Oldingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 24-apreldagi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari — komplekslar rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Axborot-tahlil departamentlari mudirlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan rahbarlar ularga berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi va respublika Hukumatiga kiritilayotgan takliflar hamda Hukumat qarorlari loyihalarining sifati, ularning iqtisodiy va moliyaviy asoslanishi, markaziy iqtisodiy organlarda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, shuningdek tegishli vazirliklar va idoralarda kelishilishi uchun shaxsan javob beradilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilayotgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tizimli asosda tanqidiy va har tomonlama ekspertizadan o‘tkazsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosarlari vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlarining ishi puxta muvofiqlashtirilishini va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlasinlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilishi holatlariga prinsipial baho bersinlar, mas’uliyatsizlik, ishni yaxshi bilmaslik va intizomsizlik uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi to‘g‘risida” 1999-yil 2-fevraldagi 47-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 7-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-iyundagi 193-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 29-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 16-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
2. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
3. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining amalga oshirilishi Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Vazirlar Mahkamasining doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa ishchi organlari faoliyati, shuningdek Vazirlar Mahkamasining apparati ishi bilan ta’minlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
5. Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga tegishli masalalar Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari (vazifalar taqsimotiga muvofiq) tomonidan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa ishchi organlar majlislarida manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
6. Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
7. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqishni talab qilmaydigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari, tegishli qarorlar loyihalari, tahliliy, axborot va boshqa materiallar tayyorlanishini va tashkil etilishini ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib va tekshirib boradi.
Vazirlar Mahkamasining apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-noyabrdagi 302-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-dekabrdagi 564-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Bosh vazir apparati va Bosh vazirning o‘rinbosarlari apparatlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining axborot-tahlil departamentlari va funksional bo‘linmalari ishi Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining Apparatida ish yuritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek ko‘rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni amalga oshirishga yo‘naltiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlaridan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yarim yillik rejalarga muvofiq olib boriladi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va mintaqalarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini Bosh vazir o‘rinbosarlari huzurida ko‘rib chiqish rejasini;
Vazirlar Mahkamasining doimiy, muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari majlislarining kalendar rejasini o‘z ichiga oladi.
tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va ijtimoiy sohada, shuningdek respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ahvolini tanqidiy va tizimli tahlil qilish;
islohotlar jarayonlariga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklar va muammolar sabablarini tizimli tahlil qilish;
muammoli masalalar va istiqboldagi vazifalarni hal etish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan va asoslangan takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.
14. Vazirlar Mahkamasi ish rejalarini tayyorlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning, shuningdek ular rahbarlari va mutaxassislarining yarim yillik ish rejalari belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
16. Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan masalalar kiritiladi.
Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish uchun Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli dasturlari va tadbirlari ishlab chiqiladi, ular ko‘rib chiqish uchun Bosh vazir o‘rinbosarlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
17. Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni tomonidan yuborilgan boshqa hujjatlar ko‘rib chiqiladi va bajariladi.
18. Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ushbu Reglamentning 16-bandida nazarda tutilmagan masalalar bo‘yicha yoki ushbu Reglamentning 18-bandida ko‘rsatilmagan organlar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan kiritilgan murojaatnomalar Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish va ularning vakolatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish uchun yuboriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
20. Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun masalalar belgilangan tartibda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari (keyingi o‘rinlarda hujjatlar loyihalari deb ataladi) shaklida kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko‘rib chiqishga tayyorlash ushbu bob hamda mazkur Reglamentning IV va V boblari,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881 va 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga hamda Vazirlar Mahkamasining apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
211. Barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtiriladi.
(211-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
22. Loyihalar aniq ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, ko‘rib chiqilayotgan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o‘ziga olgan bo‘lishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘yishi, ularni bajarishning aniq muddatlarini belgilashi kerak.
Tayyorlanayotgan loyiha boshqa hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblashni talab etsa, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi takliflar tayyorlanayotgan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan ayni bir vaqtda alohida hujjat loyihasi ko‘rinishida kiritiladi. Bu holda unga hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari tushuntirishlar bilan ilova qilinadi.
23. Aynan shu masalalar bo‘yicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan hollarda Vazirlar Mahkamasiga ana shu masalalar bo‘yicha qarorlar va farmoyishlar loyihalari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, yangi vaziyatlar paydo bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga javob berishi kerak, qonunlar loyihalari esa “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga ham javob berishi kerak.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-noyabrdagi 246-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 48-50-son, 483-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti (keyingi o‘rinlarda Reglament deb ataladi) talablariga javob berishi kerak.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan materiallar ilova qilingan holda taqdim etiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-noyabrdagi 246-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 48-50-son, 483-modda)
26. Hujjatlar loyihasining tegishli organlar va tashkilotlarda kelishib olinishi uchun javobgarlik hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritayotgan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi birinchi rahbariga yoki ushbu Reglamentning 18-bandida ko‘rsatilgan shaxslar jumlasiga kiruvchi boshqa rahbarga yuklanadi. Kelishib olish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalariga (ularning nusxalariga) tegishli organlar va tashkilotlarning birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan: qonun loyihalari bo‘yicha — 7 kalendar kun mobaynida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari bo‘yicha — 3 kalendar kun, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari loyihalari bo‘yicha ko‘pi bilan 2 kalendar kun mobaynida rozilik imzosi qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti 33-bandida nazarda tutilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini tegishli organlar hamda tashkilotlarda kelishish muddati 2 kundan oshmaydi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
27. Hujjat loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda hujjat loyihasi kelishmovchiliklar bilan birga faqat mulohazalari bo‘lgan tegishli birinchi rahbarlar (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzolagan asoslangan yozma mulohazalar bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi mumkin.
Hal qilinmagan kelishmovchiliklar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan mulohazalar tegishli rahbarlarning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ular mazkur Reglamentning 26-27-bandlariga muvofiq kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar ularni qabul qilish zarurligi asoslari (shu jumladan qonun loyihasi konsepsiyasi, tegishli qiyosiy jadvallar) va kelishmovchiliklar (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘yicha yozma mulohazalar ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xulosa berish uchun yuboriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
qonunlar loyihalarini ularning mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi, ularda korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi hamda tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan tahlil qiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bilan kiritish muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, mazkur bandga muvofiq xulosa tayyorlash muddati 10 kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti 33-bandida nazarda tutilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish muddati 2 kundan oshmaydi
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
281. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga, faqat huquqiy ekspertiza yakuni bo‘yicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi mavjud bo‘lgandagina kiritiladi.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
29. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan ma’lumotlar va boshqa materiallarning to‘g‘riligi, shuningdek ularning manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan tegishli ravishda kelishib olinishi uchun shaxsan javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilova qilingan hujjat masalani kiritayotgan organning rahbari tomonidan imzolangan, tegishli dalolatnoma loyihasiga, shuningdek uning ilovasiga viza qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Hujjat loyihasi bilan birga uni ishlab chiqish va kelishish xronologiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
30. Mazkur Reglament talablariga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari quyidagi tartibda qaytarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan kiritilgan hujjatlar loyihalari tushgan sanasidan boshlab 2 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda, qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda, faqat tegishli ravishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari qaroriga ko‘ra qaytarilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Reglament talablariga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan boshqa hujjatlar loyihalari 2 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda, qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari bilan kelishgan holda axborot-tahlil departamentlari yoki boshqa tarkibiy bo‘linmalar tomonidan qaytariladi.
(30-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Hujjatlar loyihalari tushgan sanadan boshlab 2 kunlik muddat tamom bo‘lgandan keyin faqat Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari qaroriga ko‘ra qaytarilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday huquq berilmagan shaxslar imzolagan holda tushgan loyihalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi va Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti yoki boshqa tarkibiy bo‘linmasi rahbari tomonidan jo‘natuvchiga qaytariladi.
(30-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mazkur Reglamentda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishga tayyorlash Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tomonidan 10 kun muddatda amalga oshiriladi. Ushbu muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi ruxsatiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti 33-bandida nazarda tutilgan hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari loyihalarini Vazirlar Mahkamasida puxta ishlab chiqish muddati 5 kundan oshmaydi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
311. Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy bo‘linmalarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining konseptual qoidalari o‘zgartirilganida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular mazkur Reglamentda belgilangan tartibda takroran huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviyat soha samarali faoliyat ko‘rsatishining muhim va ustuvor masalalari bo‘yicha Hukumat qarorlarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy ravishda kelishib olinishi kerak.
Vazirlar Mahkamasi zarur bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasining boshqa masalalar bo‘yicha qarorlari va farmoyishlarining loyihalarini ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari bilan kelishish uchun kiritishi mumkin.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
321. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlarini bajarish yuzasidan yoxud tashabbus tartibida ta’minlanadi.
322. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32³. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmoni loyihasiga qog‘oz va elektron shaklda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
loyihaning qabul qilinishi asoslangan va amalga oshirish oqibatlari baholangan asosiy ishlab chiquvchi organ rahbari (istisno hollarda uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolangan tushuntirish xati;
Oldingi tahrirga qarang.
Adliya vazirligining loyiha qabul qilinishi maqsadga muvofiqligi haqidagi huquqiy ekspertiza natijasi bo‘yicha xulosasi (faqat qog‘oz ko‘rinishida taqdim qilinadi);
(323-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
tashkil etilayotgan organning asosiy vazifalari, funksiyalari, faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslari (tuzilmasi, xodimlarining, shu jumladan boshqaruv xodimlarining cheklangan soni), tugatilayotgan organning funksiyalarini qayta taqsimlash va boshqa masalalar bo‘yicha tahliliy materiallar;
kiritilgan loyiha qabul qilinishi munosabati bilan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihalar, shuningdek, belgilangan tartibda imzolanadigan normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi va taklif etiladigan tahririning asoslantirilgan taqqoslama jadvallari;
loyihaga sharhlar (loyihani qabul qilish maqsadlarini, shuningdek, uning asosiy qoidalarini jamoatchilikka qulay shaklda, oddiy va lo‘nda tilda tushuntirib berish zarur bo‘lgan hollarda).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmoni loyihasini kelishish va kiritish, shuningdek, uni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish ushbu Reglament hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamenti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(323-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
324. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi taklif, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisida ko‘rib chiqiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi taklif ma’qullangan taqdirda Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tegishli qarori qabul qilinadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritiladi.
325. Taqdimnoma O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan imzolanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi va zarur tahliliy materiallar ilova qilingan holda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladi.
(IV1 bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-sentabrdagi 261-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 36-son, 479-modda)
33. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qabul qilinadi.
34. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari topshiriqlariga muvofiq yoxud tashabbus ko‘rsatish tartibida ishlab chiqiladi.
35. Hujjatlar loyihalarini tayyorlash manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan loyihalar belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamda majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, respublika budjetidan mablag‘lar ajratish bilan bog‘liq qarorlar va farmoyishlar loyihalari majburiy tartibda tegishli ravishda — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan, tashqi savdo bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, yagona davlat investitsiya siyosatini muvofiqlashtirish, shakllantirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan, loyiha boshqaruvi, davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish konsepsiyalari ishlab chiqilishi va tahlil etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli, shuningdek, ularning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa — O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining kelishilgan loyihalari loyihani ishlab chiqish to‘g‘risidagi topshiriqnoma bilan birga (u mavjud bo‘lganda), Umumiy bo‘limda tegishli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazgan holda Vazirlar Mahkamasining apparatiga kiritiladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Hukumat qarori loyihasiga majburiy tartibda mazkur loyihaning qabul qilinishi maqsadga muvofiqligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi tushuntirish xati, shuningdek zarur hisob-kitoblar va ko‘rib chiqish materiallari, taqdim etilayotgan loyihalarni amalga oshirish oqibatlari bahosi ilova qilinadi.
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazilib kiritilgan Hukumat qarorlari loyihalari ishlash uchun Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli Axborot-tahlil departamentiga beriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
39. Axborot-tahlil departamenti loyihani ekspertizadan o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda, hujjatni kiritgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha ustida qo‘shimcha ishlaydi hamda bildirilgan mulohazalarni bartaraf etadi.
Salbiy xulosaga kelganda Axborot-tahlil departamenti mazkur loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi xulosani tayyorlaydi.
40. Ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida Axborot-tahlil departamenti mudiri Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosariga axborot beradi.
Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosari Axborot-tahlil departamentining salbiy xulosasiga rozilik bildirgan taqdirda Hukumat qarori loyihasi unga xulosani va Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosari tegishli topshirig‘i ilova qilingan holda belgilangan tartibda qaytarilishi kerak.
Xulosa ijobiy bo‘lganda va Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosari ma’qullagan taqdirda Axborot-tahlil departamenti Bosh vazir o‘rinbosarlari tomonidan loyihaga rozilik imzosi qo‘yilishini tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Axborot-tahlil departamenti Bosh vazir o‘rinbosarlari bilan kelishilgan Hukumat qarori loyihasini Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma axborot-tahlil departamenti deb ataladi) masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
42. Yig‘ma axborot-tahlil departamenti Hukumat qarori loyihasini respublikaning davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik va undagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan muvofiqlashtirish nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan o‘tkazadi.
Ekspert xulosasi salbiy bo‘lgan taqdirda Yig‘ma axborot-tahlil departamenti loyihani puxta ishlash uchun tegishli Axborot-tahlil departamentiga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosa ijobiy bo‘lgan taqdirda, Yig‘ma axborot-tahlil departamenti loyihani ko‘rib chiqish uchun Bosh vazir o‘rinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbariga kiritadi.
