1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Apellatsiya va kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish natijalari bo‘yicha apellatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari qaror qabul qiladi”;
“Ishlarni apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi”;
“Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish besh nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi”;
uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “yoxud nazorat tartibida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “ushbu Kodeksning 3051-moddasiga muvofiq mazkur ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “5-bandida” degan so‘zlar “5 va 51-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;
5) investitsiya shartnomasi bo‘yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma bo‘yicha neustoyka undirish va (yoki) zararlar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar.
Yuridik shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda monopoliyaga qarshi organ o‘rtasida tovar va moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar raqobatga oid ishlar jumlasiga kiradi”;
“Sudga taalluqli ishlar tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘riladi, bundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudloviga tegishli ishlar mustasno.
chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan suddan olib qo‘yish va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘z ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.
Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘riladi”;
“Yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’volar javobgar joylashgan yerdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taqdim etilishi mumkin.
Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’volar, shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’volar javobgar joylashgan yerdagi tuman (shahar), tumanlararo iqtisodiy sudga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin”;
“Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga da’vo arizasini (arizani) — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga da’vo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli.
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qo‘zg‘atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir da’vo arizasi (arizasi) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.
Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini ko‘zlab da’vo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror da’vogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.
Prokurorning o‘z da’vo arizasidan (arizasidan) voz kechishi da’vogarni (arizachini) ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Prokuror tomonidan da’vogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan da’vodan da’vogarning voz kechishi da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi”;
10) 115-moddaning uchinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya yoki kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 118-moddaning to‘qqizinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya, nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya, kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” degan so‘zlar “Apellatsiya yoki kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi sud hujjati ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin”;
“Investitsiyaviy nizolar bo‘yicha da’vo arizasiga investitsiya shartnomasining ko‘chirma nusxasi, yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizasiga esa uning yirik investorligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi”;
14) 166-moddaning to‘rtinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya va nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya va kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 249-moddadagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudiga” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqlidir.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
tegishli tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi”;
“Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan apellatsiya shikoyatini berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran hisoblanadi”;
“Apellatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya protestining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi”;
“11) apellatsiya shikoyatining (protestining) shakli va mazmuni ushbu Kodeksning 263-moddasida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmasa yoki apellatsiya shikoyatiga ushbu Kodeks 265-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha keltirilgan protestga tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa”;
21) 272-moddaning uchinchi qismidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining 4-bandidagi “va voz kechish apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismidagi “nazorat tartibida” degan so‘zlar “kassatsiya tartibida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “bundan jamiyat yoki davlat manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha prokurorning kelmaganligi mustasno” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.
Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va uning yuzasidan berilgan yozma fikrni bayon qiladi.
Sud ma’ruzadan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular apellatsiya shikoyatida (protestida) ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha materiallar taqdim etishga ham haqli.
Dastlab apellatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sudning qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so‘ng apellatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e’lon qilinadi va u ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to‘liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini, shuningdek qaror ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiradi”;
“Alohida hollarda apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin”;
“5) hal qiluv qarorining sudya tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida ko‘rsatilganidan boshqa sudya tomonidan imzolanganligi”;
“3) da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ajrimni bekor qilishga va da’vo arizasini, ishni birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish uchun yuborishga haqli”;
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqli.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan, agar ish bo‘yicha prokuror ishtirok etgan bo‘lsa, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti keltirishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan to‘liq yoki qisman kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”;
Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori va apellatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi”;
“Kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga beriladi”;
“Kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.
Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tgan kundan e’tiboran uch oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin”;
“Kassatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya protesti va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha tarafning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish va apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan shikoyat (protest) va uni sudga taqdim etishda unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak”;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha tegishli iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda, kassatsiya protesti kiritish masalasini hal etish uchun tegishli iqtisodiy suddan ishni talab qilib olishga haqli”;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘rganadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalari bo‘yicha sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish to‘g‘risida;
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘rganish natijalariga doir ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;
“Kassatsiya shikoyatini (protestni) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;
2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunchilikka muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lmagan yoxud apellatsiya tartibida ko‘rilmagan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko‘rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo‘lsa;
4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan bo‘lsa;
5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim mavjud bo‘lsa.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko‘rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to‘langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi”;
birinchi xatboshisidagi “kassatsiya instansiyasi sudi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“2) kassatsiya shikoyatining (protestining) shakliga va mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 286-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ushbu Kodeks 288-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha protestga taraflarning murojaati ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa”;
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudya) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining, apellatsiya instansiyasi sudi qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar to‘xtatib turishga haqli.
