Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarining moddiy sharoitlarini yaxshilash va ularning mehnatini rag‘batlantirish, yetim bolalarni hamda kam ta’minlangan oilalarning bolalarini moddiy ta’minlash va birinchi sinf o‘quvchilarini zarur o‘quv qurollari bilan ta’minlashda davlat yordamini ko‘rsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab umumta’lim maktablari va barcha tur hamda nomdagi maktab-internatlarning o‘qituvchilari, o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari muallimlari uchun eng kam oylik ish haqiga foizlarda tabaqalashtirilgan qo‘shimcha haqning quyidagi miqdorlari belgilansin:
V—XI (XII) sinflar o‘qituvchilariga, o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari muallimlariga yozma ishlarni tekshirganlik uchun:
o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari muallimlariga chizmachilik va texnik matematika (konstruksiyalash) bo‘yicha yozma ishlarni tekshirganlik uchun 25 foiz miqdorida;
b) umumta’lim maktablarining, barcha turdagi maktab-internatlar (o‘qitishning sessiya rejimi bo‘yicha ishlovchi kechki (smenali) o‘rta umumta’lim maktablari, sirtqi maktablar va bo‘limlardan tashqari), o‘rta maxsus, hunar-texnika o‘quv yurtlarining o‘qituvchilariga va boshqa xodimlariga sinf rahbarligi uchun qo‘shimcha haq — 50 foiz miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
2. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab bevosita o‘quv-tarbiya jarayonlari bilan bog‘liq rahbar xodimlarning, jismoniy yoki aqliy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun maxsus o‘quv-tarbiya sinflari (guruhlari)dagi alohida ish sharoitlari uchun pedagog xodimlar, ruhshunoslar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining stavkalari va oylik lavozim maoshlariga qo‘shimcha haq 2 baravar oshirilsin.
3. 1997-yil 1-sentabrdan boshlab haftalik o‘quv soatlarini 30 soatdan 25 soatgacha kamaytirish hisobiga bolalar uylari va barcha turdagi internatlar tarbiyachilarining ish haqlari o‘rtacha 1,2 baravar oshirilsin.
4. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga, shuningdek, barcha turdagi maktab-internatlarda, o‘rta hunar-texnika bilim yurtlarida, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan yetim bolalarga, ota-onalarining qarovisiz qolgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ular ishga joylashish chog‘ida har bir kishiga eng kam ish haqining 16 baravari miqdori hisobidan kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar, shuningdek, dastlabki xarajatlar uchun eng kam ish haqining 1,5 baravari miqdoridagi yordam puli berilsin.
Mehribonlik uylari, maktab-internatlar va hunar-texnika o‘quv yurtlari rahbarlariga yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan, to‘la davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga, ular muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilgan hollarda, shuningdek, nikohdan o‘tganda, ularning xohishiga ko‘ra, eng kam ish haqining 16 baravari miqdoridagi pul kompensatsiyasi berish va ushbu summani kiyim-bosh, oyoq kiyim va jihozlar o‘rniga respublika Xalq banki muassasalariga bitiruvchi nomiga omonat sifatida o‘tkazish huquqi berilsin.
Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda yetim bolalarga va ota-onalarining qarovisiz qolgan bolalarga bir yo‘la yordam puli va jihozlar berish tartibini, ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlashni nazarda tutgan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
maktablardagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan tekin ta’minlash joriy qilinsin.
Birinchi sinf o‘quvchilarini o‘quv qurollari to‘plami bilan va kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan boshlang‘ich sinf maktab o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan tekin ta’minlash tartibi 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi birinchi sinf o‘quvchilari uchun o‘quv qurollari va maktab o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh to‘plamlari markazlashtirilgan tartibda xarid qilinishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
8. O‘z qaramog‘ida o‘quv yurtlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar ushbu qarorning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Mazkur tartib birinchi sinf o‘quvchilarini o‘quv qurollari to‘plami bilan tekin ta’minlash tartibini belgilaydi.
1. Barcha maktablarning direktorlari birinchi sinf o‘quvchilari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlariga taqdim etadi. Tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari tuman (shahar) bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni, hokimlik bilan kelishib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga taqdim etadi. Hududiy organlar yig‘ilgan buyurtmanomalarni Xalq ta’limi vazirligining “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasiga va Maktablar bosh boshqarmasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xalq ta’limi vazirligi “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasiga maktab o‘quv qurollarini sotib olishni topshiradi. O‘quvchilar o‘quv qurollari to‘plamiga quyidagilar kiradi:
3. Xalq ta’limi vazirligining “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasi maktab o‘quv qurollarini ushbu maqsadlar uchun Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar doirasida “O‘zbeksavdo” korxonalari va tashkilotlaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan tanlov asosida sotib oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Maktab o‘quv qurollari tasdiqlangan assortimentda “Ta’limta’minot” viloyat korxonalariga jo‘natiladi.
5. “Ta’limta’minot” respublika, Qoraqalpog‘iston va viloyat korxonalari maktab o‘quv qurollarini hududiy organlar taqsimoti bo‘yicha xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlariga yetkazadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Maktab o‘quv qurollarini birinchi sinf o‘quvchilariga tantanali ravishda topshirishni hokimliklar rahbarlari, mahalliy kengashlarining deputatlari, ota-onalar qo‘mitalari va xalq ta’limi organlari vakillari amalga oshiradi.
