Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.09.1997 yildagi 445-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASIDA SOLIQ IShLARI FAKULTETINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq organlarining rahbar kadrlar bo‘g‘inining kasb tayyorgarligini va ularni qayta tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasida soliq ishlari fakulteti tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar bank-moliya akademiyasi soliq ishlari fakultetining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika soliq tizimi uchun “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasi beriladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro soliq ishidagi eng yangi yutuqlarni tizimli o‘qitish yo‘li bilan respublika soliq organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda soliqlar va soliqqa tortish tizimining nazariyasi, amaliyoti va istiqbollari masalalari bo‘yicha chuqurlashtirilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va soliqqa tortish tizimini takomillashtirish sohasida dasturlar, loyihalar, tavsiyalarni ilmiy-uslubiy ekspertiza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va soliqqa tortish masalalari bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-uslubiy ishlanmalar tayyorlash va nashr etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, akademiya soliq ishlari fakultetiga o‘qishga respublika soliq organlarining oliy ma’lumotli, Davlat soliq qo‘mitasi tizimida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlari, yetakchi mutaxassislari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akademiya rektori Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Banklar uyushmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq ishlari fakulteti tashkil etilishini hisobga olib akademiya shtatlar jadvalini, tuzilmasini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatib o‘tilgan mutaxassislik bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlari tizimining tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishi kerak bo‘lgan mansabdor shaxslari ro‘yxatini, ularni qabul qilish va akademiyada o‘qishni tamomlagandan keyin ishga yo‘llash tartibini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-1998 o‘quv yilida akademiya soliq ishlari fakultetiga 20 kishini qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 1997-yildan boshlab har yili Bank-moliya akademiyasiga o‘quv jarayonini va ilmiy uslubiy ishlarni tashkil etish, fakultetning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘qituvchilar va eng yaxshi tinglovchilarning “Soliqlar va soliqqa tortish” mutaxassisligi bo‘yicha xorijiy soliq muassasalari va moliya tashkilotlarida amaliy ish tajribasidan o‘tishi uchun soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan zarur mablag‘lar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
445-son