LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-may 188-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Monopolistik faoliyatni cheklash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, o‘zaro bog‘liq moliyaviy, monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatini olib borish, raqobat muhitini vujudga keltirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish vazifalari yuklatilsin.
Shu munosabat bilan Moliya vazirligining Narx belgilash bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining monopoliyaga qarshi va narx siyosatini olib borish bosh boshqarmasiga aylantirilsin, uning xodimlarining cheklangan soni 20 nafarga ko‘paytirilsin.
2. Quyidagilar Moliya vazirligining monopoliyaga qarshi va narx siyosatini olib borish bosh boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona monopoliyaga qarshi va narx siyosatini shakllantirish va olib borish ishlarini muvofiqlashtirish, iste’molchilarni monopolizm va g‘irrom raqobatdan narxlar va tariflarning asoslanmagan o‘sishidan ijtimoiy himoya qilishning barqaror negizini yaratish;
monopoliyaga qarshi va narx qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
parallel ishlab chiqarishlarning monopolistik tarmoqlarda va muomala sohasidagi faoliyatini rag‘batlantirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, erkin raqobatni qo‘llab-quvvatlash va bozor infrastrukturalarini rivojlantirish, monopolist korxonalarning narxlarini tartibga solish bo‘yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish;
raqobatni cheklashga olib keluvchi, bozorning normal faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi, boshqa korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning manfaatlarini kamsituvchi, sun’iy ravishda taqchillik yaratuvchi hamda ortiqcha monopol foyda daromad olishni ta’minlovchi ayrim xo‘jalik subyektlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rish;
xarid, ulgurji, chakana narxlar va tariflarni ma’muriy tartibga solish sohasini bosqichma-bosqich qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari bilan birgalikda shartnomaviy erkin narxlar sohasini kengaytirish;
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, respublika korporatsiyalari, konsernlari uyushmalari, korxonalari va tashkilotlarining narxlari va tariflari asosli shakllanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
respublika xalq xo‘jaligida erkin narx belgilash sohasini, hamdo‘stlik mamlakatlarida va jahon bozorida narxlarni tahlil qilish va operativ baho berish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda Vazirlikka yuklatilgan yangi vazifalarni hisobga olgan holda monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatini olib borish bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilishi to‘g‘risida” 1992-yil 11-fevraldagi 59-son qaroriga 3-ilovadagi “Narx belgilash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatini olib borish bosh boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin hamda “Narxnomalarni chiqaradigan va tarqatadigan xo‘jalik hisobidagi byuro” so‘zlari chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga ilovaga muvofiq o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
1. 2-bandning birinchi xatboshida “moliyaviy” so‘zidan keyin “monopoliyaga qarshi” so‘zlari qo‘shilsin.
2. 6-bandning uchinchi xatboshida “valyuta” so‘zidan keyin “monopoliyaga qarshi” so‘zlari qo‘shilsin.
sakkizinchi xatboshida “soliq solish” so‘zlaridan keyin “monopoliyaga qarshi siyosat” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘qqizinchi xatboshida “masalalari bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “monopoliyaga qarshi siyosat va” so‘zlari yozilsin;
“ishlab chiqarishni va tovarlar muomalasi sohasini monopoliyadan chiqarish, parallel tuzilmalar tashkil etish ham shu jumlaga kiradi, shuningdek yuqori monopoliyalashgan xo‘jalik subyektlarini ajratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
birlashgan bozorda xo‘jalik subyektlari tomonidan egalik qiluvchi holatni suiste’mol qilishga va g‘irrom raqobatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha MDHga a’zo bo‘lgan boshqa davlatlar bilan xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, erishilgan bitimlarni ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlarini ko‘radi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda tashkiliy tuzilmalarning yangi turlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi va ularning faoliyati masalalarini o‘rganadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida monopoliyaga qarshi ekspertiza o‘tkazadi;
o‘z materiallari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamiyatlar va iste’molchilar ittifoqlari, boshqa jamoat tashkilotlari va fuqarolarning arizalari, prokuratura, sud va xo‘jalik sudi materiallari asosida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining va narx belgilash tartibining buzilishi hollari bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqadi”.
ikkinchi xatboshida “narx belgilash bo‘yicha materiallar” so‘zlaridan keyin “va monopoliyaga qarshi faoliyat” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘n uchinchi xatboshida “masalalari bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “monopolistik faoliyat” so‘zlari yozilsin;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilgan holda tasdiqlangan iqtisodiy asoslanmagan narxlar va tariflarni bekor qilish, shuningdek ular tomonidan monopoliyaga qarshi faoliyat bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni, agar ular amaldagi qonun hujjatlariga yoki belgilangan tartibga zid bo‘lsa, bekor qilish”;
“monopoliyaga qarshi qonunchilik va narx belgilash tartibi buzilgan hollarda xo‘jalik subyektlariga bajarilishi majburiy hisoblangan buzilishlarni to‘xtatish, dastlabki holatni tiklash, asossiz olingan daromadni maxsus ochiladigan budjetdan tashqari “narxni tartibga solish fondi” schyotiga o‘tkazish, xo‘jalik subyektlarini majburiy tartibda maydalashtirish, ajratish hamda bozorda xo‘jalik subyektlarining ustuvor mavqeini bartaraf etish bozorda xo‘jalik subyektlarining ustuvor mavqeini bartaraf etish yoki kamaytirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek xo‘jalik subyektlariga, boshqaruv organlariga va mansabdor shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartlarda va miqdorlarda jarimalar solish;
ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda tegishli ariza bilan sudga yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilish. Sudning yoki xo‘jalik sudining qarori bo‘yicha bozorda egalik qilish mavqei yoki g‘irrom raqobat natijasida xo‘jalik subyekti tomonidan olingan daromad hamda unga solingan jarima musodara qilinadi hamda budjetdan tashqari “narxni tartibga solish fondi schyotiga o‘tkaziladi”.