Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.12.1992 yildagi 565-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ShAXSIY YORDAMChI XO‘JALIKLARI BO‘LGAN DEHQONLARNI MOLIYAVIY QO‘LLAB-QUVVATLAShNING QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarning liberallashuvi va bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitlarida shaxsiy yordamchi xo‘jalik egalari tuman, viloyat uyushmalarining moddiy-texnika negizini mustahkamlash, shuningdek, shaxsiy yordamchi xo‘jalik egalarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR Prezidentining “Shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bo‘lgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarorining 13-bandiga qisman o‘zgartirish kiritgan holda smeta qiymati 500 ming so‘mgacha bo‘lgan kichik sexlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni loyihalash va qurishning texnikaviy hujjatlarini tuman uyushmasi, smeta qiymati 1 mln so‘mgacha bo‘lganini — viloyat uyushmasi va 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lganini — uyushmaning Respublika kengashi tasdiqlashi belgilansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyuldagi 337-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori bilan tasdiqlangan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni rivojlantirishga madad jamg‘armasi va undan foydalanish maqomi to‘g‘risidagi Nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyuldagi 337-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
565-son