Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 18.03.1993 yildagi 144-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUTBOLNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli “Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda futbolning ommaviyligi va unga katta qiziqish borligini, uning aholi sogʻligʻini mustahkamlashdagi va jismoniy tarbiyani yaxshilashdagi muhim ahamiyatini, xalqaro maydondagi sport aloqalarini kengaytirishdagi keng imkoniyatlarini eʼtiborga olib va uni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 10-mayga qadar 2000-yilgacha futbolni rivojlantirish milliy dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 1-aprelga qadar respublikada barcha yosh guruhlari boʻyicha komandalar ishtirokida futbol musobaqalarini oʻtkazishning yagona tizimini ishlab chiqsinlar. Ommaviy futbol uchrashuvlarini uyushtirishga, qobiliyatli sportchi yoshlarni izlashga va tarbiyalashga alohida eʼtibor bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda 1993-yilda “Paxtakor” komandasining, Oʻzbekistondagi boshqa terma va professional futbol komandalarining maqomini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish fondi taʼsis etilib, unga Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan 100 million soʻm ajratilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining, “Oʻzmashpaxtagazlama” davlat konsernining, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining, “TTZ” ishlab chiqarish birlashmasining, Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasining fondni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash haqidagi tashabbusi maʼqullansin hamda ajratilgan mablagʻlar respublikada futbolni rivojlantirishning zamonaviy bazasini vujudga keltirishni jadallashtirishga, Oʻzbekistonning sogʻlom va barkamol fuqarolarini tarbiyalab yetishtirishdek oliyjanob ishga koʻmaklashadi, deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi oʻn kun muddat ichida Respublika futbol federatsiyasi bilan birgalikda Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish fondi nizomini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasining tasdigʻiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi Respublika futbol federatsiyasi bilan birgalikda “Paxtakor” komandasining anʼanalarini tiklash uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrsin, komandani yuqori malakali mutaxassislar va umidbaxsh futbolchilar bilan mustahkamlasin, “Qibray” oʻquv-mashq sport kompleksi asosiy baza qilib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-1994-yillarda markaziy “Paxtakor” stadionini, “Qibray” va “Chigʻatoy” sport bazalarini puxta taʼmirlash amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yilda puxta taʼmirlash ishlari uchun zarur mablagʻlarni ajratsin va 1994-yilda ham shunday ishni koʻzda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining qurilish, transport va aloqa majmui (oʻrtoq Toʻlaganov) taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda yordam bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi sport maqsadlariga atab ishlab chiqariladigan tovarlarning, shu jumladan, futbol kiyimlari, toʻp va poyabzalning sifati yaxshilanishini hamda turlari koʻpaytirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi Respublika futbol federatsiyasi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda milliy terma futbol komandalari uchun kiyim formasini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika futbol boʻyicha oliy sport mahorati maktabining “Chigʻatoy” bazasida respublika yoshlar va oʻspirinlar komandalarining olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik markazini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika chempionati va birinchiligi qatnashchilari — oliy hamda birinchi uyushma futbol klublari huzurida bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini ochsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublikaning barcha mintaqalarida futbolni rivojlantirishga va buning uchun viloyatlar hamda Toshkent shahri futbol federatsiyalari raislarining yuksak masʼuliyatiga katta ahamiyat berib, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining shu lavozimlarga saylanishlari faxrli vazifa deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat istiqbolni belgilash va statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi terma komandalarining xalqaro musobaqalarda, chempionlar sovrini, sovrin egalarining sovrini rasmiy musobaqalarida va shu darajadagi boshqa bellashuvlarda qatnashishlariga tayyorgarlik koʻrishlari va ishtirok etishlari uchun har yili mablagʻ ajratishni, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyuta ajratishni koʻzda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi terma komandalar uchun va xalqaro futbol musobaqalarida qatnashuvchi komandalar uchun aviatsiya biletlari rasmiylashtirilishini va sotib olinishini taʼminlasin. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining chet ellardagi vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining iltimosiga binoan bu komandalarni kutib olishni va ularning tranzit qatnovini uyushtirishda har tomonlama yordam bersinlar.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi terma komandalarning va klub komandalarining aʼzolari, shuningdek, ayrim mutaxassislar, trenerlar va futbolchilar uchun chet elga chiqish ruxsatnomalari oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini taʼminlasin. Chet elga chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan Respublika Futbol federatsiyasining belgilangan tartibdagi takliflari asosida ruxsatnoma beriladigan boʻlsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning joylardagi organlari futbol klublarini sport sohasiga ixtisoslashgan malakali shifokorlar va tibbiy xodimlar bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasining talabnomalariga binoan zarur tibbiy ashyolar va dori-darmonlar bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ommaviy axborot vositalari, Oʻzbekiston televideniye va radioeshittirish kompaniyasi respublikada futbol harakatining rivojlanishini, eng yaxshi sport klublari, sport maktablari, jismoniy tarbiya jamoalari, mutaxassislar va trenerlarning faoliyatini muntazam ravishda batafsil yoritib borsinlar, respublikada futbol musobaqalari haqida yuksak saviyada sharhlar tayyorlasinlar, “Sport” gazetasi huzurida “Oʻzbekistonda futbol” haftanomasini chiqarish tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi organlari futbol musobaqalarini oʻtkazish paytida jamoat tartibini, tomoshabinlarning, musobaqa qatnashchilarining, hakamlar guruhlarining xavfsizligini saqlashni taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralarni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrtoq A.M. Mutalov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-son