DKYATga belgilangan tartibda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. EODKni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. EODKni yuritishni tashkil etish
15. EODKni yuritish “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari:
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzenergosozlash” unitar korxonasi kadastr xizmati;
energetika obyektlari kadastr xizmatlari (EOKX) – EODKni yaratish boʻyicha boʻlinmalar tomonidan amalga oshiriladi.
EODKni yuritish boʻyicha ishlarga umumiy rahbarlikni “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi amalga oshiradi.
EODKni yuritishni metodik taʼminlash “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. EODKni yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
17. “Oʻzenergosozlash” unitar korxonasi:
energetika obyektlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi EODK AAT joriy etilishini va faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni energetika korxonalariga berishni amalga oshiradi, maʼlumotlar bazasi toʻldirilishining toʻgʻriligini nazorat qiladi;
EOKX kadastr xodimlarini EODK AAT bilan ishlashga oʻqitishni tashkil qiladi;
EOKXga taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtirishni va ularni EODK AATga kiritishni amalga oshiradi;
yangi energetika obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlari toʻplanishini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarining DKYATga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi;
har yili, belgilangan tartibda “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi energetika obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobotni DKYATga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. EOKX:
energetika obyektlarining miqdor va sifat boʻyicha holatidagi joriy oʻzgarishlarni, ularning atrof muhitga taʼsirini, ekologik-iqtisodiy bahosini toʻplaydi va tizimlashtiradi;
energetika obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, maʼlumotlar bazasini toʻldiradi va ularni tizimlashtirish hamda EODK AATga kiritish uchun “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi vakolatli tashkilotining kadastr boʻlimiga beradi;
yangi energetika obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini toʻplaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi energetika obyektlari mulkdorlari/foydalanuvchilari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastr xizmatiga kadastr obyektlarining jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdoriy tavsiflari va bahosi, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
III. EODKni yuritish tartibi
20. EODKni yuritish energetika obyektlarining barcha turlari roʻyxatini, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishni, obyektlarni ekologik-iqtisodiy baholashni, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilashni hamda ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Energetika obyektlari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish hamda ularni ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi.
22. Energetika obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritiladi. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ushbu koʻrsatkichlarning tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxatga kiritish natijalari boʻyicha har qaysi obyekt uchun pasport tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Miqdor va sifat tavsiflarini asosiy hisobga olish hisobga qoʻyish vaqtida foydalanishga topshirilgan va faoliyat koʻrsatayotgan har qaysi energetika obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
Energetika obyektlari tavsiflaridagi keyingi oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
24. Energetika obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish ularni iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilari boʻyicha klassifikatsiya qilishni oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Energetika obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
Hisobga olish axborotlari korxonaning kadastr daftariga yoziladi va EODK AATga kiritiladi
Keyingi tahrirga qarang.
25. Energetika obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyekt qiymatini baholash uchun amalga oshiriladi.
Energetika obyektlarini iqtisodiy baholash ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Energetika obyektlari kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining EODKni yuritishni amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari javob berishadi.
Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Energetika obyektlari davlat kadastrini yuritish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida hamda uning tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatadigan energetika obyektlari mulkdorlari/foydalanuvchilari energetika obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini EOKXga taqdim etadilar.
2. EOKX ushbu obyektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan energetika obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydi, oʻz hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, energetika obyektlari boʻyicha axborotlarni “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzenergosozlash” unitar korxonasi kadastr xizmatiga beradi.
3. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzenergosozlash” unitar korxonasi kadastr xizmati davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, bino va inshootlar toʻgʻrisidagi axborotlarni oladi.
4. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzenergosozlash” unitar korxonasi kadastr xizmati energetika obyekti EODKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasiga beradi.
5. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzenergosozlash” unitar korxonasi kadastr xizmati soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan energetika obyektlari boʻyicha axborotlarni olishi mumkin.
6. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining “Oʻzenergosozlash” unitar korxonasi kadastr xizmati energetika obyektlari boʻyicha zarur axborotlarni EOKXga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan energetika obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini olishi mumkin.
Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (TXYUZDK) “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. TXYUZDK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi va tizimli kuzatishlar, tadqiqotlar hamda axborotlar toʻplash natijalari boʻyicha tayyorlanadigan, doimo yangilab boriladigan va zarurat boʻlganda aniqlashtiriladigan tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar (TXYUZ)ning unifikatsiya qilingan tavsiflari va tasvirlari toʻplamidan, har yili roʻy bergan xavfli tabiiy hodisalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplamidan iborat boʻladi.
3. TXYUZDK kadastr obyektlarini hisobga olishni, ularning holatini va roʻy bergan xavfli tabiiy (geologik, gidrometerologik) jarayonlar (hodisalar) oqibatlarini baholashni taʼminlash maqsadida yuritiladi.
4. TXYUZDKni yuritish quyidagi vakolatli organlar:
xavfli geologik jarayonlar roʻy beradigan zonalar (XGJRZ) boʻyicha — Davlat geologiya qoʻmitasining “Oʻzbekgidrogeologiya” davlat geologiya korxonasi tomonidan;
seysmik xavf yuqori boʻlgan zonalar (SXYUZ) boʻyicha — SXYUZ boʻyicha kadastr axborotlarini tayyorlash va realizatsiya qilish (seysmologiya xulosalari, ularni ekspertizadan oʻtkazish, davriy baholash, mufassal tadqiq etish) uchun yagona masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti tomonidan;
gidrometerologiya hodisalari xavfi yuqori boʻlgan zonalar (GMOʻXYUZ) boʻyicha — “Oʻzgidromet” markazi tomonidan amalga oshiriladi.
5. TXYUZDKni yuritish:
kadastr axborotlarini toʻplash, tizimlashtirish, saqlash, hisobga olish va baholash;
DKYATga kiritish uchun har yilgi axborot hisobotlarini tuzish;
foydalanuvchilarni TXYUZDK boʻlimlarini yuritish boʻyicha vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan taʼminlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
6. Kadastr obyektlarini hisobga olish toʻgʻrisidagi, har yili — roʻy bergan xavfli tabiiy jarayonlar, ularning miqdor va sifat tavsiflari, roʻy bergan quyidagi xavfli tabiiy jarayonlar, (hodisalar) oqibatlari toʻgʻrisidagi muntazam ravishda yangilab va toʻldirib boriladigan maʼlumotlar TXYUZDKning asosini tashkil qiladi:
xavfli geologik jarayonlar roʻy beradigan zonalarda — XGJRZ (zilzilalar, koʻchkilar, yemirilishlar, choʻkishlar, oʻpirilishlar, suffoziyalar, karstlar va boshqalar);
gidrometerologiya hodisalari xavfi yuqori boʻlgan zonalarda — GMOʻXYUZ (suv toshqinlari, sellar, qor koʻchkilari, kuchli shamollar, jalalar, qurgʻoqchilik, suv bosishi va boshqalar).
7. Quyidagilar TXYUZDKning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini qamrab olish;
koordinatalarning yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qoʻllanish;
hisobga olish yagona tizimini, kadastr axborotlarini ishlash va taqdim etish metodikasini qoʻllanish;
avtomatlashtirilgan geoaxborot texnologiyalarini qoʻllanish;
maʼlumotlarning ishonchliligi va koʻrgazmaliligi, kadastr axborotlarini har yili toʻldirib va yangilab borish;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
8. TXYUZDKni yaratish va yuritish bilan bogʻliq ishlar tegishli vazirliklar va idoralarga maqsadli foydalanish uchun ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
II. TXYUZDK obyektlari
9. Quyidagilar TXYUZDK obyektlari hisoblanadi:
XGJRZ boʻyicha — xavfli geologik jarayonlar roʻy berish zonasi (daryolar havzasi) elementlari – xavfli geologiya jarayonlari rivojlanadigan kichik zonalar (soy havzasi), uchastkalar;
SXYUZ boʻyicha —zilzila markazlari paydo boʻlishi muqarrar zonalar (seysmogen zonalar) va turlicha toifadagi seysmik taʼsir zonalari;
GMHXYUZ boʻyicha — xavfli gidrometeorologiya hodisalari roʻy berish zonalari (daryolar havzasi), elementlari — xavfli gidrometeorologiya hodisalari rivojlanadigan kichik zonalar.
