Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 02.07.1999 yildagi 324-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTONDA TURIZM SOHASI UCHUN KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi “2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” va 1999-yil 30-iyundagi “Oʻzbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash toʻgʻrisida”gi farmonlarni bajarish, yurtimizda turizm boʻyicha zamon talablari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus taʼlim muassasalarini yaratish hamda shu asosda mamlakatimizda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda 1999-yil 1-avgustga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida xalqaro turizm fakultetini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar mehmonxona xoʻjaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar kollejini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-iyundagi “1999/2000 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga qabul toʻgʻrisida”gi 282-son qarorining 1 va 2-ilovalariga quyidagi oʻzgartirish kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent madaniyat instituti bakalavriatiga turizm sohasi uchun rejalashtirilgan 80 ta qabul kvotasi (40 ta davlat grantlari va 40 ta toʻlov-kontrakt asosida) Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999 — 2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mablagʻ bilan taʼminlash dasturi toʻgʻrisida” 1998-yil 23-sentabrdagi 406-son qarori doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000 — 2005-yillar mobaynida, zarur pedagogik kadrlar tayyorlanishini hisobga olgan holda, Samarqand, Buxoro, Xiva, Fargʻona, Termiz va Shahrisabz shaharlarida turizmga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarini tashkil etish rejasini 1999-yilning 1-sentabriga qadar tuzsin va uni bosqichma-bosqich amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar mehmonxona xoʻjaligi va turizm litseyini qayta ixtisoslashtirilishiga sarflanadigan mablagʻlar ushbu qarorning 12, 14-ilovasida belgilanganini eʼtiborga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 1-avgustga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti va Toshkent turizm kasb-hunar kolleji nizomlari, tuzilmalari va shtatlar roʻyxatlarini, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsinlar va oʻrnatilgan tartibda amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakultetini va Toshkent turizm kasb-hunar kollejini malakali pedagogik kadrlar bilan taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohasidagi xalqaro aloqalarga tayangan holda, mamlakatimizga xorijdan yuqori malakali pedagoglarni muntazam ravishda taklif etish va ularni oʻqish jarayoniga jalb qilishni amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999/2000 oʻquv yili mobaynida, turizm boʻyicha chet eldagi nufuzli oʻquv markazlarida qoʻllanilayotgan darsliklar mazmunini oʻrganib chiqsinlar, uni oʻzbek xalqining boy anʼana va qadriyatlari bilan uygʻunlashtirgan holda, respublikada turizm yoʻnalishidagi taʼlim muassasalari uchun zamonaviy darsliklar va oʻquv adabiyotlarini yaratish hamda nashr etishni taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm boʻyicha tashkil etilayotgan taʼlim muassasalarini zarur asbob-uskuna va mebellar, zamonaviy kompyuter texnikasi va chet tillarni mukammal oʻqitish vositalari bilan jihozlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi turizm sohasidagi taʼlim muassasalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy turistik tashkilotlar hamda yetakchi oʻquv-ilmiy markazlari bilan samarali hamkorlik qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, Butunjahon turistik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan turistik dasturlarda ishtirok etishda amaliy yordam bersinlar va faol qatnashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi turizm sohasidagi barcha taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirib borishda doimiy homiy sifatida ish yuritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti hamda turizm sohasidagi kasb-hunar kollejlari uchun marketing izlanishlarini olib borsinlar va shu asosida har yili taʼlim muassasalarining qabul koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining hisob-kitoblar asosida 1999/2000 oʻquv yilida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro turizm fakulteti va turizm kasb-hunar kolleji faoliyatini taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 2-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
324-son