Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat Bosh inspeksiyasi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat Bosh inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Inspeksiya” deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-iyuldagi 268-son qaroriga asosan tashkil etilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Inspeksiya Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining davlat budjetidagi mustaqil tuzilmasi va ayni bir vaqtda respublika dehqonchilik majmuining idoralararo organi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Inspeksiya tarkibiga boshqaruv apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalari kiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati qarorlari va buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Inspeksiya, mulkchilik shakli va qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, respublikadagi chorvachilik bilan shug‘ullanadigan xo‘jaliklar, korxonalar, tashkilotlarda, shuningdek dehqon xo‘jaliklarida naslchilik ishlarining olib borilishini va ular tomonidan me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilib boradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
6. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, u belgilangan tartibda mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob schyotlariga, gerbli dumaloq muhrga, burchakli va boshqa shtamplarga ega bo‘ladi.
chorvachilikda naslchilik ishlariga oid qonunchilik hujjatlarini tayyorlashda faol ishtirok etish va davlat dasturini ishlab chiqish, ularning bajarilishi ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlarini belgilash va ularga baho berish, fan yutuqlari va ilg‘or tajribani ishlab chiqarishga tatbiq qilishni nazorat etish;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, nasldor mollar yetkazib beruvchilar va oluvchi korxonalar tomonidan chorva mollarining sifat (nasl) ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aniqlanganligini nazorat qilish;
qishloq xo‘jaligi hayvonlari zotini yaxshilash, ularning mahsuldorligini oshirish, naslchilik ishlarini rivojlantirishga doir takliflarni o‘rganib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va tegishli idoralarga taqdim etish;
naslchilik zavodi, naslchilik xo‘jaligi va naslchilik fermalarini davlat attestatsiyasidan o‘tkazish;
nasldor mollardan oqilona foydalanish, hayvonlarni hamda ularning urug‘larini eksport va import qilish ustidan nazorat o‘rnatish;
nasldor chorva mollari yetishtiruvchi va nasldor mollarni ayirboshlashni amalga oshiruvchi chet el firmalari bilan o‘z vakolati doirasida shartnomalar tuzish;
chorva mollarini sun’iy qochirish va ko‘paytirish, nasldorlik va mahsuldorlik sifatlarini hamda biotexnologik usullarni yaxshilash bo‘yicha qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va joylarga yetkazish, yuqori mahsuldor mollar kataloglari, byulletenlari va davlat naslchilik kitoblarini tuzish va nashr qilishni tashkil etish;
(7-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52(I)-son, 643-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qarori bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band o‘n birinchi xatboshi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 111-sonli qaroriga muvofiq to‘ldirilgan)
chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha hisobga olish va hisobotlarni yuritishni nazorat qilish hamda axborotlarni belgilangan tartibda davlat statistika organlariga berish;
naslchilik zavodi, xo‘jaligi va fermalarida zamonaviy usullar bilan mollarning mahsuldorligini oshirish, nasldorlik sifatlarini takomillashtirish, hisobga olish va hisobot ishlarini yuritish, mollarni belgilar majmui bo‘yicha baholash (bonitirovka) yuzasidan nazorat qilib borish;
naslchilik xizmati mutaxassislari malakasini oshirish, nasldor mollar ko‘rgazmalari va kimoshdi savdolarini tashkil etish;
chorvachilikda naslchilik ishlarini rivojlantirishda, mollarni sun’iy qochirishning ilg‘or usullarini keng joriy qilishda zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, anjom va boshqa vositalarga ehtiyojlarni aniqlash va belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli takliflar kiritish uchun chorvachilikda naslchilik ishlarining moliyaviy ta’minotiga doir hisob-kitoblarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan birgalikda naslchilik ishlarida foydalaniladigan texnologiya asbob-uskunalarni ishlab chiqarishda va import bo‘yicha sotib olishda, yangi texnologik asbob-uskunalar va maxsus transportlar yaratilishida ishtirok etish;
davlat, idoraviy va xususiy sektorlarda naslchilik ishlari mutaxassislari faoliyatini nazorat qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
