30.10.2020 yildagi 674-son
Hujjat 31.10.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Davlat ishtirokidagi korxonalar

Rasmiy veb-saytlarda biznes-reja ko‘rsatkichlari bajarilishi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish, soliq va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar, tashqi qarzdorlik, mahalliylashtirish va investitsiya loyihalari bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish.

Har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar


2-bosqich

Mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar

Davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitali, davlat ulushi, har chorak va yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, ish o‘rinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlarida hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maxsus axborot tizimida joylashtirish.

Har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar


3-bosqich

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtirish.

Har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot davrining keyingi oyi davomida, yil yakunlari bo‘yicha keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar