Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2001 16.08.1995 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGINING MAHSULOT TAYYoRLASh VA UNING SIFATI BO‘YIChA BOSh DAVLAT INSPEKSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, suv xo‘jaligi Departamenti, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish Bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zSSR Davlat agrosanoat komitetining Mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi (Boshqarmasi) to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1987-yil 19-oktabrdagi 423-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 10-son, 55-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 16-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 16-avgustdagi 322-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Boshdavinspeksiya” deb ataladi) tayyorlovchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar o‘rtasida mahsulot sifatini baholash bo‘yicha nizoli masalalarni hal etish, kontraktatsiya shartnomalari tuzishni va ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish, shuningdek, kontraktatsiya shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun xo‘jaliklarni javobgarlikdan ozod qilish uchun xulosalar berish bo‘yicha respublika dehqonchilik sanoati majmuining idoralararo mustaqil nazorat qiluvchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Boshdavinspeksiya” o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Prezidentning farmonlari va farmoyishlariga, respublika Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar “Boshdavinspeksiya” ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash, saqlash va sotish chog‘ida dehqonchilik sanoati majmui korxonalarida, qaysi idoraga qarashligidan qat’i nazar, tayyorlov tashkilotlarida mahsulot sifatini nazorat qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotning sifati va miqdorini baholash, uning uchun o‘z vaqtida va to‘g‘ri haq to‘lanishi bo‘yicha nizoli masalalarni hal etish, kontraktatsiya shartnomalari tuzishni va ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining mahsulot sifati, kontraktatsiya shartnomalarini tashkil etish va tuzishning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha tegishli inspeksiya xizmatlari ishiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlarining tarkibiy bo‘linmalari bilan mustahkam aloqada ishlash hamda o‘z vakolati doirasida respublikaning boshqa nazorat qiluvchi organlari bilan ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlari bilan birgalikda mahsulot sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishda, belgilangan tartibda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishda qatnashish, yo‘riqnomalar, qoidalar, shuningdek, boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mahsulot yetkazib beruvchilar va oluvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘ri aniqlanganligi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan standartlar, texnik shartlar talablariga rioya qilinishi, respublika ko‘rsatma beruvchi organlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilash masalalariga, kontraktatsiya shartnomalari bajarilishiga doir qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va ko‘rsatmalari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning davlat inspeksiyasi vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha takliflari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Boshdavinspeksiya” quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik sanoati majmuiga kiruvchi vazirliklar va idoralardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini ta’minlash, nazorat qiluvchi organlar tomonidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mahsulot xillarini kengaytirish, xomashyo va tayyor mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarining mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha davlat inspeksiyalari hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va sotish chog‘ida standartlar, normativ-texnik hujjatlar talablari bajarilishini ta’minlanmagan ishlab chiqarishlar va sexlar ishini to‘xtatib qo‘yish, shuningdek, mahsulotni qayta ishlash yoki boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini aniqlagan holda standartlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni sotishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlash va texnik shartlar talablaridan chekingan holda mahsulot ishlab chiqargan va sotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan iqtisodiy jazolar qo‘llash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standartlar va texnik shartlar talablaridan chekingan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ular sotilgan davrda natura va qiymat ifodasida prognozlar yoki buyurtma-naryadlar hisobotlaridan chiqarib tashlash to‘g‘risida ko‘rsatma berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlar, mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, ko‘rsatmaga muvofiq normativ-texnik hujjatlar talablaridan chekingan holda tayyorlangan mahsulotni sotishdan olingan haqiqiy foydaning butun summasini respublika budjeti daromadiga to‘lashga majburdirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, transportda tashish ishida standartlar talablari buzilishida, past sifatli mahsulot yetkazib berilishi va sotilishida, o‘zaro hisob-kitoblar qoidalari va kontraktatsiya shartnomalari buzilishida aybdor bo‘lganlarga nisbatan ogohlantirish yoki eng kam oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda jarima solish ko‘rinishida chora ko‘rish. Solingan jarima miqdorining butun summasi respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlari oldiga mahsulot tayyorlash, saqlash, yetkazib berish va sotishni tashkil etish ishida davlat intizomi buzilishida aybdor bo‘lgan rahbarlarni va boshqa mansabdor shaxslarni amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish masalalarini qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom bilan berilgan vakolatlar doirasida boshqa masalalarni hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Boshdavinspeksiya” ga yuklangan vazifalarni bajarish uchun uning mutaxassislari (davlat inspektorlari) quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini, qabul qilish, transportda tashish, joylashtirish, saqlash va sotish qoidalarini tekshirish uchun o‘z xizmat guvohnomalari va tegishli hujjatlarni ko‘rsatgan holda, qaysi idoraga qarashliligidan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda tekshirishlar o‘tkazish va tahlillar qilish uchun korxonalar, muassasalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining mutaxassislarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur tahlillar o‘tkazish, mahsulot sifatini aniqlash uchun namunalar (sinab ko‘rishlar) ni tanlash, belgilangan tartibda tegishli xulosalar berish. Laboratoriya tahlillari va takror tekshirishlar o‘tkazish xarajatlari mahsulot tayyorlovchi korxonalar hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifatini aniqlash masalasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi, tayyorlov, ulgurji, sanoat korxonalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatini baholash bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi korxonalari va muassasalariga, tayyorlov tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga aniqlangan standartlar va texnik shartlarning buzilishini, qishloq xo‘jaligi mahsuloti tayyorlash, sotish shartlari, transportda tashish va saqlash qoidalari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida belgilangan muddatda bajarish majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahsulot tayyorlash va uning sifati bo‘yicha davlat inspektorining o‘z vakolati doirasidagi ko‘rsatmalari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Boshdavinspeksiya” boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining buyrug‘i bilan ishga tayinlanadi va ishdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston respublika va viloyat davlat inspeksiyalari boshliqlari “Boshdavinspeksiya” ning roziligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Boshdavinspeksiya” boshlig‘i:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat inspeksiya ishiga yakka boshchilik prinsipi asosida rahbarlik qiladi, respublika mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni amalga oshiradi, “Boshdavinspeksiya” ga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha muassasalar va tashkilotlarda Davlat inspeksiyasi vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha ishonchnomasiz vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshdavinspeksiya” ixtiyoriga ajratilgan mablag‘larni belgilangan tartibda boshqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshliq o‘rinbosarining, “Boshdavinspeksiya” boshqarmalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar boshliqlarining vazifalarini belgilaydi, xodimlar uchun lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Boshdavinspeksiya” boshlig‘i va uning o‘rinbosari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan “Boshdavinspeksiya” ning vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan hay’atlar majlislarida, kengashlarda belgilangan tartibda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Boshdavinspeksiya” apparati xarajatlari respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Boshdavinspeksiya” O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Boshdavinspeksiya” bankda o‘z hisob-kitob schyotiga ega bo‘ladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 8-son, 28-modda)