30.06.2021 yildagi 406-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga muvofiq ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, aqliy, kognitiv va shaxsiy jihatdan rivojlantirish uchun samarali ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar amalga oshirilishini yoʻlga qoʻyish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarorida ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun innovatsion tadqiqot laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda — Laboratoriya) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Laboratoriya tuzilmasi Institutning mavjud shtatlari doirasida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Laboratoriyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish jarayoniga ilgʻor xorijiy tajriba va innovatsion taʼlim metodlarini qoʻllashga oid eksperimentlar oʻtkazish va ulardan samarali foydalanish boʻyicha ilmiy-innovatsion tavsiyalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasini oʻrganish, tahlil qilish, ularning rivojlanishidagi muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek, maslahat xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog va ota-onalar uchun bolalarni erta rivojlantirish hamda ularning rivojlanishidagi buzilishlarni korreksiya qilish va oldini olish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga asoslangan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Laboratoriya xodimlari (ilmiy xodimlardan tashqari) mehnatiga haq toʻlash xarajatlari boʻyicha Institutga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Laboratoriya ilmiy xodimlarining lavozim maoshlari budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy tashkilotlarning ilmiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Laboratoriya faoliyatini amalga oshirish uchun Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari boʻyicha alohida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochiladi, belgilangan tartibda alohida xarajatlar smetasi (budjet mablagʻlari boʻyicha), shuningdek, daromadlar va xarajatlar smetasi (budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha) tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Laboratoriyani budjet mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Laboratoriya Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib koʻchasi, 64-uy manzilidagi Institut binosiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriyaning tuzilmasi va nizomini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishini baholash mezonlari va koʻrsatkichlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning jismoniy, aqliy, kognitiv va shaxsiy rivojlanishi uchun zarur boʻlgan muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/406/0620-son)