03.12.2020 yildagi PQ-4911-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida yuqori malakaga ega oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash, xodimlarni kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish hamda tibbiyot tashkilotlari, shu jumladan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini professional mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fargʻona viloyati hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filiali negizida Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasini Institutning klinik bazasi etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi muassasalari uchun tor sohadagi mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlarni tayyorlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar uchun qoʻshma taʼlim va akademik mobillik dasturlari asosida kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ilgʻor va masofaviy taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish, yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etish, elektron taʼlim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini, kasalliklar profilaktikasi, parazitologiya, mikrobiologiya, virusologiya, sogʻlom turmush tarzini rivojlantirish masalalari boʻyicha istiqbolli innovatsion, amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularning natijalarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolar yechimiga qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari dasturlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlash, ular faoliyatini samarali tashkil qilish, ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarning yetakchi tibbiyot tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan taʼlim hamda ilm-fan sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga qabul har yili belgilanadigan Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut Fargʻona viloyatidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida aniq fanlar boʻyicha dars mashgʻulotlarini olib boruvchi oʻqituvchilarga doimiy ravishda ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U.Sh. Begimqulov) uch oy muddatda Institutga yuqori salohiyatga, jumladan fan nomzodi, fan doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarni jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib Davlat budjeti, talabalarning toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olishidan, shartnomalar asosida xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar, xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda oʻquv-metodik jarayonni tashkil etish, belgilangan tartibda shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, zarur jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut axborot-resurs markazini qoʻshimcha oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan boyitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut kafedralarini yoʻnalishiga mos hamda imkoniyati keng boʻlgan Fargʻona viloyatida joylashgan davlat tibbiyot tashkilotlarida joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari va boshqa xorijiy tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlarining yuqori malakali professor-oʻqituvchilarini jalb qilgan holda Institutda onlayn maʼruza oʻtkazish va masofaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish uchun telekommunikatsiya jihozlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni salohiyatli professor-oʻqituvchilar bilan taʼminlash maqsadida yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli sohalar boʻyicha 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, klinik ordinatura, magistratura mutaxassisliklari va 2021-yildan boshlab tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib, kadrlar buyurtmachisi boʻlgan tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha fan dasturlarini takomillashtirilgan holda qayta koʻrib chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarish tizimi samaradorligi va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan taʼlim berishda qoʻllanilayotgan taʼlim-tarbiya usullarining taʼsirchanligiga xolisona baho berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolli qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etish, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, xorijiy professor-oʻqituvchilar va vatandoshlarni jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash loyihalari Oʻzbekiston Respublikasining 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A. Pekos) Institut murojaatiga muvofiq uni belgilangan tartibda yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fargʻona viloyati hokimligi (X.X. Bozarov) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Sh. Inoyatov) bilan birgalikda Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida jalb etiladigan malakali professor-oʻqituvchilarni xizmat uylari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4310-son qaroriga 5-ilovaning “Tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalari, ularning filiallari va klinikalari” bloki 9 — 11-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev, sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A.Sh. Inoyatov, Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi X.X. Bozarov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari L.N. Tuychiyev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4911-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 07/20/4911/1594-son)