7. Maktab o‘quv qurollarini topshirish tantanali ravishda 1-sentabrda yoki hokimliklar va tegishli organlarning qaroriga ko‘ra boshqa belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
8. Olinadigan o‘quv qurollari miqdori va ularning so‘mda ifodalanishi ko‘rsatilgan ro‘yxat bilan birga o‘quvchilarning familiyalari keltirilgan vedomost maktab o‘quv qurollari berish huquqiga asos bo‘lib hisoblanadi. Bolalarning familiyalari qarshisiga ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar imzo chekadilar, shundan keyin ushbu vedomost hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
9. Xalq ta’limi hududiy organlari maktab o‘quv qurollarini berish tugallangandan keyin 15-oktabrgacha “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasiga hisobot taqdim etadilar. “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasi ajratilgan mablag‘lardan foydalanganlik to‘g‘risidagi ma’lumotni 1-noyabrda Moliya vazirligiga va Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi.
10. Davlat mablag‘laridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Xalq ta’limi vazirligiga, ishonchli berish va hisobdan chiqarish uchun javobgarlik — tuman (shahar) xalq ta’limi, maktablar va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Xalq ta’limi vazirligi yillik hisobotda ajratilgan mablag‘lardan foydalanishni alohida qatorda ko‘rsatadi.
12. Mahalliy moliya organlari barcha maktablarda o‘quvchilarga maktab o‘quv qurollari berilishi bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur tartib kam ta’minlangan oilalar o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
1. Maktablarning rahbarlari ota-onalar qo‘mitasi bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalarning I—IV sinflar o‘quvchilarini aniqlaydi. Ushbu ma’lumotlarni kiyim-bosh o‘lchami va bolaning jinsini ko‘rsatgan holda xalq ta’limi tuman (shahar) bo‘limlariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xalq ta’limi organlari maktablar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plab umuman tuman (shahar) bo‘yicha qishki kiyim-boshga bo‘lgan ehtiyojga yig‘ma vedomost tuzadi va hokimlik bilan kelishib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga va viloyat xalq ta’lim boshqarmasiga taqdim etadi.
3. Xalq ta’limi hududiy organlari olingan ma’lumotlarni har bir tuman bo‘yicha umumlashtiradi va Xalq ta’limi vazirligi “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasiga buyurtmanoma beradi. Umuman olganda kam ta’minlangan oilalarning o‘quvchilari uchun kiyim-boshga bo‘lgan ehtiyoj mazkur viloyatda ta’lim oluvchi boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari umumiy sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasi qishki kiyim-bosh va poyabzalga bo‘lgan zarur ehtiyojga joylardan buyurtmanoma olib, respublika Moliya vazirligi tomonidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida qishki kiyim-bosh va poyabzal sotib olish, saqlash va yetkazish bo‘yicha barcha xarajatlarning umumiy summasini belgilaydi. Natural va qiymat ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan holdagi taqsimot har bir viloyat bo‘yicha alohida vazirlik rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
5. “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasi tasdiqlangan taqsimotni bajarish uchun qabul qilib olib, kiyim-boshlarni tikishga buyurtmalar berishga kirishadi yoki tayyor buyumlarni “O‘zbeksavdo”, “O‘zbekyengilsanoat” korxonalari va tashkilotlaridan va boshqa yetkazib beruvchilardan tanlov asosida sotib oladi. Haq to‘lash davlat budjeti mablag‘lari hisobidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. “Ta’limta’minot” bosh boshqarmasi sotib olingan kiyim-bosh va poyabzallarni tasdiqlangan taqsimotga muvofiq “Ta’limta’minot”ning Qoraqalpog‘iston va viloyat korxonalariga jo‘natadi.
7. “Ta’limta’minot”ning respublika, Qoraqalpog‘iston va viloyat korxonalari o‘z navbatida ularni tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari buyurtmanomalariga muvofiq ularga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ota-onalar qo‘mitasi va maktab pedagogika kengashi majlisi bayonnomasidan ko‘chirma kiyim-bosh berish huquqiga asos hisoblanadi, unga muvofiq son va so‘m ifodasida buyumlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holda o‘quvchilarning familiyalari keltirilgan vedomost tuziladi. Bolalarning familiyalari qarshisiga ota-onalar yoki yaqin qarindoshlar imzo chekadilar, shundan keyin ushbu vedomost hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
10. O‘quvchilarga qishki kiyim-boshlar to‘plamini topshirishni ota-onalar qo‘mitalari va xalq ta’limi organlari vakillari amalga oshiradi.
11. Jamoa tomonidan topshirilgan temir-tersak, chiqindi qog‘oz, pilla, paxta tolasi uchun tayyorlov tashkilotlaridan mablag‘ tushganda maktablar, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari rahbarlari ularni qo‘shimcha ravishda kiyim-bosh sotib olish uchun yo‘naltirishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Bajarilgan ish yakunlari bo‘yicha 15-oktabrgacha o‘quvchilarga kiyim-bosh va poyabzallar berilishi tugallanganligi to‘g‘risida joylardan axborot taqdim etiladi va 1-noyabrda Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligiga to‘liq hisobot taqdim etadi.
13. Xalq ta’limi vazirligi yillik hisobotda kiyim-bosh sotib olish uchun olingan markazlashtirilgan tartibda ajratilgan mablag‘larning sarflanganligini alohida qatorda ko‘rsatadi.
14. Kiyim-bosh, poyabzallar sotib olish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining to‘g‘ri sarflanishini nazorat qilish Xalq ta’limi vazirligiga, o‘quvchilar sonini aniqlashning ishonchliligi va kiyim-bosh berishning to‘g‘riligi uchun javobgarlik — ota-onalar qo‘mitalariga, xalq ta’limi organlariga va mahalliy hokimiyat organlariga yuklanadi.
15. Mahalliy moliya organlari kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinflar o‘quvchilariga qishki kiyim-bosh to‘plamlarining maqsadli berilishini tekshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.