O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 14-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova № 8, 800, 802, 803-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 107-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“107-modda. O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini (choralarini) hamda boshqa qoidalarni buzish
O‘simliklar karantini obyektlariga va boshqa zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir fitosanitariya talablarini hamda boshqa qoidalarni karantin ostidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, qayta ishlash, realizatsiya qilish va yo‘q qilish chog‘ida buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fitosanitariya choralariga rioya qilmaslik, shu jumladan o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlar tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rmaganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘z hududida o‘simliklar karantini obyektlari va boshqa zararli organizmlarni aniqlagan, fitosanitariya dala nazoratini o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga ixtiyoriy ravishda murojaat qilgan hamda ularning o‘choqlari kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi”;
2) 108-moddaning nomi va birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“108-modda. Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish qoidalarini buzish
Karantin ostidagi mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish qoidalarini buzish”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi 113-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan O‘RQ-484-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 429-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, № 4, 287-modda, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
zararli organizm — o‘simliklarning, hayvonlarning yoxud kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarning o‘simliklarga yoki o‘simlik mahsulotlariga zarar yetkazuvchi har qanday turi, xili yoki biotipi;
karantin ostidagi mahsulot — o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar, ularning qismlari, ekish materiallari, qayta ishlash mahsuloti, boshqa mahsulot va yuklar;
karantin ruxsatnomasi — karantin ostidagi mahsulotni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga yoki uning hududidan tranzit tarzida olib o‘tishga ruxsat berilganligini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan berilgan hujjat;
karantin cheklovlari — karantin ostidagi mahsulotni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishni, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishni, tashishni va undan foydalanishni o‘simliklar karantini obyektlari tarqalishining oldini olish maqsadida muayyan muddatga cheklovchi fitosanitariya tadbirlari;
fitosanitariya sertifikati — karantin ostidagi mahsulotda o‘simliklar karantini obyektlari mavjud emasligini tasdiqlovchi xalqaro namunadagi hujjat;
fitosanitariya choralari — o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining yoki tarqalishining oldini olishga yoxud tartibga solinadigan, karantin ostida bo‘lmagan zararli organizmlarning iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatishini cheklashga qaratilgan tartib-taomillar (ko‘zdan kechirish, tahlil qilish, nazorat qilish, kurashish, taqiq qo‘yish va boshqalar);
fitosanitariyaga oid xavfni tahlil qilish — o‘simliklar karantini obyektlarini aniqlash va ular bo‘yicha mutanosib fitosanitariya choralarini qabul qilish maqsadida biologik, ilmiy va iqtisodiy ma’lumotlarni baholash jarayoni;
fumigatsiya — o‘simliklar karantini obyektlarini va boshqa zararli organizmlarni yo‘q qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish;
o‘simliklar karantini — qishloq xo‘jaligiga va boshqa o‘simliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar karantini obyektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday obyektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui;
o‘simliklar karantini obyekti (karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm) — O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lmagan yoki cheklangan tarzda mavjud bo‘lgan, tarqalishi katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlarga qarshi kurashish obyekti hisoblangan zararli organizm;
o‘simliklar karantini obyektlarini tashuvchilar — o‘simliklar karantini obyektlarining tarqalishiga imkoniyat tug‘dirishi mumkin bo‘lgan transport vositalari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, erga ishlov berish qurollari, idishlarning barcha turlari, ayrim sanoat tovarlari, qadoqlash vositalari, shuningdek o‘simlik materiallaridan tayyorlangan buyumlar, yaxlit toshlar, tuproq namunalari va (yoki) boshqa obyektlar”;
2) 4-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fitosanitariya talablari O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (bundan buyon matnda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi”;
3) 6-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“fitosanitariyaga oid xavf tahlilini o‘tkazish, zararli organizmlardan xoli zonalar va zararli organizmlar soni kam bo‘lgan zonalarni e’lon qilish hamda bunday zonalar maqomini bekor qilish tartibini belgilaydi”;
yettinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
4) 3-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3-bob. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimi. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish”;
5) 9 va 10-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimi
O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimini:
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari;
tuman (shahar) o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limlari;
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (bundan buyon matnda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti deb yuritiladi);
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi chigirtkaga va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlari;
“Biosifat” respublika markazi;
o‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlari, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi o‘simliklar karantini punkti tashkil etadi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organidir.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga, shuningdek tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bo‘ysunadi.
