Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PATTA TOʻLOVLARI MIQDORLARINI BELGILASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Patta toʻlovlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mollar, buyumlar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bozorlarda, yarmarkalarda va sotish uchun maxsus ajratilgan boshqa joylarda sotayotgan jismoniy shaxslardan savdo qilinadigan har bir kun uchun undiriladigan patta haqining quyidagi miqdorlari belgilansin:
|
Patta toʻlovi undiriladigan obyektlar nomi |
Tovar yoki joy birligi |
Patta toʻlovi miqdori (soʻmlarda) |
| Avtomashina sotganlik uchun | Bir donasi uchun | 400 |
| Boshqa transport vositalarini sotganlik uchun | —”— | 100 |
| Ehtiyot qismlarni sotganlik uchun | bitta joy uchun | 50 |
| Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va tovarlarni sotganlik uchun: | | |
| yuk mashinasida sotganlik uchun | bitta joy uchun | 90 |
| yengil mashinada sotganlik uchun | —”— | 60 |
| aravalarda sotganlik uchun | —”— | 30 |
| stolda, rastada, qoʻl aravachada, qoʻlda, yerda, savatda, chelakda va boshqalarda sotganlik uchun |
—”— | 25 |
| qovun-tarvuz sotganlik uchun | 1m2 | 4 |
| Kooperativlar va hunarmandchilik buyumlarini sotganlik uchun | bitta joy uchun | 50 |
| Uy hayvonlari va jonivorlarni sotganlik uchun: | | |
| koramol, ot va tuya sotganlik uchun | har bir bosh hisobiga | 80 |
| buzoq, toy sotganlik uchun | —”— | 40 |
| qoʻy-echki sotganlik uchun | —”— | 40 |
| qoʻzichoq, uloq sotganlik uchun | —”— | 20 |
| gʻoz, oʻrdak, tovuq, kurka, quyon sotganlik uchun | —”— | 10 |
| gʻoz, oʻrdak, tovuq, kurka joʻjalari, quyon bolalari sotganlik uchun | —”— | 1 |
| ziynatli qushlar va qafasda saqlanadigan boshqa hayvonlar va jonivorlar sotganlik uchun |
bitta joy uchun | 20 |
| Akvarium baliqlari sotganlik uchun | —”— | 20 |
| | | |
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bozorlarda, yarmarkalarda va boshqa maxsus belgilangan joylarda tovarlar, mahsulotlarni sotishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini taʼminlasinlar.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bozorlar, yarmarkalar va boshqa maxsus belgilangan joylarning rivojlanish darajasiga bogʻliq ravishda mahalliy budjetga oʻtkaziladigan mablagʻlar miqdorini belgilasinlar. Bunda patta toʻlovi sifatida kelib tushadigan mablagʻlarning kamida yarmi bozorlar, yarmarkalar va boshqa maxsus belgilangan joylar tasarrufida qoldiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi belgilangan miqdorlarda patta toʻlovlarining toʻgʻri undirilishi va budjetga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda patta toʻlovini undirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklariga, idoralariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlap va Toshkent shahar hokimliklariga, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olib, bozorlarda, yarmarkalarda va savdo uchun maxsus belgilangan joylarda patta toʻlovlari miqdorlarini qayta koʻrib chiqish huquqi berilsin.
(qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 20-iyuldagi 366-son qaroriga muvofiq 6-band bilan toʻldirilgan)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 23-mart,
152-son