O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKENERGO” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2001-YIL 24-FEVRALDAGI 93-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari maktab ta’limi jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 2-iyundagi 263-son va “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 24-fevraldagi 93-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshiga “pensiya jamg‘armasiga” so‘zlaridan keyin “hamda Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari qo‘shilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 26-may,
134-son
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 153-modda)