Tumanlar va shaharlarning o‘simliklar karantini davlat inspektorlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlari, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi o‘simliklar karantini punkti tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga bo‘ysunadi.
10-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlik qilish
O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlikni O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga rahbarlikni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi. Tuman va shaharlarning o‘simliklar karantini davlat inspektorlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod qilinadi.
O‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlaridagi, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlaridagi, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlaridagi va pochtamtdagi o‘simliklar karantini punktidagi o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga o‘simliklar karantini bo‘yicha tegishli chegara punktlarining O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod qilinadigan mudirlari boshchilik qiladi”;
6) 11-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining vakolatlari”;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi”;
o‘ninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlari, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlari va pochtamtdagi o‘simliklar karantini punkti, shuningdek zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlari, chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmatlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi”;
o‘n uchinchi xatboshisidagi “o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus fumigatsiya bo‘linmalarini” degan so‘zlar “zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi”;
quyidagi mazmundagi yigirmanchi — o‘ttizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“fitosanitariyaga oid xavf tahlilini o‘tkazadi;
fitosanitariya choralarini ishlab chiqadi va qo‘llaydi;
zararli organizmlardan xoli zonalarni va o‘simliklar karantini obyekti soni kam bo‘lgan zonalarni belgilaydi, zaruratga qarab bunday zonalarning maqomini bekor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun potensial xavf tug‘diradigan zararli organizm aniqlangan yoki bunday holatlar to‘g‘risida xabar qilingan taqdirda, tezkor choralar ko‘radi;
karantin ostidagi mahsulotda, shuningdek o‘simliklar karantini ahamiyatiga ega bo‘lmagan, foydalanilishi katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va shu munosabat bilan fitosanitariya choralari ko‘rilishi lozim bo‘lgan ekish materialida zararli organizmlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishning oldi olinishi ustidan nazorat olib boradi;
qo‘llaniladigan fitosanitariya choralari bo‘yicha asosni (fitosanitariyaga oid xavfni tahlil qilishning ilmiy prinsiplari va natijalari hamda fitosanitariya choralari bo‘yicha xalqaro standartlar asosida) taqdim etadi;
chet davlatning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha vakolatli organini O‘zbekiston Respublikasiga eksport yoki reeksport qilinayotgan karantin ostidagi mahsulotga nisbatan qo‘yiladigan fitosanitariya talablariga rioya etilmaganligi hollari to‘g‘risida xabardor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilingan karantin ostidagi mahsulotga nisbatan import qiluvchi mamlakatning e’tirozlarini tekshirish natijalari to‘g‘risida import qiluvchi mamlakatning vakolatli organini xabardor qiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlari miqyosida o‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga karantin ostidagi mahsulot olib kirilayotgan mamlakatni aniqlaydi;
chet davlatning o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha vakolatli organi, O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti doirasidagi Fitosanitariya choralari bo‘yicha komissiyasi Kotibi e’tiboriga O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxati, ko‘rilgan fitosanitariya choralari hamda tezkor choralar to‘g‘risidagi ma’lumotni yetkazadi”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
7) 12-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining vakolatlari”;
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari”;
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“tumanlar va shaharlar miqyosida o‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturlarini ishlab chiqadi, shuningdek ularni tasdiqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga kiritadi;
eksport uchun yuklanayotgan karantin ostidagi mahsulotning qayta zararlanishining oldini olishga va uning rasmiylashtirilgan fitosanitariya sertifikatiga muvofiq bo‘lishini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
8) 13-moddadagi “O‘simliklar karantini ilmiy markazi” degan so‘zlar “O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 14-moddaning uchinchi qismidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga” degan so‘zlar “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektoridir, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosari hamda O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining direktori — O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlaridir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlaridir.