Quyidagilar hisobga olishning boshlangʻich hududiy birligi hisoblanadi;
XGJRZ boʻyicha — 1,0 ming kub metrdan ortiq hajmli xavfli geologiya jarayonlarining nomuntazam roʻy berishi. Shuningdek kadastr obyektlari doirasida xavfli geologiya jarayonlariga har yili duch keladigan maydon ham hisobga olinadi. Grafik hisobga olish belgilangan shartli belgilardan foydalangan holda 1:25000 va 1:200000 masshtabli topografiya xaritalarida amalga oshiriladi;
SXYUZ boʻyicha — zilzilalar roʻy beradigan zona va 25 kv. km maydondagi turlicha toifada taʼsir koʻrsatish zonasi hududi. Shuningdek seysmogen zonadan tashqarida zilzilalar roʻy berganda, yaʼni silkinish zonasida yoki seysmik xavf ancha past boʻlgan zonada zilzila roʻy berganda seysmik xavfning yuqori toifasiga oʻtadigan maydonlar ham hisobga olinadi. Seysmik xavfli zonalarni aks ettirish uchun kartografiya materiallari belgilangan tegishli shartli belgilardan foydalangan holda 1:1000000 yoki 1:500000 va 1:200000 (ayrim hududlar uchun) masshtabda tuziladi.
GMHXYUZ boʻyicha — xavfli gidrometeorologiya hodisalari sodir boʻladigan zona hududi, daryo havzasi (yuqori, oʻrta, quyi oqim), togʻ massivi (yonbagʻir ekspozitsiyasi). Xavfli gidrometeorologiya zonalarini aks etirish uchun kartografiya materiallari belgilangan tegishli shartli belgilardan foydalangan holda 1:1000000 yoki 1:500000 va 1:200000 (ayrim hududlar uchun) masshtabda tuziladi.
III. TXYUZDK maʼlumotlari tarkibi
10. TXYUZDK maʼlumotlari tarkibiga quyidagilardan iborat boʻlgan hisobga olish va baholash axborotlari kiradi:
XGJRZ boʻyicha:
kadastr obyektining (xavfli geologiya jarayonlari roʻy berish zonasi) va kadastr obyekti elementlarining (kichik zona va uchastka) nomi;
kadastr nomeri (soy havzasi, xavfli geologiya jarayonlari — XGJ rivojlanish uchastkasi);
kadastr obyektining, rivojlanishi mumkin boʻlgan va har yili XGJ bilan zararlanadigan maydon hajmlari;
joylashgan oʻrni (XGJ roʻy bergan joy, maʼmuriy manzili, koordinatalari);
XGJning rivojlanish turlari (koʻchkilar, oʻpirilishlar, choʻkishlar, yemirilishlar, suffiziyalar va karstlar);
xavfli geologiya jarayonlari roʻy berish zonasida joylashgan obyektlar roʻyxati;
xavfli geologiya jarayonlari yetkazgan zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
1:25000 masshtabli xavfli geologiya jarayonlari roʻy berish zonalarining kadastr xaritalari (hisobdagi, operativ) hamda qogʻoz va elektron manbalardagi 1:200000 masshtabli kadastr obyektlari xaritalari;
SXYUZ boʻyicha:
kadastr obyektining nomi —turlicha toifali seysmik xavfli zonalar, kadastr obyekti elementlari — seysmogen zonalar, toifalar boʻyicha tabaqalashtirilgan seysmik taʼsirning seysmogenlararo maydonlari, kuchli zilzilalar markazi (pleystoseyst) hududlari;
seysmogen zonalarning, seysmik xavf toifalari boʻyicha seysmik taʼsirning seysmogenlararo maydonlari kadastr nomeri;
seysmogen zonalarning va seysmik taʼsir zonalarining xarakterli taʼsirlari (kengligi va uzunligi) bilan belgilanadigan kadastr obyekti hajmlari;
yuqori seysmik xavfning rivojlanish turlari (seysmogen zonalar doirasida kuchli zilzilalarning takrorlanuvchanligi, muayyan maydonda silkinishlar takrorlanuvchanligining muqarrarlik bahosi);
