2013-yil 26-noyabrda Tashkilot Kengashi “Tashkilot faoliyat olib boradigan a’zo, kuzatuvchi va boshqa maqomdagi barcha davlatlarni Ixtisoslashtirilgan muassasalar imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risidagi Konvensiyaga (1947-yil) muvofiq ravishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ixtisoslashtirilgan muassasalari foydalanadigan imtiyozlar va immunitetlarni Tashkilotga taqdim etishga chaqiruvchi” 1266-sonli (SIII) Rezolyutsiyani qabul qilganligini e’tirof etgan holda,
Tashkilotning maqsad va vazifalari hamda Tashkilot tomonidan olib borilayotgan faoliyatdan kelib chiqib Ixtisoslashtirilgan muassasalar imtiyozlari va immunitetlari to‘g‘risida 1947-yil 21-noyabrda qabul qilingan Konvensiyaga (keyingi o‘rinlarda “Konvensiya” deb yuritiladi) muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti ixtisoslashtirilgan muassasalariga beriladigan imtiyozlar va immunitetlarni Hukumat tomonidan Tashkilotga berilishi kafolatlanishini inobatga olgan holda,