Tumanlar va shaharlar o‘simliklar karantini davlat inspektorlari hamda agronom-entomologlari o‘z faoliyatini tegishli hududda amalga oshiradi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining, tuman (shahar) o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limlarining agronomlari, o‘simliklar karantini bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat chegara punktlaridagi, o‘simliklar karantini bo‘yicha davlatlararo chegara punktlaridagi, respublika ichki avtomobil yo‘llaridagi, temir yo‘l stansiyalaridagi, aeroportlardagi, daryo portidagi o‘simliklar karantini chegara punktlarining, shuningdek pochtamtdagi o‘simliklar karantini punktining mudirlari hamda agronomlari, zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi va viloyatlardagi chigirtka hamda tut parvonasiga qarshi kurashish bo‘yicha xizmatlarning boshliqlari o‘simliklar karantini davlat inspektorlaridir”;
11) 17-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli zonalar va o‘simliklar karantini obyektlari soni kam bo‘lgan zonalar ustidan nazoratni amalga oshirishi”;
oltinchi xatboshisi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
12) 18-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati” degan so‘zlar “o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisidagi “o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatidan” degan so‘zlar “o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatiga” degan so‘zlar “o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
13) 19-modda:
birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmati” degan so‘zlar “o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat xizmatini” degan so‘zlar “o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmatini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) quyidagi mazmundagi 201-modda bilan to‘ldirilsin:
“201-modda. Fitosanitariya choralari
Fitosanitariya choralari O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan fitosanitariyaga oid xavfni tahlil qilishning ilmiy prinsiplari va natijalariga, fitosanitariya choralari bo‘yicha xalqaro standartlarga asoslangan holda qabul qilinadi.
Fitosanitariya choralari yangi ilmiy-texnik ishlanmalar va asoslar yuzaga kelishiga qarab qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi lozim.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi fitosanitariya choralari qabul qilinganligi, qo‘llanilganligi, bekor qilinganligi to‘g‘risida yigirma to‘rt soat ichida e’lon qiladi hamda bu haqda bevosita tegishli chet davlatlarning vakolatli organlarini xabardor qiladi.
Karantin ostidagi mahsulotni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish chog‘ida aniqlangan yangi zararli organizm tarqalishining oldini olish maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi fitosanitariyaga oid xavf baholanguniga qadar vaqtinchalik tezkor fitosanitariya choralarini qabul qiladi va qo‘llaydi”;
15) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan to‘ldirilsin:
“211-modda. O‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturi
O‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturi yangi zararli organizm aniqlangan taqdirda, fitosanitariyaga oid xavfni, o‘simliklar karantini obyektining biologik xususiyatlarini va uning aniqlanish holatlarini, geografik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarni, mavsumiy xususiyatga ega omillarni tahlil qilish asosida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanlar va shaharlar miqyosida o‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturi tegishli o‘simliklar karantini bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida o‘simliklar karantini obyektini bartaraf etish va uning o‘chog‘i kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik dasturi O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini bosh davlat inspektorining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
16) 24-moddaning matnidagi “o‘simliklar karantini obyektlariga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus fumigatsiya bo‘linmalari” degan so‘zlar “zararsizlantirish (fumigatsiya) bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 25-moddaning uchinchi qismidagi “o‘simliklar karantini bo‘yicha” degan so‘zlar “o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 26-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simliklar karantini sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shu jumladan fitosanitariyaga oid xavf tahlili natijalari, fitosanitariya talablari, fitosanitariya choralari, karantin ostidagi mahsulot olib kiriladigan o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlarining ro‘yxati, shuningdek karantindagi hududlar, o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda o‘simliklar karantini sohasidagi boshqa axborot ommaviy axborot vositalarida hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi”;
19) 27-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining” degan so‘zlar “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 29-modda:
ikkinchi va beshinchi qismlaridagi “O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan so‘zlar “O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fitosanitariyaga oid yuqori xavfga ega bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotni, shu jumladan ekish, payvandlash, ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan ekish materiallarini, xususan ko‘chatlar, ildizlar, barglar, qalamchalar, urug‘lar, tugunaklar, piyozboshlar, ildizpoyalarni yoki ularning qismlarini xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasida yashovchi fuqarolarga pochta va kuryerlik jo‘natmalarida yuborish, shu jumladan bagajda va qo‘l yukida olib o‘tish taqiqlanadi”;
o‘n ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Karantin ostidagi mahsulot mavjud bo‘lgan tranzit yuklar o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim”;
21) 32-moddaning:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32-modda. O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimini moliyalashtirish”;
birinchi qismidagi “O‘simliklar karantini bo‘yicha” degan so‘zlar “O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘simliklar karantini sohasida ko‘rsatiladigan pulli xizmatlardan olingan daromadlar o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati tizimi xodimlarini rag‘batlantirishga, uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga hamda o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha davlat xizmati faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplashga sarflanadi”;
to‘rtinchi qismidagi “O‘simliklar karantini bo‘yicha” degan so‘zlar “O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 11-yanvar,
O‘RQ-743-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son)