Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.02.1993 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIZILQUM FOSFORIT KOMBINATI QURILIShI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi respublika korxonalarini Navoiy viloyatidagi Jeroy-Sardara konidan qazib olinadigan mahalliy fosfat xomashyosi bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jeroy-Sardara koni negizida har yili 2320 ming tonna fosforit konsentrati ishlab chiqaradigan Qizilqum fosforit kombinati qurilishi amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston davlat kimyo sanoati konserni kombinat qurilishi buyurtmachisi, O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi davlat korporatsiyasi bosh pudratchi etib belgilansin. 1995-yilda kombinatning har yili 1190 ming tonna fosforit konsentrati ishlab chiqaradigan birinchi navbatini, 1996-yilda ikkinchi navbatini ishga tushirish ta’minlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston davlat kimyo sanoati konserni manfaatdor vazirliklar va idoralarning loyiha tashkilotlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni 1993-yil aprel oyidan kechiktirmay boshlashni hisobga olgan holda kombinatni loyihalashtirishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yilda O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi davlat korporatsiyasiga qurilish rayonida ishlab chiqarish bazasini tashkil etish uchun hisob-kitoblarga muvofiq hamda o‘zlashtirilishiga ko‘ra mablag‘ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-fevraldagi 78-son qarori bilan “O‘zdavkimyo” konserniga 1993-yilga 1,8 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. “O‘zdavkimyo” konserni 1993-yil fevral-mart oylarida ajratilgan mablag‘lardan loyiha-qidiruv va tayyorgarlik ishlarini mablag‘ bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi har yili respublika investitsiya dasturida mazkur kombinat qurilishiga zarur mablag‘lar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Neft va gaz sanoati davlat konserni, “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, Aloqa vazirligi, “O‘zsuvqurilish” davlat konserni, “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi, “O‘zdehqonchilikqurilish”, “O‘zkolxozqurilish” birlashmalari bosh pudratchilar sifatida temir yo‘llar, elektr uzatish liniyalari, gazoprovodlar, avtomobil yo‘llari, suv oqizgichlar va boshqa muhandislik kommunikatsiyalarini loyihalash, butlash va qurishni belgilangan muddatlarda ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston davlat kimyo sanoati konserni, “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi subpudrat tashkilotlarni jalb qilgan holda kon, boyitish fabrikasi, turar joy shaharchasi, ijtimoiy-madaniy-maishiy inshootlar qurilishini amalga oshirsinlar hamda ularning 1993 — 1996-yillarda ishga tushirilishini ta’minlasinlar, bunda loyihalash va qurilish ishlari bir vaqtning o‘zida olib borilsin. Qurilish-montaj ishlariga, haqiqatda bajarilgan ishlar bo‘yicha haq to‘lashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallari” davlat konserni va respublikaning boshqa ta’minot-sotish tashkilotlari kombinat qurilishi qatnashchilari bo‘lgan tashkilotlarga kapital mablag‘larning tasdiqlangan hajmlari doirasida biriktirilgan nomenklatura bo‘yicha kvotalangan mahsulotlarni ajratsinlar, shuningdek, mahsulot yetkazib beruvchilar bilan shartnoma asosida xo‘jalik aloqalari o‘rnatilishiga ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zbekistonqishloq” xo‘jaligi mashinasozligi davlat konserni, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni va O‘zbekiston Respublikasi Davlat qimmatbaho metallar qo‘mitasi O‘zbekiston davlat kimyo sanoati konserni va qurilish qatnashchilari bo‘lgan tashkilotlarning buyurtmanomalari bo‘yicha nostandart asbob-uskunalar, detallar va uzellarning o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Navoiy viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon, boyitish fabrikasi, uy-joylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari qurilishi hamda qurilishning boshqa inshootlari uchun yer uchastkasi tanlash va ajratishni belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston “Savdo” davlat-aksionerlik uyushmasi va O‘zbekbirlashuv bilan birgalikda inshootlarda ishlovchilarni oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari bilan ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirliklar va idoralarga qayd qilib o‘tilgan kombinat qurilishida bevosita band bo‘lgan qurilish, montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari ishchilari va mutaxassislari mehnatiga xodimlar lavozim maoshlarining 30 foizgacha oshirilgan tarif stavkalari bo‘yicha haq to‘lashga ruxsat berilsin, bu xarajatlar qurilish smetasiga kiritilsin. Xizmat safariga yuboriladigan xodimlarga sutkalik xarajatlar belgilangan eng kam ish haqining 0,08 foizi miqdorida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 50-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 16-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 50-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)