yuqori seysmik xavf zonalaridagi obyektlar roʻyxati;
yuqori seysmik xavf yetkazgan zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik);
ayrim hududlar uchun 1:1000000, 1:500000, 1:200000 masshtabli tabiiy xavf yuqori boʻlgan seysmik zonalarning qogʻoz va elektron manbalardagi kadastr xaritalari;
GMHXYUZ boʻyicha:
kadastr obyektining (gidrometerologiya hodisalarining yuqori xavfli zonalari, daryolar havzasi, tizmatogʻ yonbagʻirlari, kotlovina), kadastr obyekti elementlari (kichik zona — soy havzasi, yonbagʻir joylashuvi, gidrometerologiya xavfining roʻy berish uchastkasi) nomi;
kadastr nomeri (daryo va soy havzasi, tizmatogʻ yonbagʻiri, kotlovina boʻyicha);
joylashgan oʻrni (maʼmuriy manzili, xavfli gidrometeorologiya hodisasi roʻy berish uchastkasi);
xavfli gidrometeorologiya hodisasining turlari (tavsifi);
paydo boʻlishining asosiy sabablari;
xavfli gidrometeorologiya hodisalarining roʻy berish zonasida joylashgan obyektlar roʻyxati;
xavfli gidrometeorologiya hodisalari yetkazgan zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
xavfli gidrometeorologiya hodisalari roʻy berish zonalarining qogʻoz va elektron manbalardagi 1:25000, 1:200000 masshtabli kadastr xaritalari.
IV. TXYUZDKni har yili baholash
11. TXYUZDKni har yili baholash mazmuni quyidagilardan iborat boʻladi:
yer yuzasining amalda zararlanishini baholash;
xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar roʻy berishi intensivligini baholash;
xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar roʻy berishidan ijtimoiy, moddiy va ekologik sohalarda koʻrilgan zararni baholash.
V. Kadastr hujjatlari
12. Quyidagilar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi:
obyektning kadastr ishi (tabiiy xavf yuqori zona pasporti);
kadastr xaritalari (1:25000 masshtabli hisob xaritalari, 1:200000 masshtabli kadastr xaritalari, seysmik rayonlashtirish (OSR, DSR) va seysmogen zonalarning 1:1000000, 1:500000, 1:200000 masshtabli xaritalari);
kadastr daftari (boshlangʻich kadastr axborotlari shakllari);
kadastr obyektlarining holati toʻgʻrisidagi hisobot.
Kadastr hujjatlari qogʻoz, elektron va boshqa manbalarda tuziladi.
VI. Kadastr maʼlumotlarini berish tartibi
13. TXYUZDK boʻyicha maʼlumotlar “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga vakolatli organlar tomonidan har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvarigacha boʻlgan holatga koʻra, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan shakl boʻyicha va muddatlarda beriladi.
14. TXYUZDKni yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
15. XGJRZ boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga DKYAT maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun XGJ roʻy berishi toʻgʻrisida quyidagi yigʻma axborotlarni taqdim etadi:
xavfli zonalarning nomi;
xavfli geologiya jarayonlari roʻy beradigan zonalar va zararlanishi mumkin boʻlgan maydonlarning hajmlari;
joylashgan oʻrni (sodir boʻlgan joy: viloyat, tuman, koordinatalar, egallagan maydoni);
xavfli geologiya jarayonlari rivojlanishining eng koʻp turi;
xavfli geologiya jarayonlari taʼsir koʻrsatadigan zonada joylashgan obyektlar roʻyxati;
xavfli geologiya jarayonlari roʻy berish zonalarining 1:200000 masshtabli joylashish sxemasi.
