27.08.2020 yildagi 518-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy telekanalini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim-tarbiya jarayoniga bolalarning har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlanishini taʼminlovchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida ularning atrofdagi dunyoni bilish, zamonaviy axborot texnologiyalarini hamda xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, mavjud bolalar auditoriyasiga moʻljallangan teleuzatish infratuzilmasini jadal texnologik va texnikaviy rivojlantirishga zamonaviy yechimlarni jalb etish, budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, bolalar uchun taʼlim kontentini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ehtiyojini hisobga olgan holda sohadagi eng ilgʻor jahon tajribalarining qoʻllanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ixtisoslashgan bolalar koʻngilochar-maʼrifiy “Aqlvoy” telekanalini (keyingi oʻrinlarda — bolalar telekanali) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar bolalar telekanalining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy koʻnikmalarini rivojlantirish (edutainment);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekoʻrsatuvlarni tashkil qilish tizimiga zamonaviy texnik yechimlarni va ilgʻor xorijiy tajribani tatbiq etish, raqamli va multimedia texnologiyalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar telekoʻrsatuvlari infratuzilmasini kengaytirish, milliy maʼnaviyat, madaniy-ahloqiy anʼanalar va zamonaviy innovatsiyalar uygʻunlashgan, bilim beruvchi va koʻngilochar bolalar kontenti rivojlanishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan talablar, standartlar va oʻquv-taʼlim dasturlariga muvofiq bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taʼlim beruvchi, rivojlantiruvchi va oʻyin elementlarini oʻzida mujassam etgan telekoʻrsatuvlar va multimedia kontentini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda Vatanga muhabbat tuygʻusini shakllantirish, ularni jonajon oʻlka madaniyati va tarixi, qadriyatlari, anʼana va urf-odatlari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda kreativ-ijodiy fikrlashni rivojlantirish hamda ularda badiiy va estetik didni tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda sogʻlom turmush tarziga oid bilimlarni shakllantirish, sport bilan shugʻullanishga qiziqishni oshirish, zarur sanitar-gigiyenik koʻnikmalarni shakllantirish, ularni xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etishga oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarda tabiatga boʻlgan qiziqish va mehrni, atrof-muhitga gʻamxoʻrlik bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, ularni ekologik ruhda tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantirish, tashabbuskorlik va mustaqil fikrlashni ragʻbatlantirish hamda maʼnaviy jihatdan tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon madaniyatidan bahramand boʻlishlarini taʼminlash va jahon madaniy merosi bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha bolalar uchun turar joyidan va oilasining daromadlari darajasidan qatʼiy nazar oʻquv-taʼlim va rivojlantiruvchi kontentdan foydalanish imkoniyatini yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli platformalar orqali joriy etish uchun taʼlimga oid milliy kontent, shu jumladan mobil dasturlar, videodarslar, interfaol oʻqituvchi dasturlar va boshqa turdagi, qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan rivojlantiruvchi mahsulotlarni yaratish;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar kontentini shakllantirishga yuqori malakali mutaxassislar, pedagoglar va psixologlarni keng jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi qoshida “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — Innovatsion markaz) ulushi ishtirokida “Edumedia Corporation” MChJ taʼsis etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, bolalar telekanali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Edumedia Corporation” MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan taʼsis etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha hududlarida yetkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga tushadigan yukni kamaytirish va raqobat muhitini shakllantirish maqsadida oʻzini-oʻzi moliyalash prinsiplari asosida, shu jumladan homiylik tushumlari hisobiga va efirda voyaga yetmaganlar tomonidan sotib olinishi yoki isteʼmol qilinishi taqiqlanmagan tovar va xizmatlarning pullik reklamasini joylashtirish orqali faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga haq toʻlash miqdorini, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni, ishlab chiqariladigan mahsulot uchun narxlarni mustaqil belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xorijiy mutaxassislar va maslahatchilarni jalb etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/350/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar telekanalini joylashtirish uchun berilayotgan xonalar va binolarning Innovatsion markaz mablagʻlari hisobidan taʼmirlanishini tashkil qilsin hamda keyinchalik Innovatsion markazning “Edumedia Corporation” MChJ ustav fondidagi ulushini qilingan xarajatlar summasi miqdorida oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar telekanalini yuqori malakali, ijodiy fikrlovchi va tashabbuskor mutaxassislar, shu jumladan bolalar pedagogikasi va psixologiyasi sohalarida amaliy tajribaga ega, xorijiy tillarni mukammal egallagan mutaxassislar bilan butlashda koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahrining Mirobod tumani Yangi Zamon 3-tor koʻchasidagi 1-uy manzilida joylashgan binoning muayyan qismini Innovatsion markazga hamda telekanalga tekin foydalanish huquqi asosida 2024-yil 1-iyulga qadar belgilangan tartibda joylashtirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekanal Ijtimoiy himoya milliy agentligining buyurtmasiga koʻra oylik efir vaqtining 7 foiz qismiga ijtimoiy himoya sohasidagi hamda telekanal yoʻnalishiga zid boʻlmagan boshqa ijtimoiy axborot hisoblanadigan roliklarni bepul joylashtirilishini taʼminlasin.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 350-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 09/24/350/0441-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha mahalliy telekanallar orqali efirga uzatilayotgan kontentda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid keladigan holatlarni aniqlash va oldini olish boʻyicha muntazam monitoring qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi 2020-yil 1-sentabrgacha ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda bolalar auditoriyasiga moʻljallangan koʻrsatuvlarda reklama joylashtirishga oid cheklovlarni tizimli oʻrganish asosida ularni yumshatish, bolalar telekoʻrsatuvlarida voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sotib olish yoki isteʼmol qilish taqiqlanmagan tovar va xizmatlar reklamasini joylashtirishga ruxsat berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Edumedia Corporation” MChJga belgilangan tartibda teledasturlarni tarqatish (translatsiya qilish) tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatishga litsenziya berish boʻyicha zarur choralarni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi bolalar telekanaliga berilgan Innovatsion markazning bino va xonalarida qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan davrda bolalar telekanali vaqtincha faoliyatini boshlab, televizion dasturlarni uzatishi va translatsiya qilishi uchun markazni zarur texnik jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
518-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2020-y., 09/20/518/1617-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.06.2024-y., 09/24/350/0441-son)