O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylov hamda Senatni shakllantirish yakunlari asosida amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov) o‘z qarorlarini “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mazkur Konstitutsiyaviy Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.