Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 29.06.1993 yildagi 321-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOSHKENT SHAHRIDA XALQARO BANK MAKTABINI
TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston banklari uchun malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni takomillashtirish, bank ishlarini tashkil etishning xalqaro standartlarini ta’minlash hamda moliya va kredit sohasidagi amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining, O‘zbekiston Respublikasining bir qancha yetakchi banklarining Yevropa tiklash va taraqqiyot banki, Yevropa hamjamiyatli komissiyasi ishtirokida Xalqaro bank maktabi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro bank maktabi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 71-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetiga Maktabga tashkiliy, ilmiy va uslubiy rahbarlik qilishni, uning kadrlar tarkibini shakllantirishni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti Yevropa tiklash va taraqqiyot banki hamda boshqa muassislar bilan birgalikda, Maktabning 1993-yil 7-sentabrda ochilishini ta’minlash uchun, ta’sisi hujjatlarini, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Maktabning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga javob beradigan bank xodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ta’limi sohasidagi jahon tajribalarini o‘rganish va ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ishlari masalalari bo‘yicha ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish, ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank ishlarida amaliy ingliz tiliga o‘rgatishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, uning amaliy yo‘nalishini ta’minlash maqsadida Maktab huzurida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining o‘quv filiali tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviyakompaniyasi Maktabda ishlashga taklif etilgan chet ellik mutaxassislarning istiqomat, ovqatlanish va transport xarajatlari uchun MDH fuqarolari uchun ko‘zda tutilgan narxlar bo‘yicha rublda haq olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabning professor-o‘qituvchilari tarkibi, ilmiy xodimlari va o‘quv-yordamchi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari tarkibiga, ilmiy xodimlariga va o‘quv-yordamchi xodimlariga qo‘shimcha imtiyozlar berish haqida” 1992-yil 5-fevraldagi Farmonining amal qilishi tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, respublika Oliy Kengashi sessiyalarining materiallari, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining materiallari bir nusxadan albatta yuboriladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-son