Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) huquqiy hujjatlari (keyingi o‘rinlarda “me’yoriy hujjatlar” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak va ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinmagan tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar buzilganligi uchun javobgarlik choralarini qo‘llash taqiqlanadi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-iyuldagi 183-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 28-son, 341-modda)
me’yoriy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib raqami va sanasi ko‘rsatilmagan holda tarqatilishi va e’lon qilinishi taqiqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan me’yoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilinishi kerak.
(1-bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 97-modda. 2017-yilning 25-sentabridan boshlab kuchga kiradi)
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan Nizomni qo‘llashga doir tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlar qabul qilish va qo‘llash shuningdek, qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha ishini nazorat qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga o‘n kun muddatda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi da’volar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qo‘yish huquqi berilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan da’volar sudga berilganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi negizida Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda).
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik to‘g‘risidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar (keyingi o‘rinlarda vazirliklar va idoralar deb ataladi) tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini, shuningdek ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda me’yoriy hujjatlar deb ataladi), ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi ma’lumotlarning xususiyatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Ushbu Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qo‘mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek umumiy majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan davlat boshqaruvi respublika organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
Ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar me’yoriy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ularni o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan me’yoriy hujjatlar qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar o‘n kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur me’yoriy hujjatning noqonuniyligi to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishga haqlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan organga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiya, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi, tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Normativ hujjatlar Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar shaklida qabul qilinadigan me’yoriy hujjatlar va boshqa hujjatlar buyruqlar va qarorlar bilan tasdiqlanishi mumkin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar va boshqalar), shuningdek yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlarga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo bo‘lgan taqdirda, agar ushbu masalalarni me’yoriy tartibga solish o‘z vakolatlariga kirsa, tegishli me’yoriy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga tegishli me’yoriy hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan me’yoriy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir oydan oshmasligi kerak.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Me’yoriy hujjatda mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining qaysi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
8. Me’yoriy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, bo‘lajak hujjat bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlash kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar me’yoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi — muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma bo‘lgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjat qoidalari lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Zaruriyat bo‘lgan taqdirda me’yoriy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilingan holda undan ayrim qoidalar takrorlanadi.
Me’yoriy hujjatda, qoidaga ko‘ra, oldin vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjatlar matniga qonun hujjatlariga havolalar kiritishga faqat istisno hollarda yo‘l qo‘yiladi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur me’yoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga havola qilish ularning o‘zaro aloqasini ko‘rsatish yoki takrorga yo‘l qo‘ymaslik zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjatning har bir bandida bitta huquqiy norma bo‘lishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak.
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar me’yoriy hujjatda ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Me’yoriy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan hal etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, ushbu organning muhri bilan tasdiqlangan imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Agar me’yoriy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotishi e’tirof etilishini yoki ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan me’yoriy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
me’yoriy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, me’yoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan boshqa holatlar);
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
mazkur organ tomonidan ushbu masala bo‘yicha ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ushbu masala bo‘yicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni o‘zgartirish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish to‘g‘risida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tayyorlangan me’yoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati tomonidan o‘tkaziladigan huquqiy ekspertizadan o‘tishi kerak.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Taqdim etilgan me’yoriy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qo‘yilgan, ilova qilingan ma’lumotnoma esa imzolangan bo‘lishi kerak.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan me’yoriy hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan qo‘shimcha o‘rganishni talab etgan hollarda, hujjatni ko‘rib chiqish muddati 20 kungacha uzaytirilishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Zarurat bo‘lsa, huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda Adliya vazirligi qo‘shimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, me’yoriy hujjatlar bo‘yicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
15. Agar taqdim etilgan me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lgan va mazkur Nizomning II bo‘limida ko‘rsatilgan talablariga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjat, agar hujjatning o‘zida yanada kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va bajarilishi kerak.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi, shuningdek tadbirkorlik subyektlari javobgarligining yangi choralarini belgilovchi normativ hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuchga kirishi muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bunda normativ hujjatning kuchga kirishi muddati u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oydan kam bo‘lmasligi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-iyuldagi 183-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 28-son, 341-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Agar me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lsa, mazkur Nizomning II bo‘limi talablariga javob bermasa, yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa, me’yoriy hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organlarga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni mukammallashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin me’yoriy hujjatning asl nusxasining bir nusxasi unga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, asl nusxaning bir nusxasi hisobga olish va e’lon qilish uchun Adliya vazirligida qoladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qonun hujjatlari o‘zgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘z normativ hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan normativ hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar ushbu holda o‘n kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zlari qabul qilgan me’yoriy hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi me’yoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu me’yoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Me’yoriy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nizoli masalalar paydo bo‘lgan, shuningdek, me’yoriy hujjatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha me’yoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini to‘xtatishga haqlidir. Me’yoriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga jo‘natiladi.
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi o‘zgartirilgan taqdirda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunda belgilanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar, o‘z vakolatlari doirasida o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini ta’minlashi shart.
Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib borilishi shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan me’yoriy hujjatlarning rasmiy sharhlash zarurligi to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror faqat u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin bajarish uchun yuboriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)