14.08.1997 yildagi 398-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2004
Hujjat 14.08.1997 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xolding kompaniyasi, uyushma, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadilar hamda alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mazkur qarorga 3-ilovada ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiqligini tekshiradilar va o‘zlarining xulosalari bilan birga ariza berilgan kundan boshlab bir hafta muddatda barcha hujjatlar paketini Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Qo‘yiladigan talablar

Tasdiqlovchi hujjatlar

1.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Korxonalar to‘g‘risida” qonunga muvofiq korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bshlishlari kerak.

Korxonalar (tashkilotlar)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish organlari

2.

Korxonalarning faoliyati to‘g‘risida ishonchli statistika axboroti bilan ta’minlash maqsadida ular iqtisodiyot va statistika davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Korxonalar joylashgan yerdagi statistika organlari

3.

Yuqori sifatli alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi ishlab chiqarish quvvatlari (liniyalir, texnologiya asbob-uskunalari)ga ega bo‘lishlari kerak.

Korxona rahbarining ma’lumotnomasi

4.

Korxonalarda normativ-texnik xujjatlar, texnologiya yo‘riqnomalari, texnik shartlar va boshqa xujjatlarga ega bo‘lish kerak.

“O‘zdavstandart” markazining hududiy organlari

5.

“O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi Markaziy degustatsiya komissiyasining korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarning sifatga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasiga ega bo‘lishi kerak.

“O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasining Markaziy degustatsiya komissiyasi

6.

Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Metrologiya to‘g‘risida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatsiyalash to‘g‘risida”, “Iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq korxonalar “O‘zdavstandart” markazi organlari tomonidan berilgan ishlab chiqarish sharoitlari va ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarning sifati to‘g‘risidagi xulosasiga va sifat sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.

“O‘zdavstandart” markaziy hududiy organlari

7.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni doimo nazorat qilib borish uchun korxonalar zarur asbob-uskunalar, priborlar, kimyoviy reaktorlar va “O‘zdavstandart” markazi organlari tomonidan attestatsiyadan o‘tkazilgan sinov usullari uchun normativ-texnik hujjatlar bilan jihozlangan ishlab chiqarish laboratoriyasiga ega bo‘lishi kerak.

“O‘zdavstandart” markaziy hududiy organlari

8.

Korxonalar Davlat sanitariya nazorati hududiy organlarining ishlab chiqarishning belgilangan sanitariya-gigiyena talabliriga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasiga ega bo‘lishi kerak.

Davlat sanitariya nazoratining hududiy organlari

9.

Korxonalar mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasining belgilangan talablariga muvofiq bo‘lishi kerak;

Mehnat vazirligi hududiy organlarinang ma’lumotnoma (xulosa)si

10.

Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tasdiqlagan yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob berishlari va tegishli normativ-texnik xujjatlarga, asbob-uskunalarga va jihozlarga ega bo‘lishlari kerak.

IIV hududiy organlarining ma’lumotnoma (xulosa)si

11.

Korxonalar tovar ishlab chiqaruvchilarning firma do‘konlari mavjud bo‘lganda chakana savdo uchun dav�at hokimiyati hududiy organlari (hokimliklar)ning ruxsatnomasiga ega bo‘lishlari kerak.

Korxona joylashgan yerdagi hokimliklar

Keyingi tahrirga qarang.