[
OKOZ:
1.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.98.00 Olimpiada. Tanlovlar]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
“Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 16-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1962-1]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi
qaroriga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 1-maydagi 18 Q/Q, 20, 13/QQ-son “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 1962, 2009-yil 2-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 23-son, 266-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 13-oktabr,
32-2021-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-oktabr,
21-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining direktori M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-oktabr,
562-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 10/21/1962-1/0969-son)