16. SXYUZ boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga DKYAT maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun hududning seysmik xavfliligi toʻgʻrisida quyidagi yigʻma axborotlarni taqdim etadi:
seysmik xavfli zonalarning nomi;
seysmik xavfli zonalarning makondagi holati va xarakterli hajmlari;
seysmik xavflilikning eng koʻp turi (paydo boʻlish zonalari, silkinish zonalari, har xil turdagi seysmik joylashuv holati);
zilzilalar katalogi;
kuchli zilzilalar markazlari (pleystoseys);
seysmogen zonalar va seysmik silkinishlar taʼsir koʻrsatadigan zonalarning 1:1000000 masshtabli hamda ayrim hududlar uchun 1:500000, 1:200000 masshtabli joylashish xaritalari.
17. GMHXYUZ boʻyicha “Oʻzgidromet” markazi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga DKYAT maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun xavfli gidrometerologiya hodisalari paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zonalar toʻgʻrisida quyidagi yigʻma axborotlarni taqdim etadi:
xavfli zonalarning nomi;
joylashgan oʻrni (viloyat, tuman);
gidrometeorologiya hodisalarining eng koʻp turi;
xavfli gidrometeorologiya hodisalarining vujudga kelish zonalarining va zararlanishi mumkin boʻlgan maydonning hajmlari;
1:200000 masshtabli kadastr xaritalari (xavfli gidrometeorologiya hodisalari paydo boʻlishi mumkin boʻlgan zonalar hisobi);
xavfli gidrometeorologiya hodisalari taʼsir koʻrsatadigan zonada joylashgan obyektlar roʻyxati.
18. TXYUZ kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun TXYUZDKni yuritish zimmasiga yuklangan vakolatli organlarning mansabdor shaxslari javob beradilar.
Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish sxemasi
1. Hududiy boʻlinmalar va vakolatli tashkilotlar xizmatlari TXYUZ boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydi.
2. Vakolatli tashkilotlar — Davlat geologiya qoʻmitasining “Oʻzbekgidrogeologiya” DGK, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti, “Oʻzgidromet” markazi TXYUZ boʻyicha kadastr axborotlarini umumlashtiradilar va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasiga beradi.
3. Vakolatli tashkilotlar — Davlat geologiya qoʻmitasining “Oʻzbekgidrogeologiya” DGK, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti, “Oʻzgidromet” markazi soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan TXYUZ boʻyicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
4. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan TXYUZ boʻyicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastri (TXYUZDK) “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. TXYUZDK DKYATning tarkibiy qismi hisoblanadi va tizimli kuzatishlar, oʻlchashlar, tadqiqotlar hamda axborotlar toʻplash natijalari boʻyicha tayyorlanadigan texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar (TXYUZ)ning unifikatsiya qilingan qisqacha tavsiflari va tasvirlari toʻplamidan iborat boʻladi.
3. TXYUZDK kadastr obyektlarini hisobga olishni, ularning holatini va roʻy bergan xavfli texnogen hodisalar oqibatlarini baholash maqsadida yuritiladi.
4. TXYUZDKni yuritish TXYUZni xatlovdan oʻtkazish, uning tavsiflari va parametrlarini baholash, kadastr axborotlarini hujjatlashtirish, hisobga olish hamda undan texnogen avariyalar va halokatlarni oldini olish boʻyicha profilaktika va ogohlantirish choralarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish, ular vujudga kelgan taqdirda esa — ularni tezkorlik bilan mahalliylashtirish va bartaraf etishni taʼminlash orqali taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq belgilangan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida roʻy berishi mumkin boʻlgan texnogen hodisalar (yongʻinlar, portlashlar, xavfli zararli moddalarni tashqariga chiqarish, binolar, inshootlar, texnik qurilmalar va shu kabilar) zonalari hamda:
a) radioaktiv moddalar va materiallar ishlab chiqariladigan, ulardan foydalaniladigan, ular qayta ishlanadigan, hosil boʻladigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilib tashlanadigan obyektlar;
b) barcha turdagi sanoat elektr qurilmalari qoʻllanadigan obyektlar;
v) gidrotexnika inshootlaridan, shu jumladan yirik korxonalar chiqindixonalari va tindirgichlaridan foydalaniladigan obyektlar;
g) ionli nurlanishlar manbalaridan foydalaniladigan obyektlar;
