Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.04.1993 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JAMOA ChORVAChILIGI FERMERLARI, DEHQON (FERMER) XO‘JALIKLARI VA QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI DAVLAT TASARRUFIDA BO‘LMAGAN BOShQA TUZILMALARGA TEXNIK HAMDA ZOOVETERINARIYA XIZMATI KO‘RSATISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangidan tashkil etilayotgan xususiy jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xo‘jaliklariga va davlat tasarrufida bo‘lmagan mulkchilik shaklidagi boshqa bo‘linmalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni kengaytirish, normal ishlab chiqarish faoliyatlari uchun ularga shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Dehqonchilik sanoati kompleksini moddiy-texnikaviy ta’minlash va texnikani tuzatish davlat-kooperativ qo‘mitasi (“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish”) huzurida O‘zbekiston Respublikasining viloyat va tumanlarida tegishli bo‘linmalarga ega bo‘lgan jamoa a’zolariga xususiy mulk sifatida berilgan chorvachilik fermalari, shuningdek, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va davlat tasarrufida bo‘lmagan mulkchilik shaklidagi boshqa tuzilmalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Respublika birlashmasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika birlashmasining asosiy vazifalari qilib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun texnika, asbob-uskunalar va boshqa jihozlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular uchun mashina va mexanizmlar, ehtiyot qismlar hamda tuzatish materiallari keltirish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik va chorvachilikdagi ushbu toifa xo‘jaliklarning texnika vositalarini tuzatish va ularga xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish, jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va mulkchilikning boshqa shaklidagi bo‘linmalarning buyurtmalariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoa mulkida bo‘lgan dehqon (fermer) xo‘jaliklari va fermalarga xizmat ko‘rsatuvchi zooveterinariya punktlarini jihozlar hamda maxsus texnikalar bilan butlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika birlashmasi va uning joylardagi bo‘linmalari o‘z faoliyatlarini xo‘jaliklar bilan tuzilgan shartnomalar asosida xo‘jalik hisobi prinsiplarida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xo‘jalik hisobidagi Respublika birlashmasi apparatining xodimlari soni, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari, 20 kishidan iborat qilib belgilansin va u Toshkent shahrida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” davlat qo‘mitasi o‘n kun muddat ichida jamoa chorvachiligi fermalari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligidagi davlat tasarrufida bo‘lmagan boshqa tuzilmalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi Respublika birlashmasi to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek, uning viloyat hamda tuman bo‘linmalarining namunaviy tuzilmasini tayyorlasin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Respublika birlashmasining tuman bo‘linmalari tuman qishloq xo‘jalikta’mimottuzatish birlashmalari huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan servis ijara punktlari, maxsus magazinlar va chorvachilik fermalari uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalarning negizlarida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoa fermalari mulkidagi, dehqon (fermer) xo‘jaliklari va qishloq aholisining chorva mollariga zooveterinariya xizmati ko‘rsatishni tashkil etsin. Shu maqsadlarda tumanlar veterinariya bo‘linmalari huzurida davlat veterinariya organlarining uslubiy rahbarligi ostida ishlovchi malakali mutaxassislardan iborat ixtisoslashtirilgan idoraviy va xususiy zooveterinariya xizmatlari tashkil etilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-yanvardagi 21-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasi o‘n kun muddat ichida Respublika birlashmasining bo‘linmalariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar hokimliklari yangidan tashkil etilayotgan Respublika birlashmasining viloyat va tuman bo‘g‘inlarini tuzish va ularning ishini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174-son