12.12.2002 yildagi 435-II-son
ONLINE TRANSLATE
1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylov hamda Qonunchilik palatasini shakllantirish yakunlari asosida amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov) o‘z qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mazkur Konstitutsiyaviy Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.