d) favqulodda vaziyatlarga (suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi taʼminotining toʻxtab qolishiga, uy-joy massivlarini suv bosishiga, kanalizatsiya va suvni tozalash tizimlarining ishdan chiqishiga) olib keluvchi buzilishlar (zararlanishlar) sodir boʻlishi mumkin boʻlgan obyektlar TXYUZDK obyektlari hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
6. TXYUZDKni yuritish quyidagi boʻlinmalar tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan obyektlardan foydalanadigan tashkilotlar tomonidan,
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
ishlab chiqarish obyektlarida, portlash-yongʻin chiqishi va radiatsiya xavfi mavjud boʻlgan obyektlarda avariya hollari sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yuqori xavfli zonalar boʻyicha — Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishi boʻyicha davlat inspeksiyasining, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalarining Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalarning bosh kadastr markazi (keyingi oʻrinlarda TXYUZ BKM deb ataladi) tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
odamlarni evakuatsiya qilishni yoki koʻchirishni talab qiladigan xavf yuqori boʻlgan zonalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalarning kadastr markazi tomonidan;
portlash va yongʻin chiqishi xavfi yuqori boʻlgan zonalar (obyektlar) boʻyicha —Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining TXYUZ KM tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
kuchli taʼsir qiluvchi zaharli ximikatlar, pestsidlar, radioizotop buyumlar, radioaktiv va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish obyektlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va uning hududiy markazlari TXYUZ KM tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
yadro fizikasi korxonalarida radiatsiya xavfi yuqori boʻlgan zonalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining TXYUZ KM tomonidan amalga oshiriladi.
7. TXYUZ BKM TXYUZDKni yuritishni muvofiqlashtiradi.
8. Quyidagilar TXYUZDKni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
TXYUZ bilan respublikaning butun hududini qamrab olishning toʻliqligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
barcha obyektlar boʻyicha kadastr axborotlarini shakllantirish va ularni har yili yangilab borish metodologiyasining yagonaligi;
makon koordinatalari yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qoʻllanish;
kadastr axborotlarining ochiqligi.
9. Quyidagilar TXYUZDKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
TXYUZ toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, tahlil qilish, ishlash, hisobga olish, tizimlashtirish, saqlash, yangilab borish;
TXYUZ pasportlarini tuzish va yuritish;
kadastr daftarini yuritish, TXYUZ kadastr rejalarini va xaritalarini tuzish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni zarur kadastr axborotlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlash.
Keyingi tahrirga qarang.
10. TXYUZDKni yuritish boʻyicha ishlar davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. TXYUZDKni yuritishni tashkil etish
11. TXYUZDK tegishli vakolatli organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar va jadvallar asosida yuritiladi, ularda kuzatishlar, TXYUZning boshlangʻich va joriy kadastr axborotlarini toʻplash, ishlash, tadqiqotlar tartibi belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlar:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
obyektlarni identifikatsiya qiladi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
boshlangʻich va joriy kadastr axborotlarini hamda TXYUZning miqdor va sifat boʻyicha holatidagi, iqtisodiy baholashdagi, ularning atrof muhitga taʼsir koʻrsatishidagi oʻzgarishlarni toʻplash va tizimlashtirishni amalga oshiradi.
TXYUZ kadastr daftarlarini yuritadi, maʼlumotlar bazasini toʻldiradi va ularni tizimlashtirish hamda TXYUZDK AATga kiritish uchun TXYUZDK BKMga beradi;
TXYUZ kadastr pasportlarini ishlab chiqadi;
oʻzgarishlarni kadastr pasportlariga oʻz vaqtida kiritishni taʼminlaydi;
yangi TXYUZlar hisobini yuritadi, ular toʻgʻrisidagi baholash axborotlarini toʻplaydi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi va ularning TXYUZDK AATga kiritish uchun oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javob beradi.
