O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZSEMXLOPOK” RESPUBLIKA IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASINI TUGATISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublikada g‘o‘za urug‘chiligini yanada yaxshilash, viloyat dehqonchilik sanoati uyushmalarining bu sohadagi mas’uliyatini oshirish hamda urug‘chilikni boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zsemxlopok” ishlab chiqarish birlashmasini tugatish to‘g‘risidagi taklif qabul qilinsin. Birlashmani tugatish belgilangan tartibda amalga oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga, belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida, g‘o‘za urug‘chiligi boshqarmasini tashkil etishga ruxsat berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddat ichida vazirlikning nizomiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar taqdim etsin.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 26-yanvardagi 52-son qarorining 2, 3, 4, 5, 6 va 11-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari I. JO‘RABEKOV
Toshkent sh.,
1992-yil 31-oktabr,
502-son