Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 18.01.2021 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus pandemiyasi sharoitida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyati uzluksizligini taʼminlash, professor-oʻqituvchilar qoʻnimsizligining oldini olish hamda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koronavirus pandemiyasi boʻyicha koʻrilgan karantin chora-tadbirlari sababli 2020/2021 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) magistraturasi va qayta tayyorlash kurslariga qabul amalga oshirilmaganligi natijasida joriy yilning sentyabr — dekabr oylari davomida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamalarining kamayganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya professor-oʻqituvchilari tomonidan 2020/2021 oʻquv yilida davlat organlari va tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ular uchun qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademiya va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021/2022 oʻquv yiliga qadar Akademiyada 2019/2020 oʻquv yilida shakllangan 49 ta professor-oʻqituvchilar shtat birliklarini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) professor-oʻqituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil sentyabr — dekabr oylari uchun Akademiyaning 2020-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasidagi budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yiliga qadar esa Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yilga tasdiqlangan Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻliq moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademiya professor-oʻqituvchilarining 2020-yil sentyabr — dekabr oylarida ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni Akademiyaning 2020-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yiliga qadar esa 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2021-y., 09/21/27/0050-son)