(42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Bosh vazir o‘rinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rozilik bergan taqdirda, Yig‘ma axborot-tahlil departamenti rozilik imzosi qo‘yilgan loyihani tegishli Axborot-tahlil departamentiga Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisiga kiritishi uchun qaytaradi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
44. Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida mulohazalar mavjud bo‘lgan taqdirda Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosari loyihani ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritadi.
45. Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari tomonidan mulohazalar bildirilgan taqdirda loyiha puxta ishlab chiqiladi va ko‘rib chiqish uchun takroran kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari o‘rtasida mulohazalar saqlanib qolgan taqdirda Bosh vazir uzil-kesil qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi loyihani ko‘rib chiqadi va loyiha to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beradi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
47. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari (individual qarorlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Vazirlar Mahkamasining majlisi) tomonidan ma’qullangandan keyin kelishish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmatiga kiritiladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son)
49. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida kelishishni talab qilmaydigan qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy ravishda kelishib olinishi lozim bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning topshirig‘iga binoan Bosh vazir o‘rinbosarlari yoxud Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqaruvchisi tomonidan kiritiladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining ayrim loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda kelishiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan qarorlari va farmoyishlarining loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rezolyutsiyasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbarining xatida bayon etilgan topshirig‘i bilan Vazirlar Mahkamasiga imzolash uchun qaytariladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ma’qullangan Hukumat qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.
55. Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raislik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilish huquqiga ega.
56. Vazirlar Mahkamasi majlislarida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazir o‘rinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi rahbarligida Yig‘ma axborot-tahlil departamenti, axborot-tahlil departamentlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa markaziy iqtisodiy idoralar tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiradi. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
58. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa markaziy iqtisodiy idoralar majlisning e’lon qilingan o‘tkazilish sanasidan kamida 15 kun oldin Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi loyihalarini hamda ma’lumotnomalarni, tegishli tahliliy materiallarni (shu jumladan jadvallarni), Vazirlar Mahkamasi majlisi protokoli loyihasini kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Yig‘ma axborot-tahlil departamenti tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan kiritilgan materiallarni ekspertizadan o‘tkazadi hamda hududlardagi ishlarning ahvolini o‘rganish natijalarini va markaziy iqtisodiy idoralar va boshqa organlar tomonidan taqdim etilgan boshqa materiallarni hisobga olgan holda puxtalashtiradi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Puxta ishlab chiqilgan materiallar Bosh vazir o‘rinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishiladi hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi. Materiallar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot beriladi va majlisning e’lon qilingan o‘tkazilish sanasidan kamida 12 kun oldin Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan ko‘rib chiqilgan materiallar Rayosat a’zolari bildirgan mulohazalarni hisobga olgan holda puxta ishlab chiqiladi va majlis o‘tkaziladigan sanadan kamida 10 kun oldin Bosh vazirga axborot berish uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati bilan ushbu Reglamentning IV va V boblarida belgilangan tartibda kelishib olish uchun taqdim etiladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
62. Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ushbu Reglamentning III bobi talablariga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ular Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqilishidan kamida 2 hafta oldin taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Vazirlar Mahkamasi majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatlari Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Vazirlar Mahkamasi majlisiga Konstitutsiyaviy sud raisi, Bosh prokuror, Oliy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi, Davlat maslahatchisi — Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qo‘mitalari raislari doimiy ravishda taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar bo‘yicha taklif etiladilar.
(64-banding birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi majlisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yarim yillik va butun kalendar yil yakunlari bo‘yicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini ko‘rib chiqishda, shuningdek majlisda respublikaning muayyan hududini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq masalalar ko‘rilayotganda taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha majlislariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari taklif etiladilar.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-apreldagi 103-son qaroriga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 116-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalar to‘g‘risida Bosh vazir o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, axborot-tahlil departamentlari va bo‘limlar mudirlari axborot beradilar.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Majlis protokoli Yig‘ma axborot-tahlil departamenti va Umumiy bo‘lim tomonidan majlis tugagandan keyin bir sutka muddatda Vazirlar Mahkamasi Apparati boshqaruvchisi va Bosh vazir o‘rinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rahbarligida rasmiylashtiriladi hamda majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
(67-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan majlis bayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolashiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatiga taqdim etiladi.
(67-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh vazir raisligida o‘tkazilgan majlis bayoni imzolangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun ushbu Reglamentning IV va V boblarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatiga taqdim etiladi.
(67-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisi kiradi.
(68-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining apparati Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ishchi organi hisoblanadi.
(68-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Vazirlar Mahkamasining doimiy ishlaydigan organi sifatidagi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari har haftada O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan o‘tkaziladi.
69. Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish masalalari va Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar kiritiladi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar bundan mustasno.
70. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlash Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
71. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qabul qilingan qarorlar bayon shaklida chiqariladi, ularning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir apparatiga, Bosh vazir o‘rinbosarlariga va axborot-tahlil departamentlari mudirlariga yuklanadi. Bayon majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
711. Hukumatning protokol qarorlari loyihalari tasdiqlangunga qadar majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi va imzolanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olinishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
712. Hukumat bayonnoma qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va ularni tasdiqlangandan so‘ng hisobga olinishi tartibi mazkur Reglamentga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(712-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
72. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlar loyihalari tegishli axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan puxta ishlanadi hamda, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, majlisdan keyin ikkinchi kuni imzolashga taqdim etiladi. Loyihalarga kiritiladigan o‘zgartirishlar Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari bilan kelishilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Puxta ishlangan loyiha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasining apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi.
(72-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
73. Apparat boshqaruvchisi Bosh vazir tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasi qarorlariga sana qo‘yadi, ularning asl nusxa ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi hamda chiqarilishini tashkil qiladi.
Hujjatning chiqarilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar aniqlanganda, apparat boshqaruvchisi ular to‘g‘risida Bosh vazirga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisiga axborot beradi va ular tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq ish tutadi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74. Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ular imzolangan sana bo‘yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli Axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tuziladigan jo‘natish ro‘yxati bo‘yicha darhol ijrochilarga yuboriladi.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) majburiy tartibda belgilangan tartibda rasmiy e’lon qilish hamda ijrochilarga yetkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qog‘oz va elektron shaklda yuboriladi.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013 -sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plamida, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plamida va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinadi.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 97-modda. 2017-yilning 25-sentabridan boshlab kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
76. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining normativ xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
77. Respublikani keng va tezkorlik bilan tanishtirish zarur bo‘lganda qarorlar va farmoyishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Bosh vazirning topshirig‘iga binoan matbuotda e’lon qilinadi, televideniye va radio orqali eshittiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
78. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi majlis qarorlaridagi topshiriqlarning hamda Hukumat qarorlarining, shuningdek Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarorida va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
79. Vazirlar Mahkamasiga tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari to‘g‘risida darhol Bosh vazirga axborot beriladi va ular yuzasidan hujjatlarning mas’ul ijrochilariga topshiriqlar rasmiylashtiriladi.
80. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, hujjat yuborilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Qonun hujjatlarini va Hukumat qarorlarini O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan, agar amalga kiritish to‘g‘risidagi hujjatda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir oy mobaynida bajarilishi kerak. Mazkur topshiriqlarni bajarish ushbu qonunlarni tayyorlagan vazirliklar, idoralar, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari (boshqa tarkibiy bo‘linmalari)ga Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi bilan birgalikda yuklanadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
82. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasiga berilgan topshiriqni bajarish natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir yoki Bosh vazirni tegishli ravishda xabardor qilgan holda uning o‘rinbosarlari tomonidan (to‘g‘ridan to‘g‘ri topshiriq mavjud bo‘lganda) imzolangan tegishli hujjat (yozma axborot, tegishli hujjat loyihasi) yuboriladi.
84. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, majlis qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini va nazorat qilishni tashkil etish:
respublika, tarmoq va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga mo‘ljallangan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tegishli tarkibiy bo‘linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ularning bajarilishini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda maqsadli o‘rganish;
(84-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilgan o‘z qarorlarining bajarilishini ko‘rib chiqish;
respublika tarmoqlari va hududlaridagi ishlarning ahvolini kompleks o‘rganish, ularning yakunlarini Vazirlar Mahkamasi komplekslari majlislarida ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, majlis qarorlari va topshiriqlarida qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsan javobgarlik choralarini ko‘rish bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi apparatida nazorat faoliyatini muvofiqlashtirib borish ushbu Reglament, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(84-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
85. Vazirlar Mahkamasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi, davlat budjetining ijrosi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi, ularning so‘zsiz ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasida o‘tkaziladigan majlislar va yig‘ilishlarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda taklif etiladi, ushbu Reglamentning VI bobida nazarda tutilgan majlislar bundan mustasno.
(85-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
86. Vazirlar Mahkamasining bajarilgan qarorlari va farmoyishlarini nazoratdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan qabul qilinadi.
87. Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarorlarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning doimiy va muvaqqat komissiyalari, shuningdek boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
88. Doimiy va muvaqqat komissiyalar majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining yarim yillik ish rejalari asosida o‘tkaziladi.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(X bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
89. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
90. Vazirlar Mahkamasi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli Nizom bilan belgilanadi.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)