Mamlakat aholisi sog‘lig‘ini muhofaza qilishga muhim ahamiyat berib hamda neyroxirurgiya yordami tashkil etilishini takomillashtirish va uning sifatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika neyroxirurgiya markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi tashkil etilsin.
respublikada neyroxirurgiya xizmatining ahvolini o‘rganish, tashhis qo‘yishning yangi samarali usullarini ishlab chiqish, neyroxirurgiya kasalliklarini davolash, oldini olishga doir ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va ularni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish;
neyroxirurgik patologiyaga uchragan bemorlarni davolash va ularga tashhis qo‘yishni yaxshilash masalalari bo‘yicha ilmiy, uslubiy va axborot materiallarini ishlab chiqish va nashr etish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi respublikada sog‘liqni saqlashning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda neyroxirurgiya xizmatini rivojlantirishning istiqbolli dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi davlat ilmiy-texnika dasturlari va innovatsiya loyihalari doirasida 1998-yilda va keyingi yillarda Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi tomonidan “Neyroxirurgiya kasalliklariga tashhis qo‘yish, davolash, oldini olishning yangi samarali usullarini ishlab chiqish va ularni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish” ilmiy-texnika dasturi bajarilishini nazarda tutsin.
Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi yangi binosi qurilishining texnik-iqtisodiy asoslanishini uch oy muddatda ishlab chiqsinlar, uning zamonaviy tibbiy priborlar va ilmiy-tadqiqot asbob-uskunalari bilan moddiy-texnik jihozlanishini nazarda tutsinlar;
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslash asosida Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi binosi qurilishi bo‘yicha ishlarni bajaruvchini aniqlash maqsadida tender o‘tkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlasinlar.
5. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazining yangi binosi qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi masalani bir oy muddatda hal etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda texnik-iqtisodiy asoslash asosida Vazirlar Mahkamasiga kapital qo‘yilmalar limitlari hamda Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi qurilishini mablag‘ bilan ta’minlashning zarur hajmlari va manbalari yuzasidan taklif kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1998-1999-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi va respublika neyroxirurgiya xizmati uchun tender bo‘yicha tibbiy texnika xarid qilishga ilovaga* muvofiq maqsadli mablag‘lar ajratsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi xodimlarining shtat jadvalini 443 nafardan iborat etib saqlab qolsin. Xodimlarning umumiy soni doirasida ilmiy markazning shtat tuzilmasiga direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, ilmiy kotib va patentchi lavozimlari kiritilsin.