Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATI KREDITIDAN FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumatining iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi (YEDCF) tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, YEDCF, toʻlov muddatini 5 yilga kechiktirgan holda, 3 foizli yillik foyda bilan, 20 yil muddatga 12 mlrd. 486 mln. Koreya voni (qariyb 15 mln. AQSH dollari) miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmogʻini modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliya agenti hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi kreditni ijro etish boʻyicha agent hisoblanadi;
(2-banding toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
kreditga xizmat koʻrsatish va uni toʻlash hamda undan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabrdagi 488-sonli qarori tahririda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.R. Rahimov imtiyozli kreditni olishga rozilik Notasini imzolashga vakil qilinsin.
4. Moliya vaziri Koreya Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi qarzlarini ajratish toʻgʻrisidagi Shartnomani, Koreya Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Iqtisodiy rivojlanish boʻyicha hamkorlik jamgʻarmasi kreditini ajratish toʻgʻrisidagi Bitimni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Koreya Respublikasi Eksport-import banki oʻrtasidagi Kredit bitimini imzolashga vakil qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Koreya Respublikasi Eksimbanki bilan kredit bitimi boʻyicha yuridik xulosani YEDCF tartibotlarida kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirsin va taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6 va 7-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-martdagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 2-oktabr,
460-son