13. Har qaysi TXYUZ uchun “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda belgilangan namunadagi kadastr pasporti rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Quyidagilar obyektning kadastr pasportini tuzish uchun boshlangʻich maʼlumotlar hisoblanadi:
oʻz kuzatishlari, oʻlchashlari va tadqiqotlari natijalari boʻyicha olinadigan maʼlumotlar;
sanitariya-texnika pasportlari, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi, ishlab chiqarish-texnika, konstruktorlik, texnologik, foydalanish hujjatlari;
TXYUZ toʻgʻrisida korxonalar, tashkilotlar va boshqa rasmiy manbalardan olinadigan axborotlar.
15. Kadastr pasportlarini ishlab chiqqan vakolatli organlar 5 kun muddatda ularning nusxalaridan bir nusxadan:
TXYUZ BKMga;
TXYUZ BKMning tegishli mintaqaviy boʻlinmasiga;
TXYUZ KMga;
TXYUZ KMning tegishli mintaqaviy boʻlinmasiga taqdim etadi.
16. TXYUZ BKM va TXYUZDK KM vakolati boʻyicha kadastr pasportlarini tekshiradi hamda tegishli roʻyxatdan oʻtkazish axborotlarini va boshqa asosiy axborotlarni kadastr daftariga yozib qoʻyadi.
17. TXYUZ BKM har yili DKYATga kiritish uchun hisobot yilidan keyingi yilning 1-martigacha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga zarur kadastr axborotlarini taqdim etadi. Kadastr maʼlumotlarini taqdim etish shakli va ularning hajmi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. TXYUZDKni yuritish tartibi
18. TXYUZDK texnogen xavf yuqori (TXYU) boʻlgan hodisalarning roʻy berishi mumkin boʻlgan har qaysi zonasi yoki markazi boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻladi.
19. TXYUZDKni yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
20. Quyidagilar TXYUZDKning tarkibiy qismlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
obyektlarni identifikatsiya qilish va TXYU hodisalar roʻy berishi mumkin boʻlgan zonalarni roʻyxatdan oʻtkazish;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
TXYUZning miqdor va sifat tavsiyalarini hisobga olish;
TXYUZni iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy baholash.
21. TXYUZning kadastr axborotlari quyidagilardan iborat boʻladi:
TXYUZning roʻy berishi mumkin boʻlgan turi koʻrsatilgan holda kadastr obyektining nomi;
TXYUZning joylashgan oʻrni;
Oldingi tahrirga qarang.
TXYU hodisalarni vujudga keltiradigan obyektning idoraviy mansubligi va uni foydalanishga kiritish sanasi;
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
obyektning foydalanish maqsadi (agar xavf antropogen omillar taʼsirida vujudga kelsa va tabiiy hodisa boʻlmasa);
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
obyektni hisobga olish sanasi;
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
obyektning kadastr nomeri;
Oldingi tahrirga qarang.
TXYUZda joylashgan obyektlarning roʻyxati;
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
TXYUZning hisobga olingan vaqtdagi holati;
kartografiya materiallari — TXYU hodisaning roʻy berishi mumkin boʻlgan zonalar tasviriga ega boʻlgan, TXYU hodisa taʼsiriga uchragan maydonlar (zonalar) hajmlari koʻrsatilgan holdagi tegishli masshtabi topografiya xaritalari.