o‘z vakolati doirasida chet el chorva naslchiligi tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlikni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklariga kiritish uchun, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha toifadagi xo‘jaliklarda, shu jumladan, dehqon xo‘jaliklarida naslchilik ishlarini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha qishloq xo‘jaligi o‘quv yurtlarida chorva naslchiligi bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning yigirma ikkinchi va yigirma to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
respublikaning barcha xo‘jaliklarida chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarida naslchilik ishlari bo‘yicha davlat inspeksiyalari hisobotlarini eshitish;
(8-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 111-sonli qarori tahririda)
attestatsiya komissiyasining takliflari asosida naslchilik xo‘jaliklari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va unga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
chorva naslchiligi, chorva mollarini sun’iy qochirish bo‘yicha yangi texnologik qo‘llanmalar yaratilishi, shuningdek, asbob-uskunalar va jihozlardan foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish;
hech qanday zotga mansub bo‘lmagan va naslchilik sifati bo‘yicha tekshirilmagan mollardan podani to‘ldirishda foydalanishni taqiqlash, genetik usullarni qo‘llab mollarning kelib chiqishini aniqlab borishni nazorat qilish, shuningdek, noyob va qimmatbaho naslchilik materiallarining respublikadan chetga olib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, chorvachilik bilan shug‘ullanadigan barcha xo‘jaliklarga, yordamchi xo‘jaliklarga, korxonalarga, muassasalarga, aholining fermer va dehqon xo‘jaliklariga moneliksiz kirish, zarur bo‘lgan ma’lumotlarni talab qilish;
(8-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
birgalikdagi tekshiruvlarga korxonalar, muassasalar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislarini jalb etish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Chorvachilikda naslchilik ishlari Bosh Davlat inspeksiyasiga Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tayinlanadigan boshliqlar rahbarlik qiladilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
10. Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspektorlariga barcha toifadagi xo‘jaliklarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, tashkilot, muassasa, korxonalar, mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, shuningdek, fermer va xususiy shaxslar tomonidan olib boriladigan chorvachilikdagi naslchilik ishlarining bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Inspeksiyasining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi chorvachilikda naslchilik ishlari bo‘yicha bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosari — bosh davlat inspektorining o‘rinbosari hisoblanadilar.
(11-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari Davlat inspeksiyasining boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspektori hisoblanadi.
Viloyatlar hokimliklari huzuridagi Chorvachilikda naslchilik ishlari davlat inspeksiyalarining boshliqlari viloyatlar bosh davlat inspektorlari, inspeksiya mutaxassislari — viloyat davlat inspektorlari hisoblanadilar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Inspeksiyasining boshlig‘i o‘z vakolati doirasida:
Inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun mas’ul bo‘lib, xodimlar o‘rtasida, ularning lavozimlariga muvofiq ravishda, vazifalarni taqsimlaydi;
Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha barcha muassasa va tashkilotlarda ishonchnomasiz vakillik qiladi;
naslchilik ishlari bo‘yicha hisobga olish va hisobotlarni yuritish tartibi buzilishlari aniqlangan taqdirda naslchilik korxona, xo‘jalik, zavod, ferma, fermer va dehqon xo‘jaliklaridan naslchilik materiallari sotishni taqiqlab qo‘yadi;
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi topshiriqlarining belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek, Vazirlikning boshqa bo‘linmalari tomonidan Inspeksiya faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar va materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
barcha toifadagi xo‘jaliklarda Inspeksiya nomidan amaldagi qonunlarga va mazkur Nizomga muvofiq ish yuritadi;
chorvachilikda naslchilik ishlarini yuritish qoidalariga amal qilmagan mansabdor shaxslarni, shuningdek, nasldor chorva mollarining egalarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy, moddiy va ma’muriy javobgarlikka tortish masalalarini qo‘yadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, tashkilotlarga, muassasalarga, korxonalarga, mulkchilik shaklidan va qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, barcha xo‘jaliklarga chorva naslchiligi bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatmalar beradi.
(12-bandning birinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)