15.03.2021 yildagi PQ-5026-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, madaniy-gumanitar sohalaridagi oʻzaro manfaatli, amaliy sheriklikni kengaytirish hamda strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish va uni aniq mazmun bilan yanada boyitishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari — Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktori lavozimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazirlikning belgilangan shtatlari doirasida 5 shtat birligidan iborat Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalarini sifatli tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni taʼminlash maqsadida Moskva shahrida xodimlarning cheklangan soni 7 kishidan iborat Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Savdo vakolatxonasi (keyingi oʻrinlarda — Vakolatxona) tashkil etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari — Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktorining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalda roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bilan amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik sohasidagi kelishuvlarning soʻzsiz va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy hamda tizimli monitoring va nazoratni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik hamkorlik sohalaridagi amaliy chora-tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni soʻzsiz amalga oshirish boʻyicha masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi oʻrtasida tashkil etilgan “Loyiha ofisi” faoliyati doirasida yangi sanoat loyihalarini ishlab chiqish va Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi direktoriga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga tegishli qaror loyihasini kiritsin. Bunda, Vakolatxona tuzilmasi, xarajatlar smetasi, moliyalashtirish manbalari, xodimlar mehnatiga haq toʻlash darajasi (faoliyatining aniq natijalari uchun mukofotlashni hisobga olgan holda) hamda moddiy-texnik taʼminoti bilan bogʻliq masalalar aks etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonani malakali mutaxassislar bilan toʻldirish hamda uning faoliyat boshlashi bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarni hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Jahon savdo tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — JST) bilan hamkorlik qilish boshqarmasi negizida vazirlikning belgilangan shtatlari doirasida Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda tashqi iqtisodiy integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp tomonlama savdo aloqalari sohasidagi davlat siyosatini shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasini xalqaro va mintaqaviy savdo tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va integratsiyalashuv jarayonlarida davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy hujjatlari, xalqaro shartnomalari va ularning loyihalari xalqaro va mintaqaviy savdo tashkilotlari bilan integratsiyalashuv va oʻzaro hamkorlik doirasidagi talab va meʼyorlarga muvofiqligini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (keyingi oʻrinlarda — YEOII) va JST bilan oʻzaro hamkorligi doirasida milliy manfaatlarni ilgari surish maqsadida integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish choralarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining YEOII va JSTga aʼzo boʻlishi bilan bogʻliq masalalarni chuqur tahlil qilish hamda muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlishning iqtisodiy afzalliklarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy siyosatni mamlakat ichki iqtisodiy siyosatiga muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integratsion salohiyat va raqobatbardosh ustunliklardan foydalangan holda iqtisodiy samaraga erishishni taʼminlash boʻyicha aniq choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
integratsiya jarayonlari doirasida iqtisodiy siyosatni oldindan prognozlashtirishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2885-son va 2018-yil 3-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3997-son qarorlari ijrosini puxta tahlil qilgan holda ushbu qarorlar bilan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ni birlashtirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5026-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 07/21/5026/0212-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 06/23/111/0509-son)