1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 1062-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 5-moddasi uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “patent berilganligiga qarshi e’tiroz bildirish” degan so‘zlar “patent berilganligi yuzasidan nizolashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 1065-moddasining birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “ellik” degan so‘z “yetmish” degan so‘z bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgandan so‘ng Agentlik ushbu talabnoma haqidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga bir ish kuni ichida joylashtiradi.
Talabnoma haqidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan so‘ng manfaatdor shaxslar Agentlikka tovar belgisini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun nohalol topshirilgan arizalar haqidagi yozma e’tirozlarini taqdim etishlari mumkin”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
“Tovar belgisiga doir mutlaq huquq guvohnomada ko‘rsatilgan tovarlarga nisbatan amal qiladi. Bunda mutlaq huquq tovar belgisi Tovar belgilarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilish davrida amalga oshiriladi hamda tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘sha kunning o‘zida Agentlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi”;
4) 27-modda uchinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “soxtalashtirilgan bo‘ladi” degan so‘zlar “kontrafakt hisoblanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 372-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 35-moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlaridagi “ellik” degan so‘z “yetmish” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.