22. TXYUZning hisobga olinadigan axborotlari quyidagilardan iborat boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
obyektning xavflilik belgilari roʻyxati;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
obyektning texnologik asbob-uskunasi tavsifi;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
obyektlardagi xavfli moddalardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
zarar yetkazadigan va buzuvchi omillar tavsiflari: taʼsirlarning kuchi, tezligi, hajmi, turkumligi, chastotasi, asosiy yoʻnalishi va roʻy berish tezligi;
inson salomatligiga va atrof tabiiy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar roʻyxati:
sanitariya-muhofaza va qoʻriqlash zonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
inson faoliyati turlarini cheklash zarur boʻlgan uchastkalar chegaralari yoki masofalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
odamlarni evakuatsiya qilishni yoki koʻchirishni talab qiladigan zonalar tavsifi;
TXYUZ hududlaridan foydalanishning belgilangan rejimi, TXYUZda ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatining, odamlar yashashi va boʻlishining asosiy shart-sharoitlari;
TXYU hodisalar taʼsiriga uchragan obyektlar va inshootlar, ushbu obyektlarning buzilishi va shikastlanishi darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
23. TXYUZni baholash axborotlari quyidagilardan iborat boʻladi:
TXYUZni oʻrganish boʻyicha aerosuratga olishlar, gidrometeorologiya, muhandislik, geologiya, seysmik, texnologik, ekologik tadqiqotlar va boshqa ishlar natijalari toʻgʻrisidagi sinovdan oʻtkazilgan hisobotlar;
avariyalar xavfini va roʻy berishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni baholash boʻyicha xulosalar;
sanitariya-gigiyena sharoitlari toʻgʻrisidagi, suv, havo, yer, ifloslantiruvchi (zararli) moddalar konsentratsiyalari holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
faoliyati TXYU hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan korxonalar tomonidan TXYUZni idoraviy tekshirishlar natijalari boʻyicha xulosalar;
TXYUZni oʻrganishgan (tekshirishgan) rasmiy komissiyalar va mutaxassislarning ekspert xulosalari;
TXYUZdagi va uning yaqinidagi yer, suvdan foydalanish, u yerda turli maqsaddagi obyektlarni joylashtirish imkoniyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
TXYU hodisalar yetkazgan zarar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
24. Hisobga olish va baholash maʼlumotlari TXYUZ toʻgʻrisidagi kadastr axborotlari yigʻindisidan iborat boʻladi, u alfavit-raqamli (matnlar, jadvallar) va chizma (xaritalar, sxemalar) koʻrinishida taqdim etiladi, qogʻoz va/yoki elektron manbalarda belgilangan namunadagi kadastr pasporti shaklida rasmiylashtiriladi.
25. TXYUZDKni yuritish kadastr axborotlari uzluksiz ravishda yangilab borishni taʼminlovchi asosiy (boshlangʻich) va joriy hisobga olish (roʻyxatlar) turlaridan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. TXYUZni dastlabki roʻyxatdan oʻtkazishda (roʻyxatlar tuzishda) obyektlar identifikatsiya qilinadi, ularning miqdor va sifat tavsiflari, TXYU hodisalarning roʻy berishi va taʼsirlari dinamikasi qayd etiladi. Obyektlarni identifikatsiya qilish usullari, TXYUZ tavsiflari tarkibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxatdan oʻtkazish axborotlari va boshqa asosiy maʼlumotlar kadastr daftariga yoziladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Joriy hisobga olishda boshlangʻich hisobga olishdan keyin roʻy bergan barcha oʻzgarishlar va TXYUZning roʻy bergan yangi markazlari qayd etiladi. Qayd etilgan joriy oʻzgarishlar kadastr pasportiga va kadastr daftariga kiritiladi hamda TXYUZDK KM va TXYUZDK BKMga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. TXYUZ kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun TXYUZDKni yuritish zimmasiga yuklangan TXYUZ KM va TXYUZ BKM, obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslari javob beradilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritish sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan obyektlardan foydalanuvchi tashkilotlar oʻz obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini toʻplaydilar va ularni tegishli vakolatli idoralarga beradilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
2. Vakolatli idoralar Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya respublika markazi, Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti respublika boʻyicha TXYUZ kadastr axborotlarini toʻplaydilar va ularni TXYUZDKni yuritish boʻyicha bosh idoraga — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. TXYUZDKni yuritish boʻyicha bosh idora — “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi TXYUZ obyektlari boʻyicha kadastr axborotlarini “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasiga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining bosh idorasi soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan TXYUZ boʻyicha axborotlarni olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vakolatli idoralar — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya respublika markazi, Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti soʻrov boʻyicha “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining bosh idorasi orqali “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan TXYUZ boʻyicha axborotlarni olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan TXYUZ boʻyicha axborotlarni olishi mumkin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-noyabrdagi 242-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 460-modda)
7. DKYATdan foydalanuvchilar soʻrov boʻyicha “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining DKYAT maʼlumotlar bazasidan TXYUZ boʻyicha kadastr axborotlarini olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 181-modda; 2006-y., 46-47-son, 460-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 28-son, 649-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 15.04.2022-y., 09/22/191/0315-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)