LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish sohasida ta’sirchan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonun va bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq aholining ish bilan ta’minlanish darajasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnatga haq to‘lashni bundan buyon ham takomillashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tarkibiy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirining uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
vazirlikning hay’ati 7 kishidan iborat bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vaziri lavozimiga ko‘ra hay’at tarkibiga kiradi.
respublikaning barcha mehnat organlari xodimlarining soni ko‘pi bilan 3940 kishidan, shu jumladan, Mehnat vazirligi markaziy apparati bo‘yicha — 70 kishidan (binoga xizmat ko‘rsatish va qo‘riqlash xodimlaridan tashqari) iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari xodimlarini mablag‘ bilan ta’minlash davlat budjetidan, tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari (mehnat birjalari) xodimlari esa ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish muammolari ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston ijtimoiy tadqiqotlar respublika markazi va Tarmoq axborot-hisoblash markazi tugatilib, O‘zbekiston mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish muammolarini o‘rganish respublika markazi tashkil etilsin. Mehnat vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, hokimliklar, vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlar buyurtmalariga binoan xo‘jalik hisobi asosida tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin;
Ishchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ishdan bo‘shab qolganlarni kasbga yo‘naltirish va qayta o‘qitish O‘zbekiston respublika metodologik markazi tugatilib, uning o‘qish rejalari, dasturlari va qo‘llanmalar ishlab chiqishga doir vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi markaziy apparati zimmasiga yuklatilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bo‘yicha Respublika markaziy laboratoriyasi faoliyatini xo‘jalik hisobi asoslarida tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin.
demografik jarayonlarni hisobga olgan holda, mehnatdan foydalanish va ish bilan ta’minlash, aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini, mehnatga haq to‘lash, mehnat me’yorlari va sharoitlarini takomillashtirish, ijtimoiy mehnat munosabatlari masalalariga doir xalqaro shartnomalarni bajarish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi;
aholining turmush darajasini, tarkibini, sonini tahlil qilish va prognozlash, hisobga olib borish, demografiya, mehnat resurslari balanslarini ishlab chiqish bo‘yicha “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi belgilansin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalarining hamda tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari (mehnat birjalari)ning namunaviy tuzilmalari va xodimlarining cheklangan soni 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari, respublika shahar va tumanlaridagi mehnat birjalari tegishli ravishda viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarrufida bo‘ladilar;
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari boshliqlarini ishga tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘limlari (mehnat birjalari) rahbarlarini ishga tayinlash tegishli viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan, tuman (shahar) hokimlari tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat organiga uslubiy rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
migratsiya jarayonlarini boshqarish, demografik vaziyatni o‘rganish va uni yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
ishsizlarni va ish bilan band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash;
ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan samarali foydalanish;
xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa davlatlarning mehnat organlari bilan ishchi kuchlaridan foydalanish bo‘yicha aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish, xorijiy mehnat bozorlarining aloqa va ehtiyojlarini o‘rganish, ishchi kuchlarini eksport qilish hamda tuzilgan shartnoma va kontraktlarga muvofiq chet ellarga ishga ketayotgan respublika fuqarolari manfaati va huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish.
aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
muhtojlarga, ularning haqiqiy daromadlarini hisobga olgan holda, ko‘rsatilayotgan yordamlarning maqsadga yo‘naltirilganligini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning eng kam miqdorlarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
tuzilgan shartnoma va kontraktlarga muvofiq chet ellarga ishga ketayotganlar mehnatiga haq to‘lash va ularni ijtimoiy kafolatlash shartlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun kvotalanadigan ish o‘rinlari yaratish va ushbu o‘rinlarning to‘ldirilishini nazorat qilib borishni ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va uning samaradorligini tahlil etish uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish.
mehnatga ishtiyoq va rag‘batni kuchaytirish chora-tadbirlarini, normalarni, normativlarni, tarif stavkalari va maoshlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
mehnat sharoitlarini, mehnat qonunchiligi bajarilishini davlat ekspertizasidan o‘tkazish va nazorat qilishning normativ-huquqiy hujjatlarini, mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlar uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarini, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning bajarishi majburiydir.
7. Mehnat munosabatlari yuzasidan kasaba uyushmalari va ishga yollovchilar ishtirokida tuziladigan uch tomonlama bitimlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga davlat manfaatlarini himoya qilish huquqi berilsin.
mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va tuman bo‘limlari mehnat birjalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin;
tasarrufdagi tashkilotlarning vazifalarini qayta ko‘rib chiqsin tuzilmasini va nizomlarini tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga mazkur qarordan kelib chiqadigan zarur o‘zgarishlarni kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi Nizom loyihasini, vazirlikning yangi vazifalari va faoliyati yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziriga vazirlikning markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgarishlar kiritish huquqi berilsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda:
bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichini hisobga olgan holda aholini ish bilan ta’minlashning mintaqaviy dasturlari mazmunini, ularni yangi ishchi o‘rinlari barpo etishga, xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash, jamoat ishlarini kengaytirishga ko‘proq yo‘naltirgan tarzda, qayta ko‘rib chiqsinlar, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlasinlar;
ikki hafta muddatda mehnat bo‘yicha respublika, viloyat, shahar va tuman organlari faoliyatini ko‘rib chiqsinlar, ularning tuzilmalarini aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilishni boshqarish masalalarini hal qilishga yo‘naltirish, ularning o‘zaro va respublika Mehnat vazirligi bo‘linmalari bilan puxta hamkorlik qilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar. Mehnat organlari zimmasiga yuklatilgan yangi vazifalardan kelib chiqqan holda xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazsinlar, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
10. Mehnat vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, Tashqi ishlar vazirliklari va boshqa idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda respublikadan ishchi kuchlarini eksport qilishni, chet ellarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, xorijiy davlatlar mehnat bozorini o‘rganish mexanizmini ishlab chiqish, mehnat kontraktlari bo‘yicha chet ellarga jo‘nab ketish hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilsin.
11. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga “Mehnat” gazetasini ta’sis etish va xo‘jalik hisobi asosida nashr qilish huquqi berilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahri, Abay ko‘chasi, 4-uyga joylashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-oktabrdagi 253-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.