Sudya sud hujjati ijrosini to‘xtatib turish to‘g‘risida yoki uning ijrosini to‘xtatib turishni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatadi”;
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrimda sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi”;
“1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya tartibida ko‘rilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yo‘l qo‘yilib, ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa”;
4-bandidagi “va voz kechish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak.
Kassatsiya instansiyasi sudida: ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; da’voning predmetini yoki asosini, da’vo talablarining miqdorini o‘zgartirish haqidagi; qarshi da’vo taqdim etish to‘g‘risidagi; ishda ishtirok etishga uchinchi shaxslarni jalb qilish haqidagi qoidalar, shuningdek ushbu Kodeksda faqat birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi.
Kassatsiya instansiyasi sudining sud majlisiga sud muhokamasini o‘tkazish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan, kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.
Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining, apellatsiya instansiyasi sudi qarorining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va unga doir kelib tushgan yozma fikrni bayon qiladi. Shundan so‘ng sud sud majlisida hozir bo‘lgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, ular kassatsiya shikoyatida (protestida) ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha dalillar taqdim etishga ham haqli.
Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaxs yoki uning vakili yoxud, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat berilgan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari eshitilganidan so‘ng kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Sud muhokamasi tugaganidan keyin qabul qilingan qarorning xulosa qismi e’lon qilinadi va u ishga qo‘shib qo‘yiladi.
Raislik qiluvchi qarorning xulosa qismi e’lon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qarorning to‘liq hajmda tuzilishi va ularga yuborilishi muddatini tushuntiradi”;
“Protest keltirgan shaxs yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxs ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjat chiqarilguniga qadar protestni chaqirib olishga haqli”;
“Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari bo‘yicha tekshiradi.
Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirishga va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas”;
“Kassatsiya shikoyati (protesti) u sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlangan kundan e’tiboran bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Alohida hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati ishni ko‘rayotgan sudlov hay’ati tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin”;
1) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rib chiqish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
3) ushbu Kodeks 302-moddasi birinchi qismining 1-bandida va to‘rtinchi qismining 4 va 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan sud instansiyasiga yuborishga;
5) hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga;
6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilish va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga haqli”;
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi, agar bu noto‘g‘ri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan bo‘lsa yoki olib kelishi mumkin bo‘lsa, birinchi instansiya sudning hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
2) ishning sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yo‘qligida ko‘rilganligi;
4) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinganligi;
5) hal qiluv qarorining, qarorning sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida ko‘rilgan bo‘lsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoxud hal qiluv qarorida, qarorda ko‘rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;
6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolanganligi yoxud, agar sud majlisining audio-yoki videoyozuvi amalga oshirilgan bo‘lsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yilmaganligi;
Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini, agar taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, bekor qiladi”;
“8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining, qarorning qonuniyligini va asoslantirilganligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar”;
“12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, apellatsiya instansiyasi sudining qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan bo‘lsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qo‘shilmaganligining sabablari”;
to‘rtinchi qismidagi “Sudning hal qiluv qarori” degan so‘zlar “Hal qiluv qarori, qaror” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan ajrim, qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.
Kassatsiya instansiyasi sudi apellatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgan ajrim, qaror, apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko‘rish natijalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiya sudining ajrimini, qarorini, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirishga yoki bekor qilishga yoxud ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga;
3) da’vo arizasini qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi, da’vo arizasini qaytarish, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni, ularni o‘z kuchida qoldirish to‘g‘risidagi apellatsiya instansiyasi sudi qarorini bekor qilishga va da’vo arizasini, ishni ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
4) apellatsiya instansiyasi sudining apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi, apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, apellatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish, apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va apellatsiya shikoyatini (protestini), ishni ko‘rish uchun apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga”;
Ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlariga ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritish to‘g‘risidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda esa, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tgandan keyin berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi.
Ushbu Kodeks 302-moddasi birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran ko‘rish haqida protest kiritishga haqli.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari protestiga asosan kassatsiya tartibida takroran ko‘rilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya instansiyasi sudining kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda esa, ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi”;
54) 326-moddaning ikkinchi qismidagi “apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat” degan so‘zlar “apellatsiya yoki kassatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tgach berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi, bundan ushbu Kodeks 327-moddasining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha berilgan arizalar mustasno”.
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarining qayta ko‘rib chiqilishi va bekor qilinishini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.